Reja: 1.Nerv to’qimasining funksiyasi 2.Nerv to’qimasining vazifasi 3.Nerv to’qimasining hujayralari 4.Neyronlarning tuzilishi
Nerv tо„qimasi tashqi embrional varaq – ektodermadan rivojlanadi. Embrionning dorzal devorida ektodermadan nerv plastinkasi shakllanadi. Sо„ngra u egilib, nerv tarnovchasini hosil qiladi. Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir-biriga yaqinlashadi va sо„ngra birikib, nerv nayini hosil qiladi. Shu vaqtning о„zida ektoderma chetlari ham о’zaro birikib, nerv nayidan ajraladi. Nerv nayining teri ektodermasidan ajralishi davomida nerv tarnovchasining kо’tarilgan chetidagi hujayralar tо’dasi ajraladi va ular nerv nayining ikki yon tomonida ganglioz plastinka yoki nerv qirrasini hosil qiladi. Nerv nayidan keyinchalik bosh va orqa miya hamda nerv sistemasining periferik qismlari rivojlanadi, ganglioz plastinkadan esa sezuvchi nerv tugunlari va vegetativ nerv sistemasi shakllanadi. Taraqqiyotning ilk bosqichlarida nerv nayining devori bir qavat silindrsimon hujayralardan iborat bо’ladi. Bu hujayralar tez mitotik bо„linishi natijasida nerv nayi yо’g’onlashadi va kо’p qavatli (soxta kо’p qavatli) bо’lib qoladi. Bu davrda nerv nayi bir hujayra turidan – medulloblastlardan (medulla – miya, blastos – kurtak) iborat bо’lib, keyinchalik ikki turga differensiallashadi: 1) neyroblastlar–dumaloq shakldagi birlamchi nerv hujayralari bo’libg ulardan neyronlar rivojlanadi; 2) spongioblastlar (glioblastlar) birlamchi neyroglial hujayralar bо’lib, ulardan har xil neyrogliya hujayralari rivojlanadi.
Hujayralar kо„payishi va nerv naycha devorida surilishi natijasida nerv nayida quyidagi uch qavat tafovut qilinadi: 1) ichki – ependima qavati; 2) о„rta – yopqich (mantiya) qavati; 3) tashqi – qirg„oq vuali (parda) qavati. Ichki ependima qavatida juda kо„p mitoz bо„linish rо„y beradi va rivojlanishning ilk bosqichlarida bu qavat glioblastlar va neyroblastlarni hosil qilsa, sо„ngra faqat neyrogliya uchun manba bо„lib qoladi. Asta-sekin ichki ependima hujayralari prizmatik shaklni olib, bosh miya qorinchalari va orqa miya kanalining ependima hujayralariga aylanadi. О„rta qavat neyroblastlar va ulardan shakllanuvchi neyronlar hamda birlamchi neyroglial asosni hosil qiluvchi hujayralardan iborat. Shu qavat hisobiga orqa miyaning kulrang moddasi hosil bо„ladi. Tashqi qavat–qirg„oq vuali (pardasi) neyroblast hujayralarini tutmaydi, bu qavatga ependima hamda о„rta qavat hujayralarining о„simtalari о„tib, orqa miya о„tkazuvchi yо„llarining shakllanishida ishtirok etadi.
Nerv tо„qimasi yuqori darajada ixtisoslashgan tо„qima bо„lib, tо„qimalar va organizmning barcha a‟zolarini о„zaro aloqada bо„lishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bog„lanishini ta‟minlaydi. Nerv tо„qimasining asosiy vazifasi ta‟sirotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash, organizmning turli sistemalarining faoliyatini uyg„unlashtirish, koordinatsiyalash kabilardan iborat. Tо„qimaning bu vazifasi tirik organizmlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan. Nerv tо„qimasi markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir-biridan bajaradigan vazifasiga qarab keskin farq qiluvchi ikki xil hujayralardan tashkil topgan. Birinchi turi neytronlar yoki neyrotsitlar bо„lib, nerv hujayra iborasi xuddi shu hujayraga tegishlidir. Neytronlar nerv impulsini hosil qiladi va uning tarqalishini ta‟minlaydi. Nerv tо„qimasining ikkinchi xil hujayralari –neyrogliya yoki gliotsitlar kelib chiqishi bо„yicha neyronlar bilan bog„liq bо„lsa ham, bir qator yordamchi vazifalarni bajaradi.
Neyron (neyrotsit) nerv hujayrasi bо„lib, tanadan, о„simtalari va nerv oxirlaridan tashkil topgan. Nerv hujayrasining shakli va kattaligi nerv sistemasining turli qismlarida turlichadir. Ularning kattaligi 4–6 mkm dan (miyachaning donador qavati) 100–130 mkm gacha (bosh miya pо„stloq qismining yirik Bets hujayralari) bо„lishi mumkin. Nerv hujayralarining shakli ularning о„simtalari soniga bog„liq. Bir о„simtali nerv hujayralariniig shakli odatda dumaloq yoki kolbasimon, ikki о„simtali nerv hujayralari – duksimon, kо„p о„simtali nerv hujayralari esa notо„g„ri yulduzsimon shaklda bо„ladi. Nerv hujayralarining о„ziga xos xususiyati ularda о„simtalar bо„lishidir.
Tigroid yoki xromatofil modda birinchi marta Nissl tomonidan 1889 yilda aniqlangan. Yorug„lik mikroskopi ostida u chegaralari aniq kо„rinmaydigan tuzilmalar bо„lib, nerv hujayrasining sitoplazmasi va dendritlarida joylashadi. Neytritlarda esa bu modda bо„lmaydi. Uning tuzilishi, shakli va joylashishi barcha hujayralarda bir xil emas. Masalan, orqa miyaning motor hujayralarida xromatofil modda yirik notо„g„ri shaklda va yadroning atrofida zichroq, sitoplazmaning chetki qismlarida esa odatda maydaroq va siyrakroq joylashadi. Spinal gangliyning sezuvchi hujayralarida u changsimon donachalar holatida, vegetativ nerv sistemasining kо„pgina tugunlarida esa mayda donachalar shaklida bо„ladi.
О„simtalar soniga qarab: 1) unipolyar–bitta о„simtali; 2) bipolyar–ikki о„simtali; 3) multipolyar– uch va undan ortiq о„simtali nerv hujayralari farqlanadi (84 - rasm). Bundan tashqari, psevdounipolyar nerv hujayralari ham mavjud. Haqiqiy unipolyar neyronlar odamda uchramaydi. Faqatgina kam differensiallangan hujayra – neyroblast upipolyar bо„lib, noksimon shaklga ega va undan bitta о„simta– neyrit chiqadi. Psevdounipolyar hujayralardan ham bir о„simta chiqib, nerv hujayrasining tanasidan chiqqandan sо’ng «T» shaklida ikkiga bо„linadi: bulardan biri markaziy nerv sistemasiga impuls olib ketuvchi neyrit va ikkinchisi periferiya tomon yо„nalib, u yerda sezuvchi nerv oxirinn hosil qilib tugallanuvchi dendritdir (bu hujayralar spinal gangliylarda joylashadi). Bipolyar nerv hujayralaridan 2 о„simta chiqib, ulardan biri neyrit, ikkinchisi dendritdir. Odam organizmida ular uncha tarqalmagan bо„lib, kо„zning tо„r pardasida uchraydi. Multipolyar nerv hujayralari – odam va hayvon organizmida eng keng tarqalgan nerv hujayralari turlaridan bо„lib, ularda uch va undan ortiq о„simtalar bor. Bu о„simtalarning faqat bittasi neyrit bо’lib, qolganlari dendritdir.