Reja: Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari


Kichik ochiq iqtisodiyot modeli



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə2/6
tarix24.02.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#123590
1   2   3   4   5   6
Reja Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari

2. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli


Kichik ochiq iqtisodiyot - bu milliy iqtisodiyot bo’lib, unda jahon bozoriga nisbatan juda kam ulushni ifodalovchi, xalqaro kreditlash, qarzdorlikni inkor etmaydi, lekin butunjaxon real foiz stavkasi r* ni inkor etadi. Chunki kichik ochiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r butunjahon real foiz stavkasi r * ga teng deb olinadi
(r = r ) .
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli uchta asosiy funktsiya (faraz, tahmin)dan iborat :

  1. Mahsulot chiqarish hajmi

Y = ŷ = f (K , N )
Shunday qilib ishlab chiqarish yoki daromad miqdori berilgan faktorlarga bog’liq bo’ladi , ya’ni kapital - K va ishchi kuchi - N .

  1. Iste’mol funktsiyasi

C = C y ( Y – T )
Iste’mol hajmi ixtiyordagi daromadga bog’liq bo’ladi .

  1. Investitsiya funktsiyasi

I = ( I r )
Investitsiya miqdori foiz stavkasi (r ) ga teskari bog’liqlikda bo’ladi.
(I - S ) + Xn = 0 ayniyatni Xn = S – I ko’rinishida yozib olamiz , ya’ni
Xn = ( Y- C – G ) – I
Xalqaro foiz stavkasi r * va yuqoridagi formula asosida quyidagi formulani yozamiz
Xn = ( ( Y- C y ( Y- T ) – G ) ) – I ( r*) = S – I ( r*)
Ushbu tenglama bizga jamg’arma S, investitsiya I, kapital harakati schyoti (I - S), to’lov balansining joriy operatsiyalar schyoti Xn ga qanday omillar ta’sir etishini ko’rsatadi .
Biz investitsiya hajmi (I) ga foiz stavkasi teskari ta’sir etishini bilamiz. Jamg’arma miqdori (S) ushbu holatda ikki omilga bog’liq bo’ladi: soliqlar T va davlat harajatlari G. Aynan davlat harajatlari va soliqlardan davlat o’zining fiskal (byudjet - fiskal) siyosatida foydalanadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, kapital harakati schyoti (I - S) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) fiskal siyosatga va xalqaro foiz stavkasiga bog’liq bo’ladi .
Grafikdagi muvozanat yopiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r orqali o’rnatiladi. I va S chiziqlari r foiz stavkasi AB chiziqdagi kesishgan joyi muvozanat hisoblanadi
.
Kichik yopiq iqtisodiyot modelida mamlakat foiz stavkasi r bilan xalqaro foiz stavkasi r * teng bo’ladi. Bizning misolimizda esa r * > r ifoda o’rinli. Muvozanat buziladi S>I. Bunday vaziyat joriy operatsiyalar schyotida Xn ijobiy saldo xisoblanadi .
Kapital xarakati schyoti (S – I) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) dastlab nolli saldoga ega bo’ladi: bu shuni anglatadiki, iqtisodiyotning tashqi savdosi balanslashgan, ya’ni import va eksport teng bo’ladi. Mamlakatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan kapital oqimlari ham teng bo’lib nolli saldoga ega bo’ladi. Ushbu holatga istisno qilib biz bozor farovonligi holatini ko’rishimiz mumkin. Chunki iqtisodiy siyosat fiskal siyosat orqali amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa fiskal siyosat mamlakat ichida o’tkaziladi va milliy hisoblanadi. Shu bilan birga unga chet mamlakatlar o’tkazayotgan fiskal siyosat ham o’z ta’sirini o’tkazadi .

I , S

Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin