Reja: Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo’llanilishi Oltinning minerallari va rudalari


 Oltinning minerallari va rudalari



Yüklə 21,25 Kb.
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü21,25 Kb.
#112857
1   2   3   4
dokument microsoft word





2. Oltinning minerallari va rudalari

Ruda tarkibida uchraydigan oltinlar asosan katta va kichik bo’lgan, turli shakllardagi tug’ma oltinlardir. Oltin boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi. Uning boshqa metallar bilan eritma-qotishmalari tabiatda uchraydi. Kimyoviy birikmalarida tellurid va selinid shaklda minerallari uchraydi. Oltin minerallari tarkibidagi aralashmalar-kumush, mis va temirdir.

Oltin zarralarining o’lchamlari va qaysi minerallar tarkibiga aralashgan bo’lishi uni tanlab eritish, sorbtsiya, ekstraktsiya, amalgamatsiya yo’li bilan ajratib olinishini belgilovchi xossa hisoblanadi. Ayrim hollarda oltin zarralar usti kislorod-oksidlar pardasi bilan qoplanib, uning ajratib olnishini qiyinlashtiradi.

Oltin ya’ni nodir metallar metallurgiyasi ustida katta xizmatlari bo’lgan I. N.Plaksinning ko’rsatishicha, oltin sirtidagi oksid parda quyidagicha bo’lishi mumkin.

1.Sulfidli minerallar bilan birikkan oltin zarralar (arsenopiritli, galenitli).

2.Temir oksidining mustahkam qobig’i

3.Argentitli qora tusli qobiq

4.Oltin ustidagi rangli tovlanmalar

5.Oksidning qora pardalari

Oltin va kumushning asosiy minerallari 2-jadvalda keltirilgan.

Oltin zarrachalarning shakllari ularni gravitatsiya usuli, gidrometallurgiya usullari bilan ajratib olinishida qo’l keladi.

Masalan «ilmoqli» shakldagi oltin zarralari gravitatsiya dastgohlarida yaxshi ilinadi va ajratib olinadi.



Oltin zarrachalarining o’lchami rudalarni qaysi o’lcham sinfgacha maydalaydi, ya’ni oltin sirtini «ochish» lozimligini bildiradi. Tajribalardan ko’rinadiki, oltin zarralari qancha yirik bo’lsa, uni ajratib olish oson, qancha mayda bo’lsa ajratib olish ham juda murakkablashadi.






Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin