Reja. O\'rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiya
Aryoshayyona — O'rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi Aryonamvayjo. „Katta Xorazm" yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati. Qadimgi Baqtriya davlati. O'rta Osiyoning janubida joylashgan o'nlab yangi tipdagi voha-davlatlar so'nggi bronza va ilk temir davrida ba'zan yirik siyosiy birlashmalar - podsholiklarga birlashar edi. O'rta Osiyo janubida bular Baqtriya va „Katta Xorazm" edi. Yirik podsholiklarning tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari tashqi sub'ektiv omillar ham muayyan o'rin tutgan. Mazkur omillardan bin Mesopotamiyaning urushqoq davlatlari — Midiya, Ossuriya, Mitaniya tomonidan solingan xavf edi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar asosida ushba ro'yxatga Sug'diyonani ham kiritish imkoniyati paydo bo'ldi.
Ba'zi tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ahamoniylardan oldin xorazmliklar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo'nalishda, Kopetdog' yonbag'irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining markazi Marv va Hirot atrofida bo'lib, bu davlatni forslar egallaganlaridan so'ng xorazmliklar quyi Amudaryo — hozirgi Xorazm viloyatiga ko'chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko'ra, miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar xorazmliklarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib chiqarganlar.
S.Tolstov, Ya.G'ulomovlar ushbu nazariyaga qarshi bo'lib, xorazmliklar O'rta Osiyoning janubidan ko'chib kelmaganlar, Xorazm davlati quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan, deb xulosa qilganlar. Bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo'lgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko'zaliqir shahri qalin va mustahkam mudofaa devori bilan o'ralgan. Bunday markazlar atrofida ko'plab dehqonlar qo'rg'onchalari, bog'lar va dalalar joylashgan edi. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq qizg'in kechgan.
O'rta Osiyo hududida miloddan awalgi VII asrda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklaning yurti Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli-sharqi,Tojikistorming janubiy hududlarida joylashib, turliyozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan. Bu davlat hududida hozirda Qiziltepa, Yerqo'rg'on, Uzunqir va Afrosiyob shahar xarobalari topilgan. Dastlab Baqtriya tarkibiga Marg'iyona va Sug'diyona ham viloyat sifatida kirgan bo'lishi mumkin. Bu davrda aholi nisbatan zich joylashgan o'troq vohalarda dehqonchilik jadal rivojlangan, Bu vohalar hosildor tog'oldi tekisliklarida yoki daryo etaklarida joylashgan bo'lib, nisbatan dehqonchilik uchun qulay sharoitga ega bo'lgan. Uy-qo'rg'onlar va ayrim qishloqlarda yashovchilarning asosiy mashg'ulotlari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashdan iborat bo'lgan. Yer haydab dehqonchilik qilish, anhor qazib daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlarni doimo tozalab turish, sun'iy sug'orish ishlarini yo'lga qo'yish, don ekish, chorva uchun xashak bo'ladigan o'simliklarni o'stirish, hayot manbai bo'Ub qoladi.
Ayrim uylarning ichida maxsus ustaxonalar qoldiqlari topib tekshirilgan. Bu ustaxonalarga oila a'zolari toshdan yog'ochdan, loydan qamishdan, charmdan va teridan xo'jalikka, ro'zg'orga kerakli buyumlarni ishlab chiqarganlar. Masalan, toshdan ishlangan dehqonchilik qurollari (o'roqlar, yoruchoqlar, hovonchalar), sopol idishlar, chiroqlar, urchuq boshlari, bo'yra va ten to'shamlari kabilar uy hunarmandchiligi mahsuloti hisoblangan. Uy hunarmandchiligi buyumlari va qurollari bilan bir qatorda shahar markazlarining hunarmandchilik ustaxonalarida sopol idishlar, metall qurollar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqarilgan.
Qishloq jamoalari o'rtasida mahsulot ayiiboshlashda "pul" vazifasini kulolchilik va temirchilik buyumlari, oziq-ovqat va chorva mahsulotlari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi shu joyning o'zida, ya'ni ayrim jamoalar o'rtasida iste'mol qilingan. Yetishtirilgan mahsulotning ma'lum qismlarini bozorga ohb borish xo'jalikda yoki ro'zg'orda maxsus qurollar (buyumlar, kiyim-kechaklar) zaruriyatidan kelib chiqqan. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning turli hunar kasblariga bog'liqbo'lgani uchun mahsulotning ortiqcha qismini ayirboshlash an'anasi yanada rivojlangan. Savdo asosida an'anaviy xo'jaliklar va hunar turlari taraqqiy etgan. Bu jarayon ishlab chiqarishni jadallashtirgan.
Tashqi savdo (viloyatlar mamlakatlar o'rtasida)da pul o'lchovini xom ashyo, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari (metall idishlar, yaroq-aslahalar, zeb-ziynatlar), qimmatbaho tosh, oltin va kumushlar bajargan. O'rta Osiyodan bosh-lanadigan savdo yo'llari Qadimgi Sharq mamlakatlariga olib borgan. Shu yo'llar orqali Baqtriya tog'larida qazib chiqarilgan lojuvard, Xoxazmda. femza, Sug'diyonada oltin va qalay, yilqi va tuyalar Eron, Mesopotamiya va Old Osiyo bozorlariga olib borilgan. Ktesiy xabariga ko'ra, Baqtriya oltin va kumush konlariga boy bo'lgan. Ossuriya podsholigining savdogarlari bronzadan ishlangan idishlarni, yaroq-aslahalarni oltin va kumushga almashtirganlar.Shunday qilib, miloddan avvalgi VII —VI asrlarda ilk temir davriga o'tishi bilan O'zbekistonda dastlabki yirik davlatlar vujudga keldi, shaharlar barpo etilib, dehqonchilik, hunarmandchilik jadal sur'atlar bilan rivojlandi.