Reja: O`simliklarni himoya qilish usullari. Mashinalarga qo`yiladigan agrotexnik talablar



Yüklə 21,79 Kb.
tarix04.12.2023
ölçüsü21,79 Kb.
#138098
o`simliklarnni himoya qilish mashinalri


O`SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH MASHINALARI
TURLARI (purkagichlar,changitkichlar,aerazol generatorlar) vazifalari.
REJA:
1.O`SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH USULLARI. MASHINALARGA QO`YILADIGAN AGROTEXNIK TALABLAR.
2.O`SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH MASHINALARINING TURLARI,TUZILISHI VA ISHLASHI.
3.MASHINALARNI ISHGA SOZLASH

Qishloq xo`jaligii o`simliklarining kasalliklari, zararkunandalari va begona o`tlar, ekin hosildorligini pasayishiga asosoy sabab bo`ladi,o`simliklarni himoya qilishning quyidagi usullari mavjud:


Agrotexnikaviy- ilmiy asoslangan holda ekinlarni almashtirib ekish,tuproqlarga ishlov berish va o`g`itlarni ishlatish,ekish materiallarini tayyorlash va navlarni tanlashga asoslangan.
Biologik- zararkunandalarga, kasalliklarga,begona o`tlarga qarshi foydali hasharotlarni va bacterial moddalarni ishlatishga asoslangan.
Fizikaviy- chigitlarga,urug`larga,o`simliklarga past va yuqori harorat,yuqori chastotali toklar, ultra tovushlarni ishlatishga asoslangan.
Kimyoviy- zararkunandalarga ,kasalliklarga,begona o`tlarga qarshi kimyoviy moddalarni ishlatishga asoslangan.Kimyoviy moddalarning umumiy nomi- pestitsid. Begona o`tlarga qarshi gerbitsid, hasharorlarga qarshi –insektisid,akarisid,kasalliklarga qarshi fungisid kimyoviy moddalari ishlatiladi.Kimyoviy usuli suyuq zaharli moddalarni 25……2000 l/ga miqdorga sepishga asoslangan. G`o`za va g`alla ekinlariga o`rtacha gektarga 200-300 l/ga miqdorda zaharli moddalar suvda eritilgan tuman tomchilar shaklida purkaladi.Aerazol generatorlar zaharli moddalarni termomenik usulda ishlatishga asoslangan, bunda ishchi suyuqlik issiq havo oqimi bilan tuman tomchilari shakliga aylantiriladi.
Qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalariga,kasalliklariga va begona o`tlarga qarshi kimyoviy moddalar suyuq, aerazol tomchilar va proshok chang ko`rinishida sepiladi.Qishloq xo`jaligi ekinlariga zararkunandalar, kasalliklari va begona o`tlarga qarshi kimyoviy moddalarni sepish, dudlashda va sochishdaishlatadigan mashinalar o`simliklarni himoya qilish mashinalari deb yuritiladi. Bu turdagi mashinalar o`z navbatida quyidagi guruhlarga bo`linadi:purkagichlar,changitgichlar,aerazol,generator, dudlagichlar va urug` dorilagichlar.Yuqoridagi mashinalarga quyiladi agratexnik talablar qo`yilgan.
Ish suyuqliging sarfi me’yorida 10%dan ortiq o`zgarishiga yo`l qo`yilmaydi.
Xizmatlarning taqsimlanishi bir tekisda , yoppasiga bo`lish kerak. Ximikatlarning notekis taqsimlashini qamrov kengligi bo`yochi 15 %dan oshib ketmasligi kerak ;
Suyuqlikning bosim tarmog`idagi ish bosiming o`zgarishi belgilangan miqdordan 15% dank o`p yoki kam bo`lmasligi kerak;
Rezervuarlarning suyuqlikdan to`la bo`shab qolishi va nasosning “salt” ishlashga yo`l qo`yilmaydi;
Suyuqligning purkashi bir xil, mayin va tomchilarsiz bo`lishi kerak;
Agregat belgilangan tezlikda ishlashi lozim.Haqiqiy harakat tezligining qiymati berilgn qiymatidan 10%ga oshmasligi kerak .
Ekinlarga kimyoviy moddalar purkashga shamolning tezligi 5m/s ko`p bo`lmasligi kerak .Lalmikor maydonlarga shamol yo`nalishiga kundalik yo`nalishiga harakatlanishi tavsiya etiladi.
Sug`oiladigan g`alla ekinlarga va texnik ekinlarga qator yo`nalishi bo`yicha harakatlanish tavsiya etiladi.
Urug`larni dorilashda nomlangan urug`lar normagacha quritilishi tavsiya etiladi .
Yuqoridagi turdagi ,mmashina dori tayyorlashda ishlaydigan ishchilar va mexanizatorlar himoya qilish vositalarsiz ishlashi qatyan man etiladi.
O`simliklarni himoya qilish mashinalari quyidagi turlarga bo`linadi.
Urug` dorilagichlar-qishloq xo`jalik ekinlari urug`larine ekishdan oldin zaharli ximikatlar bilan dorilaydi.(PS-10,PSSH-5)
PURKAGICHLAR- qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi eritilgan ximiyaviy moddalarni,o`simliklarni bargdan oziqlantirish uchun suspenziyasi va o`simliklarni bargni su’niy bargini to`ktirishga defoliantlarni sepish yoki purkashlarda ishlatiladi.(OVT-1A,OVX-28A,ON-400,OVX-14)
AERAZOl- urug` saqlanadigan inshootalarni va qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashga eritilgan zaharli ximiyaviy moddalarni tuman dud shaklidagi o`zgartirib beriladi .(AG-UD-2)
CHANGITGICHLAR- poroshoksimon zaharli ximiyaviy moddalarni ekinzorlarga changitib sotadi.(OSHU-50A,ONU KOMETA ,OVX-14)

ADABIYOTLAR:


1.Shoumaraova.M Abdillayev.T Qishloq xo`jaligi mashinalari.Toshkent ,
O`qituvchi 2002 yil
2.A.I. Komilov , Q.A Sharipov, N.T Umirov, I.M Marupov,R.T.Rustamov
Traktor Va avtomobillar. Toshkent-2003.(lotin alifbosida)
3.F.B Yevdokimov umumiy elektrotexnika T.o`qituvchi. 1995
4.N.I Vershagini
5.E.Oyxo`jayev,X.Qo`shnazarov qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni mexanizsiyalash Toshkent mehnat 1988.

Yüklə 21,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin