Reja: Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etikadagi o`rni



Yüklə 55,75 Kb.
səhifə1/6
tarix21.10.2022
ölçüsü55,75 Kb.
#118476
  1   2   3   4   5   6
Deontologiya fani ma`ruzasi 1 mavzu


1-Mavzu: Pedagogik deontologiya va kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari
Reja:
1.Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etikadagi o`rni.
2. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan.
3. Kasbiy axloqiy normalarning burch kategoriyasi sifatida ifodalanishi va uning qoidalari.
4. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati.
5. Pedagogik kompetentlik fanining predmeti va ob`ekti, maqsadi va vazifalari
O‘qituvchining kasbiy kompitentligi.
6.Pedagogik kompetentlik, professional kompetentlik va o‘qituvchi kasbiy etikasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar.


Tayanch tushunchalar:Deontologiya” tushunchasi. Deontologiyaning prinsiplari. Pedagogik deontologiya – kasbiy xulq-atvor haqidagi fan. Pedagogik deontologiya va kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari. Pedagogik kompetentlikning boshqa pedagogik fanlar bilan aloqadorligi. Pedagogik kompetentlik, professional kompetentlik va o‘qituvchi kasbiy etikasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar.
Deontologiya – so`zi yunoncha “deontos”-“shart” “burch”, logos-“ta`limot”, “o`rganish” degan ma`noni anglatadi.
Deontologiya- etika fanining bir qismi sifatida mutaxassisning o`rnining bir sohasiga nisbatan xulq-atvor normalari yoki burch haqidagi ma`noni anglatadi.
Burch va majburiyat ( axloqiy-burch mutaxassis uchun ishlatiladi) medisina xodimi, o`qituvchi pedagog, jamiyat ishlarida davlat boshqaruvida rahbarlar oldida va shu bilan har bir shaxs oldida ham uni burch, vazifasi va avtoritetini xalq oldidagi burchi,masuliyatini ifodalaydi.
O`qituvchining axloqiy fazilatlari;
Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o`qituvchi tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fel-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli qonunlari, me`yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy- voqeylik shaxs oldiga ma`lum axloqiy talablar qo`yadi,bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi.
O`qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o`zlashtirib olishi, o`z tajribasida qo`llashi o`zining dunyoqarashi va mafkurasi hamda axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fiklash, his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy va millliy, axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar, o`qituvchining o`z axloqiy fazilatlariga e`tiqodiga aylanadi. O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilatlariga va e`tiqodiga aylanishi lozim.
Pedagogik takt-o`qituvchi axloqining aqliy ko`rinishlaridan biridir.
O`qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog`liq tarzda oydinlashtiradi.
Insonprvarlik, vatanparvarlik, milliy g`urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch qadr-qimmat, ma`suliyat, vijdon, halollik, rostgo`ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o`qituvchi odobida pedagogik faoliyati bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Yüklə 55,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin