Reja: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə1/6
tarix24.11.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#133609
  1   2   3   4   5   6
12. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikas




Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diagnostikasi. Tarbiya ko’rganlikni aniqlash.


REJA:
1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.

3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari.


4. Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Muloqot; axloqiy me’yorlar; nutq dina­mikasi; muloqot funksiyalari; prognostik etap; norasmiy liderlar; modellashtirish; pedagogik jarayon; kommunikativ aloqa; tashkilotchi va ijrochi; interaktiv muloqot; perseptiv muloqot; jonli muloqot; muloqot odobi; tavoze; ishonchni qozonish; ta’sir etish; ma’qullash; pedagogik nizolar; pedagogik nizolarni bartaraf etish.

1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari


Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijti­moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘o­ya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifa­tida ka­mo­lotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot peda­gogikpsixo­logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichi­ga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:

  • salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;

  • o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.

O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:




- ўзаро ахборот алмашишни йўлга қўйиш;

- таълим-тарбиявий фаолиятни биргаликда ташкил этиш;

- ўқувчиларни эркин фикр-мулоҳаза юритишга ўргатиш;

- салбий ҳолатларни синф жамоаси билан биргаликда бартараф этиш;

- дўстлар учун қайғуриш ва уларга ёрдам беришга эришиш;

- ўзлигини англаш, ўқувчилар билан мулоқотда қониқиш ҳис этиш.

1-chizma.

Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin