REJA:
1.Psixologiyaning O’rta Osiyo hududiga kirib kelishi.
2.Al Farobiy va Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari.
3.Ibn Sino va M.Qoshg’ariylarning falsafiy va psixologik qarashlari.
4.U.Kaykovus, A.Jomiy va J. Davoniyning psixologiya fani haqidagi fikrlari.
Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (3.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko’p.
O’tgan buyuk ajdodlarimiz ontogenez psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi.
Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’git-nasihat va hikoyatlar;
Uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo’linishi”, “Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to’g’risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan.
Abu Rayhon Beruniy o’ziniig “O’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to’g’risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiyamaliy jihatdan boyitgandir. Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy psixologiyaga munosib hissa qo’shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda o’z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zahob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, qasb-hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy o’zining “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Sooir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo’lishi va bilimlarni tez egallashi lozim.
A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida yYetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari, alohida o’rin egallaydi. Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy sifatlar, qat’iyatlilik, shijoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. A.Navoiy tasavvufning yirik namoyandalaridan biri bo’lgan. Alloma aqlning 28 tarkibini tahlil, talqin, tavsif qilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog’iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII—XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan edi. XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi. Rus tarixchisi V.N.Tatishchev (1686—1750)ning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan bayon qilingan. N.I.Novikov (1744—1818) bashariyat farovonligini ko’zlab yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarnn keng yoyish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalash kerakligi g’oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. A.N.Radishchevning (1748—1802) “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi ham aslida pedagogik-psixologik asar, deyish mumkin. Rus ma’rifatparvarlari A.N.Gersen, N.G.Chernishevskiy, I.A.Dobrolyubov, V.G.Belinskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari psixologiyani jonlantirishda muhim rol o’ynadi.
Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeta”, N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P. Nechayevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga munosabati”, A.F.Lazurskiyning “Maktab o’quvchisining tavsifi”, P.F.Lesgaftning “Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati”, K.Elnitskiyning “Qizlar tavsifi” asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishga xizmat qildi.
Rossiyada G.I.Rossolinoning “Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi” laboratoriyasi ishga tushdi. “Tarbiya xabarlari”, “Rus maktabi”, “Erkin tarbiya”, “Kundaliklar” kabi jurnallar chop etila boshlandi. Ana shuning zamirida “Oila tarbiyasi qomusi” dunyo yuzini ko’rdi. Bularning barchasi shaxs psixologiyasi va differensial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga keng imkoniyat yaratdi.
Yuqorida aytilgan asarlarda har xil qarashlarga xayrixohlik, ijtimoiy muhitning ahamiyatiga e’tiborsizlik ko’zga tashlanadi. Ularda insonning ijtimoiy mavjudotligi tan olinib, unga ilmiynazariy nuqtai nazardan yondashilsada, lekin insondagi psixologik, fiziologik va biologik jihatlar, tarkibiy qismlar tabaqalanmaydi, tashqi muhitni bosh omil deb tushuntiriladi.
Rus fiziologi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, shuningdek, bilish jarayoni, inson his-tuyg’usi, o’zini o’zi (o’zini) anglashining fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o’zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar sistemasi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi.
I.M.Sechenov, P.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan P.O.Efrusi, N.E.Ribakov, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar ontogenez psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidan-yangi qonuniyatlarni yaratdilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy yevropa mamlakatlari va AQSHda ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems “O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qildi. K.Byuler xonim (1879—1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatning har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intellekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g’oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844—1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi. Uning fikricha, “irsiyat” filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shveysariyalik psixolog E.Klapared (1873—1940) S.Xolldan farqli o’laroq, ontogenez va filogenezda psixik funksiyaning o’sishini o’rganish uchun quyidagi holatlarga e’tibor beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to’siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u holda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi. E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika” kitobida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, ularda dastlabki umumlashtirishning sinkretligi (aralash holatdaligi), o’xshashlik va farqlanishning bola ongida aks etishi to’g’risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym (1858—1917) o’sish — kishilarning his-tuyg’usini o’zlashtirish ekanini, shu boisdan, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bola tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi. E.Dyurkgeymning fikricha, bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug’iladi.
Fransuz psixologi P.Jane (1857—1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug’ullandi.
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi insonning o’sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa kishining atrof muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning prinsipi hisoblanadi. P.Jane o’z tadqiqotlarida psixikaning to’rt darajasi: a) harakat reaksiyasining o’sishi; b) idrok qilish harakatining o’sishi; v) shaxsiy-ijtimoiy harakatning o’sishi (o’zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) aqliy sodda xatti-harakatning o’sishi (nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan.
Umumiy tarix doirasida ham o’rta asrlarda SHarq uzoq vaqt g’arbga nisbatan ilgarilab ketgan. Xitoy, Hind, Arab, Eron, O’rta Osiyo madaniyati bu davrda /arbga nisbatan erta rivojlangan.
O’rta Osiyoda ilm-fan ma’rifatning rivojlanishi, bu hududdagi ilmiy dunyoqarashlar bilan belgilanadi. Bizning davrimizgacha arab istilosigacha bo’lgan davrdagi ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan. CHunki arab xalifaligining O’rta Osiyoga Islom dinining yoyilishi va buning oqibatida O’rta Osiyoda bu diniy qarashlariga qarama-qarshi bo’lgan yozma adabiyotlarning hammasi mutlaqo yo’q qilib yuborilgan. Bundan tashqari O’rta Osiyodagi o’zaro feodal urushlar ham ilm-fan va madaniyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir etgan. XSH asrda O’rta Osiyoni mo’g’ullar bosib oladi va o’rta asrlarda yaratilgan fan va madaniyat sohasidagi ilmiy adabiyotlarning to’plangan qismi shu bosqinchilar tomonidan yo’q qilib yuboriladi. SHunga qaramasdan O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlangan deb ayta olamiz.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda qator-qator olimlar, mutafakkirlar yashab ijod etgan. Ular faqat dinga talluqli fanlardangina rivojlanib qolmasdan, ilm-fanning shunday sohalari: riyoziyot, falsafa, astranomiya, meditsina, pedagogika, anatomiya, etika-estetika, psixologiya va hakazo fanlar bo’yicha butun jahon tan oladigan darajada ilmiy asarlar yaratgan. Bu asarlarni faqat O’rta Osiyo kitobxonlari o’qib qolmasdan, balki butun jahondagi taraqqiyparvar mutafakkirlar ham o’quv risolasi sifatida foydalangan, ana shunday olimlardan biri Abu Nosir Muhammad Ibn Tarxan (Al Farobiy)-870-950 yillarda Farob shahrida tug’ilgan. Farobiy Aristotel’ va Platonning ishlarini O’rta Osiyoda keng ommalashtirgan, shuning uchun g’arbda ikkinchi muallim degan nom olgan.
Farobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etika-estetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq-tushunchasi Farobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaydi. CHunki xarakterdagi har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. SHunga asosan inson ahloqini faqat yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:
hurmatsizlik
Dostları ilə paylaş: |