Reja: Psixologning kasbiy faoliyati haqida umumiy tushuncha


Asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlash afzal



Yüklə 168,5 Kb.
səhifə8/11
tarix11.11.2023
ölçüsü168,5 Kb.
#131879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasbiy shaxsiy rejalarni tuzish. Kasb tanlashda psixologik hamkorlik

Asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlash afzal
Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o’qituvchilar bilan ham, barcha yoshdagi o’quvchilar bilan ham ishlaydi. Lekin kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi psixologlar boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa birlari o’spirinlarning «tilini tez topadi», uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib «yo’qolib ketadilar», to’rtinchilari o’qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar.
Psixolog o’zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar bilan muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy yoshi (pasport yoshi) farqlanadi. Insondagi bu ikki yosh ko’pincha bir- biriga mos kelmaydi.
Men 16 yoshman «Ruh haqidagi fanda» yosh hissi tushunchasi meni doim hayron qoldiradi, Men ko’pincha yoshimni esdan chiqarib qo’yaman, bu savolga javob berish uchun doimo bu yil nechanchi yil ekanligini so’rayman, o’zim tug’ilgan yilni eslayman va arifmetik hisoblashlar bilan shug’ullanaman.
Sizning yoshingiz nechada?
A. Kronik(35-40 yoshlardan yoshgan)
A. Kronik va uning xodimlari 21 dan 44 yoshgacha pasport yoshi bo’lgan 83 nafar insonlar bilan maxsus tadqiqot o’tkazdilar. Taxminan 55 % sinaluvchilar o’zlarini yosh deb hisoblaydilar, respondentlarning 20 % o’zlarini katta deb hisobladilar, faqat 25% respondentlar o’z yoshini pasport yoshi bilan bir xil ko’rsatdilar.
Sizning psixologik yoshingiz nechada? Uni «psixologik yosh» testi yordamida aniqlashga urinib ko’ring. Ushbu metodika o’z hayotiy potenstialingizni qanchalik to’liq amalga oshirganingizni baholaydi.
«Psixologik yosh» testi
O’tmish, hozirgi, kelajak, hayotingizni tasavvur qiling.
Qaysi yili tug’ildingiz?______
Necha yoshgacha yashamoqchisiz?_______
(haqiqiy baho berishga harakat qiling).
Jadval yordamida hayotingizdagi har besh yilga baho bering, bunda sog’ligingiz: muhim jamoat topshiriqlari, yaqin kishilar, do’stlar bilan muloqat, shaxsiy va kasbiy faoliyat bilan baholanadi. Har besh yil 10 balli sistemada baholanadi: 10 ball- maksimal baho:
1-minimal baho. Esingizda tuting, har besh yil faqat bir baho bilan baholanishi mumkin, unga «+» belgisini qo’yishingiz mumkin, masalan
21- 25 yoshlar orasidagi besh yillik 6 ball bilan baholanadi, deylik. Gorizontal chiziq bo’yicha «21- 25» orasiga hamda vertikal bo’yicha 6 chiziq orasiga «+» belgisini qo’yasiz.
Agar siz jadvalni to’ldirgan bo’lsangiz hisoblab chiqing.
1. O’tmish va kelajakdagi besh yilliklar bo’yicha umumiy ballni toping.
2. O’tmishdagi besh yilliklar uchun necha ball qo’yganingizni hisoblang.
-Agar siz 30 yoshda bo’lsangiz «1-5» dan to «26-30» gacha bo’lgan besh yilliklarni hisoblash kerak.
-Agar siz 31 yoshda bo’lsangiz «1-5» dan «26-30»gacha bo’lgan 5 yilliklarni oling. «31-35» oraliqdagi 5 yillikdan qo’ygan ballingizning 1/5 qismini oling.
-Agar siz 32 yoshda bo’lsangiz «31-35» orasidagi 5 yillikdan qo’ygan ballning 2/5 qismini oling va h.z.
3. O’tmishdagi 5 yilliklarda olgan ballingizni barcha besh yilliklarda kelajakdagi ham qo’shgandagi ballga bo’ling. Olingan natija - hayotning ro’yobga chiqish ko’rsatgichi hisoblanadi (uni foizlarda tasavvur qilish qulay).
Masalan, men 42 yoshdaman. O’tmishdagi besh yilliklarga qo’ygan ball 56.6 ni tashkil qildi, barcha besh yilliklar bo’yicha umumiy ball 108 ga teng. Hayotimning ro’yobga chiqarish ko’rsatkichi 0.524ga yoki 52.4 foizga teng. Hozirgi vaqtgacha o’z imkoniyatlarimning yarmisidan sal ko’pini ro’yobga chiqaribman.
4. Psixologik yoshni bilish uchun hayotni ro’yobga chiqarish ko’rsatkichiga siz kelajakda yashamoqchi bo’lgan yoshni ko’paytiriladi. Hosil bo’lgan son sizning ruhiy yoshingiz hisoblanadi.
Masalan: Hayotni ruyobga chiqarish ko’rsatkichi 0.691 ga teng. Inson 80 yoshgacha yashashni rejalashtirgan. Uning pisixologik yoshi 55 ga teng.
Albatta, hayotdagi fakt va hodisalar amaliy psixologiyadagi voqea va hodisalar bilan bir chiziq orqali bog’lanmagan.
Agar sizni psixologik yoshingiz 55 yosh bo’lib, pasport yoshingiz 37 da bo’lsa, sizning tinglovchi va mijozlaringiz 55 yoshlardagi buvilar, ota-onalar va o’qituvchilardir. 55 psixologik yoshda bo’la turib, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga intilishingiz, ularga g’amxo’rlik qilish va qo’llab quvvatlash ehtiyojini amalga oshirishingiz mumkin. Shu bilan birga yuqori sinf o’quvchilari bilan suhbatga shoshilishingiz ham mumkin, chunki shaxsiy hayotiy tajribangizni ularga uzatishni chin dildan hohlaysiz.

  1. jadval. Hayot yo’lini baholash.




Hayot besh yillik
lari

Muhim voqealar bilan to’lalik darajasi.

1

2

3

4

5

6

7

8

9


1-5































6-10































11-15































16-20































21-25































26-30































31-35































36-40































41-45































46-50































51-55































56-60































61-65































66-70































71-75































75-80































81-85































86-90































91-95
































































Sizning o’quvchilar, o’qituvchilar, ota - onalar bilan kasbiy va insoniy munosabatingiz bir xil psixologik yoshga asoslangan teng psixologik


(1- sxemaga qarang), yoki «translir» bo’lishi mumkin. (2-sxemaga qarang).









11 psixologik III- sinf o’quvchisi


yoshdagi
psixolog
1- sxema. Teng psixologik yoshga asoslangan o’quvchi va o’qituvchining teng munosabati.











55 psixologik yoshga 10 sinf o’quvchisi


ega bo’lgan psixolog
2- sxema. Psixologning o’smirga nisbatan «translir» munosabati.






yuqori sinf

o’quvchisi yoki


katta psixologik yoshdagi ota- ona
11 psixologik
yoshdagi psixolog
3.sxema. Maktab psixologining
manipulyativ uslubi.

Ishingizdagi vaziyatlarda tinglovchilaringiz uchun «mijoz» bo’lib qolmaslikka harakat qiling: o’zingizni ko’rsatishga harakat qiling, o’zingizni yuqori baholashga intiling. Kasbiy faoliyatingizda psixomanipulyativ vositalardan foydalanmang (3- sxemaga qarang).


Agar ota-onalar va o’quvchilar bilan ishlaganda 3-sxemadagidek munosabatlarga kirishsangiz, anglangan va anglanmagan muammolaringiz ustida ishlashingiz zarur. Psixolog doimo o’z ruhini «tozalab» turishi kerak, chunki psixologning ruhi-bu uning ish «quroli» hisoblanadi.

Qanday muammo bilan shug’ullangan afzal?


Psixologlarga maktabda turli muammolar bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Lekin har bir psixologning maktabda sevimli mavzusi yoki muammosi bo’ladi. Uni tanlash ko’p sabablarga bog’liq: Amaliy psixologning qiziqishlariga, mutaxassislik bo’yicha o’qilgan kitobga, kasbiy muloqat darajasiga, psixolog ishlaydigan maktab ehtiyojlariga, ma’muriyat, o’qituvchilarning buyurtmasiga bog’liq.


«O’z muammosini» tanlashning ko’p omillarga bog’liqligiga qaramasdan, umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Psixologlar «o’z mavzularini» tanlashda ikki asosiy shartga amal qiladilar.
Ko’pincha ular xarakterida va individual - psixologik portretida ortiqcha bo’lgan psixologik fenomenni o’rganishga intiladilar.
- To’g’ri fikrlaydigan universitet bitiruvchisi tadqiqot predmeti sifatida o’quvchilarning tafakkur faoliyatini tanlaydi (m:, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda iste’dodni shakllantirish, o’smirlarning aqliy faoliyatini faollashtirish va boshqalar).
Shu bilan birga ko’pchilik psixologlar shaxsiy individualligini, xarakterini, shaxsini qiziqtiradigan muammolar bilan shug’ullanishga intiladilar.
- Bo’sh, ziyoli, ko’ngilchan, qat’iyatsiz o’spirin-maktab psixologi o’z qiziqishlarining predmeti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarida irodaviy mexanizmlarni shakllantirishni tanlaydi. Bu nimadan dalolat beradi?
Aniq maslahat berish qiyin «o’z muammoingizni» tanlash haqida o’ylang va bir qarorga keling.



Yüklə 168,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin