2. FAZALAR QOIDASI Fazalar qoidasi komponent, faza, erkinlik darajasi kabi tushunchalar orasidagi munosabatni ko’rsatadi. Fazalar qoidasini faqat muvozanatda turgan sistemalarga tatbiq etish mumkin.Fazalar qoidasi tubandagicha ta‘riflanadi: K komponentdan iborat sistemadagi fazalar soni (Ф) bilan sistemaning erkinlik darajasi (F) yig’indisi sistemaning komponentlar soni –K plyus 2 ga teng, ya‘ni Ф + Ђ = К + 2 Bu yerda: Ђ – sistemaning erkinlik darajasi. Bu tenglamadagi 2 – bosim va haroratni ko’rsatadi. Bundan: Ђ = К – Ф + 2 Demak, murakkab sistemada erkinlik darajasini topish uchun komponent sonidan faza sonini ayirib, qoldiqqa 2ni qo’shish kerak. Bosim kam ta‘sir etadigan kodensatlangan, ya‘ni qattiq va suyuq fazadan iborat sistema uchun faza qoidasi
Ђ = К – Ф + 1 Shaklida ifodalanadi. Erkinlik darajasi 1 ga teng bo’lgan sistemа monovariantli sistema deyiladi; erkinlik darajasi 2 ga teng bo’lsa bivariantli, boshqacha aytganda, divariantli sistema deb, erkinlik darajasi 3 ga teng bo’lsa, trivariantli sistema va nolga teng bo’lsа, invariantli (nonvariantli) sistema deb ataladi.
Muvozanatdagi sistemalar, bundan tashqari, komponentlar soniga qarab ham sinflarga bo’linadi, masalan, bir komponentli, ikki komponentli va hokazo komponentli sistemalar bo’ldi.