1-shakl 200__yil “____”_____________uchun (hisobot davri) Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalanganlik to‘g‘risida ma'lumotnoma
Ko‘rsatkichlar
Aylanma
Ctavka
Hisoblangan soliq summasi
Imtiyozni qo‘llash uchun asos
Imtiyozning amal qilish muddati
1
2
3
4
5
6
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan yuklab jo‘natilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi
Masalan:
Tibbiy xizmatlar
100,0
20%
20,0
Soliq kodeksi, 71-modda,
21-band
Doimiy
yoki
Chigit ekish uchun PVX plyonkasini ishlab chiqarish uchun granulalar
300,0
20%
60,0
O‘zR VM 2003 yil 25 yanvardagi 44-son qarori
2003 yil yanvar va fevralda keltirilgan
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) bo‘yicha xalqaro va hukumatga qarashli xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan ishlar, xizmatlar;
2) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasida ko‘rsatilgan ishlar (xizmatlar);
Soliq kodeksi amalga kiritilguniga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida soliq to‘lovchilarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugaguniga qadar saqlanib qoladi.
Shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
a) xorijiy diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;
b) diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar diplomatik xodimlarining, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan oila a'zolarining shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar, shu jumladan eng zarur uy-ro‘zg‘or tovarlari;
v) xorijiy diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning ma'muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a'zolarining, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar, olib kiradigan eng zarur uy-ro‘zg‘or tovarlari;
g) jismoniy shaxslar boj to‘lamasdan olib kirish me'yorlari doirasida import qiladigan tovarlar, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan;
d) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tabiiy ofatlar, qurolli ixtiloflar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va bepul texnik ko‘mak berish uchun olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar;
ye) O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona maqsadida va quyidagi maqsadlarda olib kiriladigan texnologik uskunalar:
1998 yilga doir investitsiya dasturiga kiritilgan ustuvor ob'ektlarni jihozlash uchun;
hukumat kafolati bilan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun;
yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan, xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar uchun;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav sarmoyasiga ularning ulushi sifatida xorijiy investorlar tomonidan olib kiriladigan texnologik uskunalar;
Respublika neft-gaz tarmog‘i ob'ektlari uchun turli quvurlar;
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, agar vakolatli bankning tegishli tasdig‘i mavjud bo‘lsa, yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishga, shuningdek ishlab turganlarini zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga olib kiriladigan texnologik uskunalar;
lizingga topshirish uchun, vakolatli bankning tegishli tasdig‘i mavjud bo‘lganida;
xorijiy investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun.
j) quyidagilar doirasida yetkazib beriladigan uskunalar (axborot va tashkiliy texnika asboblari, materiallari, tizim va vositalari):
xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamda jamg‘armalar grantlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida bajariladigan ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlari hamda loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro kelishuvlar, vakolatli organning ko‘rsatilgan uskuna ajratilgan grantlar (mablag‘lar)ning maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida" PF-3029-son Farmoni chiqishiga qadar mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining xulosasi asosida taqdim etiladi.
Xorijda xarid qilingan yoki u yerdan yuborilgan uskunalar (axboriy va tashkiliy texnikaning asboblari, materiallari, tizim va vositalari) boshqalarga berilgan taqdirda barcha to‘lov va soliqlar belgilangan tartibda to‘lanadi;
z) yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) bo‘yicha xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari taqdim etgan qarzlar va grantlar hisobiga olib keladigan uskunalar, materiallar;
i) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarishida ishlatish uchun olib keladigan xom-ashyo, materiallar va tayyorlov buyumlari;
m) import bo‘yicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar.
Soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.