2.Global strategiya yordamida raqobatli afzallikka erishish
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari o’rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo’ladigan kurashni anglatadi. U kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo’lib, odamlar o’rtasidagi o’z imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, ayrim sohalarda o’z ustunliklarini namoyon qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o’rtasida obro’liroq bo’lish uchun bo’lgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub’ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) o’rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo’lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo’lga olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Iqtisoddagi raqobat ko’p qirrali hodisa bo’lib, yaxshi daromad ko’rish, o’z qobiliyatini to’laroq ishga solish, o’zi mashg’ul ishni rivojlantirish, o’z sohasida imijga ega bo’lish uchun kurashni bildiradi.
Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar ko’pincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda (tovarning) foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar uchun ko’proq pul to’lashga ham tayyor bo’ladilar.
Marketing izlanishlari shuni ko’rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridor tovar harid qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi ko’rinishiga, dizayniga ahamiyat beradilar. Shundan keyin tovarning texnik ko’rsatkichlariga e’tibor beradilar. Shunday ko’rsatkichlar ichida narx-navo 6-7 o’rinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo’lgan davlatlariga xos xususiyatdir. Vaholanki, O’zbekiston kabi mamlakatlarda baho hozircha xaridor uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Buni albatta hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |