Reja: Sayfi Saroyi Nasriddin Burxoniddin o’g’li Rabg’uziy


Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy



Yüklə 26,41 Kb.
səhifə3/3
tarix19.05.2022
ölçüsü26,41 Kb.
#116053
1   2   3
Rabg\'uziy Sayfi Saroiy

Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan. U Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyidan bo‘lgan. Uning hayotiga doir «Qissasi Rabg‘uziy» asarining muqaddimasidagi «Bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqluq, ko‘p yozug‘luq Rabot qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosiriddin» degan so‘zlardan bo‘lak ma’lumot saqlanib qolmagan
«Qissasi Rabg‘uziy» jami 72 qissadan tashkil topgan bo‘lib, ularning aksariyati «Qur’on» va boshqa diniy kitoblardagi diniy-afsonaviy syujetlar asosida yaratilgan. Muso, Nuh, Solih - payg‘ambarlar, Xorut va Morut - farishtalar, Qobil va Hobil haqidagi hikoyalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari hayot voqealaridan yoki turmush tajribasidan olib yozilgan ayrim hikoyalar ham bor.
Shuningdek, faylasuf shoir Pahlavon Mahmud, lirik shoir Badriddin Chochiylar ijodi ham XIII-XIV asrlar mahsuli sifatida, o‘zbek adabiyotining shu davrdagi merosi sifatida o‘rganiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi ozodlik harakatlari tobora kengayib, keskin tus oladi. Nihoyat, «Sarbadorlar harakati» deb nomlangan katta xalq harakati boshlanadi. Bu harakatning jangovor ruhini «sarbador» («boshimizni dorga qo‘yamiz») so‘zining o‘zi ham yaqqol ko‘rsatib turar edi. Sarbadorlar G‘arbiy Xurosonda poytaxti Sabzavor bo‘lgan o‘z davlatlarini vujudga keltiradilar va bu davlat 43 yil yashab, 1381 yilda Temur davlatiga qo‘shilib ketadi. Bu harakat taraqqiyparvar madaniyat, san’at va adabiyotda demokratik motivlarning rivojlanishiga samarali ta’sir etgan, badiiy adabiyot sohasida esa, sarbadorlarning Ibn-Yamin kabi iste’dodli shoirlari ham yetishgan edi.
Nasriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy XIII asrning oxiri XIV asrning birinchi choragida yashab o‘tgan yozuvchi va shoirdir. U Xorazmning Raboji o‘g‘uzidan. Adibning otasi ruhoniy oilasidan bo‘lgan. ¡zuvchining hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ma'lumot-lar yetarli emas. Uning 1310 yilda yozilgan yagona “Qissai Rabg‘uziy” nomli asari bizgacha yetib kelgan. Asar tarixiy shaxslar, Muhammad payg‘ambar, uning avlodlari, sahobalari va boshqa payg‘ambarlar, afsonaviy siymolar haqidagi qissalardan, xalq og‘zaki ijodidan olib yozilgan, qayta ishlangan hikoya va naqllardan iborat.
“Qissai Rabg‘uziy”dagi asosiy g‘oya xudoga itoat qilish gunoh ishlardan saqlanish, birovga zulm qilmaslik, xalq orasida to‘g‘ri, odil hukm chiqarish, zino qilmaslik, sharob ichmaslik, qon to‘kmaslik, xiyonat qilmaslik, ota-onani hurmatlash, ularga xizmat qilish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, jamiyat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish, adolat uchun kurashish, do‘stlik va biro-darlik, yaxshilikka intilish, yomonlikdan qochish kabi ezgu fazilatlarni targ‘ib qilishdir.
Aksariyat qissalarda, jumladan, Dovud alayhissalom, Yusuf alayhissalom va Sulaymon alayhissalom qissalarida yuksak insonparvarlik, rostgo‘ylik, halollik, jasorat va matonat, imon-ning butligi, vijdonning pokligi, barcha insonlarga birdek munosabatda bo‘lish singari eng olijanob xislatlar ulug‘lanadi. Xususan, Yusuf timsolida komil inson, haqiqiy ishq fidoyisi gavdalantirilgan. ¡sh Yusuf otasini deb, Olloni yodda tutib, aka-lari tomonidan sodir etilgan munofiqlik azoblariga, ishq kuyidagi barcha iztiroblarga bardosh beradi, matonatlilik namunasini ko‘rsatadi. “Qaldirg‘och va qovoqari”, “Otlar hikoyasi”, “Momo Xavo va Shayton”, “Luqmon hikoyati” singari qator hikoya va naqllarda inson haqida g‘amxo‘rlik qilish, aql-zakovat kuchiga suyanish, halol mehnat evaziga kun ko‘rish, yolg‘onchilik va munofiq-likka yo‘l qo‘ymaslik, yer yuzida hayotni asrash g‘oyalari ilgari suriladi.
Qissasi Rabg‘uziy badiiy, tarbiyashunoslikka asoslangan asar bo‘lib, payg‘ambarla
Yüklə 26,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin