Aim.uz
Sezgilar Reja:
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.
2. Sezgining nerv - fiziologik asosi.
3. Sezgilarning tasnifi va turlari:
a) ko`rish; b) eshitish; v) hid bilish; g) ta`m bilish va boshqalar.
4. Sezgilar sohasidagi ayrim qonuniyatlar;
a) adaptatsiya; b) sinesteziya; v) sensibilizatsiya.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Adaptatsiya - qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi
Analizator - sezuvchi apparat
Vibratsiya - titrashni sezish
Sensibilizatsiya - sezgirlikning ortib borishi
Kinestezik - oraliq sezgi
Statik - muvozanat sezgisi
Sinesteziya - ikki sezgining qo`shilib ketishi
Retseptor - analizatorlarning qo`zg`atuvchini qabul qiluvchi qismi
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha
Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat.
Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi:
1. Bilish jarayonlari.
2. Emotsional soha.
3. Irodaviy soha.
Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak:
1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.
2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.
Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.
Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.
2. Sezgilarning fiziologik asoslari.
Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi ham faoliyatda bo`lishi kerak. Sezgi retseptorga ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil bo`ladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bo`lib, agar javob reaktsiya bo`lmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bo`lmasa hosil bo`lmaydi. Sezgi a`zolari harakat a`zolari bilan bog`liq. Bu a`zolar bajaradigan vazifa qo`lda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qo`zg`atuvchining o`ziga adekvat bo`lgan analizatorga ta`sir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:
1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi.
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llari.
3) Nerv impul’slari qayta ishlanadigan analizatorning miya po`stidagi qismlar.
Analizatorlar tevarak - atrofdagi olam ta`sirlarini tahlil qilib beradi. Ular insonni hayoti uchun zarur bo`lgan qo`zg`atuvchilardan ajratadi.
3. Sezgilar tasnifi va turlari
Tasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi:
1. Ekstrotseptiv sezgilar.
2. Interotseptiv sezgilar.
3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq)
Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi:
1) kontakt retseptorlar
2) distant retseptorlar.
Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi. Bo`nga sabab, ko`zning to`r pardalaridagi qolbachalar ishlamaydi. Masalan: ilon, kaltakesak, kabutar, tovuqlarning to`r pardasida faqat qolbachalar bo`ladi. eshitish sezgilarining fizik sababi havo to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi. To`lqinlarning tekis harakatlaridan musiqaviy, notekis harakatlaridan shovqinli tovushlar hosil bo`ladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishlagi tovushlarni qabul eta oladi. Hid bilish sezgilari. Burun kovagining yuqori qismida joylashgan hid bilish (sezgilar) retseptorlari hid bilish e`zosi hisoblanadi. Havo bilan birga burun kovagiga to`shadigan hidli moddalar zarrachalari hid bilish analizatorlarining asosiy qismlaridir. Ta`m bilish sezgilari. Ta`m bilish retseptorlariga so`lakda va suvda eruvchi moddalarning ximiyaviy xossasi kiradi. Ta`m bilish so`rg`ichlari til yuzasida, tanglaydi, milkda va xalqumning yuqori qismiga joylashgan. Ta`m bilish sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r va achchiq.
Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi:
a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish;
Biror narsani tegishini til uchi va barmoqlar uchi bilan yaxshi sezamiz. Muskul - harakat sezgilari va statik sezgilar Bunga og`irlikni his qilish sezgilari, qarshilikni, ayrim a`zolarning harakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning fizik sababi gavdalarimizning harakatlaridir. Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deyiladi. Bu statik sezgilar uchun ichki quloq daxlizi va ichki quloqdagi endolimfa nomli suyuqlik bilan to`lgan yarim doira kanallari retseptor vazifasini bajaradi. endolimfada sezuvchi nerv tarmoqlari bor, u organizmning fazodagi harakatini va holatini idora etadi. Organizm harakatlanganda endolimfa tebranib, ana shu nervni qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi.
4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
Sezgilarning hosil bo`lish sezgisi va davom etish muddati. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reptseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi: qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan: qisqa muddatli sezgiga erga tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq nagan uchqunni sezish. Kunduzgi yorug`likni sezish, zavoddan yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardir. Sezgilar o`zlariga adekvat (mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga sifati, jadalligi, davomati va fazoviy joylanishi kiradi. Sezgilarning asosiy xususiyatlari sifat bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish sezgilari ranglarning quyuqligi, toni bilan farqlanadi. Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan: 1 gramm qandni bir piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi, 0,1 sm qog`ozni qo`lni kaftiga qo`yilsa uning og`irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me`yori qanchalik kichik bo`lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo`ladi.
Formulasi:
E - sezgirlik, P - qo`zg`atuvchining ta`sir me`yori. Ko`rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi yuksak bo`ladi.
Sezgirlik turli sharoitlarda o`zgarib turadi, bunda ikki xil hodisa farqlanadi:
1) tashqi muhit ta`sirlaridan sezgirlik o`zgarishiga adaptatsiya deyiladi.
2) analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishiga sensibilizatsiya deyiladi.
Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo`linadi:
a) negativ adaptatsiya; b) pozitiv adaptatsiya.
Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg`aluvchi ta`siri ostida sezgirlik oshadi. Ko`rish analizatorida pozitiv adaptatsiya qorong`ulik adaptatsiyasi deyiladi.
Negativ adaptatsiya ikki xil bo`ladi:
a) qo`zg`atuvchining davomiy ta`siridan sezgirlik yo`qoladi. Masalan: qo`limizga yuk qo`yilsa sezamiz, ammo vaqt o`tishi bilan sezmay qolamiz. b) kuchli qo`zg`atuvchi ta`siridan sezgirlikning susayishi. Masalan: qorong`i xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko`rmaymiz, vaqt o`tishi bilan sezgirlik pasayib biz normal ko`ramiz.
Adaptatsiya teri retseptorlarida tez yuzaga keladi. I.P.Pavlov fikricha “Adaptatsiya bosh miya po`stlok qismidagi muhofazalovchi tormozlanishning bo`lishi tufayli hosil bo`ladi”. Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptatsiya bo`ladi.
Sensibilizatsiya ikki tomonlama bo`ladi:
1) adaptatsiyada sezgirlik oshadi yo kamayadi, sensibilizitsiyada esa faqat oshadi.
2) adaptatsiyada sezgirlikning o`zgarishi tashqi sharoitlarga bog`liq bo`lsa, sensibilizatsiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog`liq bo`ladi.
Sinesteziya qo`zg`atuvchining bir analizatorga ta`siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo`lishidir. Ko`rish, eshitish sinesteziyasi ko`proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo`ladi. Masalan: kompozitorlardan Skryabin A., F.List, N Rimskiy — Korsakovlarda “rangdor eshitish“ qobiliyati bo`lgan. Ularga har bir tovush rangli bo`lib tuyulgan. Masalan: Skryabin “do” notasida iroda baxsh etuvchi qizilrang bor, “re” da nurafshon rang, “mi” da havo rang bor deb hisoblagan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo`lib qo`shilishidir. Masalan, “shirin so`z”, “tili zahar”, “tosh yurak”.
Sezgilar kontrasti qarama - qarshi sifatga ega bo`lgan bir vaqtdagi qo`zg`alish tufayli sezgirlikning o`zgarishidir. Masalan: tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo`lib seziladi. Masalan: odam charchaganda sezgirlik pasayadi. Harakat oshganda sovuqqa sezgirlik o`tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog`liq. Masalan: rassomlarda rang sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: |