Reja: Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning faolligi



Yüklə 174,71 Kb.
səhifə2/6
tarix30.08.2022
ölçüsü174,71 Kb.
#117660
1   2   3   4   5   6
Ashurova Kamola.psixalogiya tarixi

Inson shaxsning eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individullik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga harakter ( tabiat), temperament ( mijoz) qobiliyatlar , hissiyotlar yig'indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan , har xil vazifalarni bir-biriga o'xshamagan rollarni bajaradi. Ba'zi bolalar oilada erkatoy,injiq bo'lsa , maktabda tengdishlari o'rtasida kamtarin , odobli , xushchaqchaq bo'ladi.

Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qirish jarayoniga bo'lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik xolatlarini o'zgarishitashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bogliqdir.

2. Shaxsning faolligi.

Shaxs o'zining faoliyati tufayli tevarak atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo'ladi . Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko'rsatadigan ta'siri tushiniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o'zaro munosabatda bo'ladilar lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o'zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida , ehtiyojlarida namoyon bo'ladi . XX asr boshlarida yashagan avstryalik psixiatr Z. Freyd shaxs faolligini quydagicha tushuntiradi:

" Odam o'zining avlodlaridan nasliy yo'l bilan o'tgan instinktiv mayllarning namoyon bo'lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo'ladi". Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog'laydi.

" Odam o'zining avlodlaridan nasliy yo'l bilan o'tgan instinktiv mayllarning namoyon bo'lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo'ladi". Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog'laydi.

Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo'ladi. Qiziqish - shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi , anglash istagi bilan bogliq bolgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy , manaviy, salbiy , ijobiy , davomli qisqa muddatli bo' ladi. Qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e'tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq-atvorining o'z motivlari boladi.


Yüklə 174,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin