Reja: shayboniylar davrida Buxoro xonligi tarixiv geografiyasi Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi



Yüklə 26,29 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü26,29 Kb.
#139282
1   2   3
ashtarxoniylar (kelib chiqishi Astraxandan bo'lganligi uchun) yoki joniylar (sulola asoschisi Jonibek sulton nomidan olingan) hukmronligi o‘zbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr hisoblanadi.Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq(1601-1756yillar)davr mobaynida o'z qo'llarida saqlab kelgan ashtarxoniylar davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi,o'zaro urushlar nihoyatda avj oldi.AbdullaxonIIning sa’y-harakati bilan barpo etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi.Markaziy hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi,hududiy yaxlitlikni ta’minlay olmaganligi sababli XVIIasr boshlaridayoq Xurosonning katta qismi qo'ldan boy berildi.Xorazmda mustaqil Xiva xonligi barpo etildi.XVIIIasr boshiga kelib esa xonlikning shimoliy chegaralarida Qo‘qonxonligiga asos solindi.Ashtarxoniylar davlati tizimi o'z tuzilishi,mohiyatiga ko'ra shayboniylar davlat tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig'i bo'lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog'liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi.Barcha oily farmonlar xon tomonidan joriy qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar,xonning nomi xutbada qo'shib o'qilar edi.Lekin amalda ko'pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari qo'lida to'plangan bo'lsa, joylarda mahalliy hokimiyat hokimlar ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo'lib, davlat tizimining beqarorligiga,ijtimoiy-siyosiy inqirozlarga olib kelar edi.Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo'lib,uni taxt vorisi boshqarar edi.Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo'lib,markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi.Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi keskin qisqarib,XVIIasr boshlariga tegishli manbalarda xonlikka bo'ysunuvchi oltita viloyat Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O'ratepa, Shahrisabz va G ‘uzor viloyatlari tilga olinadi, xolos. Keyinchalik Imomqulixon tomonidan Hisor, Toshkent, Turkiston,Faig‘ona, Balx viloyatlari qayta bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da,Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar (Hirot va boshqa hududlar) va Xorazm butunlay Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi.Xonlikka bo‘ysunuvchi viloyatlaro‘rtasidagi aniq ma’muriy chegaralar haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Ko‘pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz amalda yarim mustaqil boshqarilib,Buxoroga nomigagina tobe hisoblanardi. Viloyatlar xuddi shayboniylar davridagidek tumanlarga va boshqa ma’muriy birliklarga bo`lingan. Xorazm xonlari (Abulg'ozixon, Anushaxon)Buxorova Samarqand atroflarini tez-tez talab turdilar.Eron vaHindiston hukmdorlari Movarounnahr ichki ishlariga aralasha boshladilar.Ubaydullaxon davrida(1701-1711yillar)feudal tarqoqlik kuchayishidan foydalangan M ahmudbiy otaliq(qatag‘on urug‘idan) 1706 yili Balxda hokimiyatni qo'lga oldi. Ubaydullaxon o‘ldirilgach,uning o‘rniga taxtga o‘tirgan Abulfayzxon(1711-1747 yillar)nomigagina xon bo‘lishdi, aslida hokimiyat bir guruh nufuzli amirlar qo‘lida edi.1740 yili Abulfayzxon davlati Eronshohi Nodirshohga qaram bo‘lib qoldi.1747yili Abulfayzxon saroy fitnachilari tomonidan o'ldirildi.Abulfayzxonning taxtga o‘tqazilgan 9 yashar o ‘g‘li Abdulmo‘min ham bir yildan keyin o‘ldirildi.Uning o‘rniga ukase Ubaydullo nomigagina xon bo‘lib,aslida davlat ishlari mang‘it urug‘i boshlig‘i,otaliq MuhammadRahim qo‘liga o‘tdi. Muhammad Rahim davlat boshliqlari va ruhoniylanii ko‘ndirib,1753 yili Buxoro taxtini egalladi. Shundan boshlab Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Iqtisodiyotni tartibga solish,savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti o‘tkazilib, markaziy shaharlardavazni bir xil bo‘lgan(5,2gramm)kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeini kuchaytirish, shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o‘zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi.1515yilda oily hukmdor Ko‘chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo'ldi.Ayniqsa,Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etib,markaziy hokimiyatning kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi.Pul islohotini bosqichma-bosqich o'tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush,mis pullami otasi nomidan (1560-1583 yillar) chiqarganda mamlakatda bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan bo‘lsa,mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarda(1583-1598)asosan Buxoroda markazlashgan pul zarb qilishni yo'lga qo‘ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba’zan Balx, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga ruxsat bergan Iqtisodiy hayotda sun’iy sug'orish asosiy rol o‘ynaganligi sababli shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha e’tibor berildi.1502 yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv ayirg'ich,1556-1585 yillarda Qashqadaryo,Zarafshon,Amudaryo,Murg‘ob va Vaxsh daryolaridan chiqarilgan kanallar, suvayirg‘ich va suv omborlari buning yaqqol misoli bo'la oladi.Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo'jaligi,savdo-sotiq va hunarm andchilik bo'lib,yer asosiy boylik hisoblangan.Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarli o'zgarishlar yuz bermadi.Dashti Qipchoqdan kelgan o'zbeklar yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo'lib,ular Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelganlari yo'q,balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar hamda unga moslashdilar.Yer egaligining
Yüklə 26,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin