Reja: Tilshunoslik fani, uning vazifalari



Yüklə 38,56 Kb.
səhifə3/8
tarix15.12.2022
ölçüsü38,56 Kb.
#121125
1   2   3   4   5   6   7   8
Til ijtimoiy, doim o`zgarib,rivojlanib turuvchi hodisadir

4. Eksperimental fonetikada fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Bunda olingan natijalar nazariy xulosalarning ishonchliligi ta’minlanadi.  
 
Fonetik birliklar va ularning turlari
 
Fonetik birliklar deganda so`z yoki qo`shimchalarning shakliy tomonini hosil qiladigan va ularning ma’nolarini farqlash, chegaralash vazifalarini bajariladigan birliklar tushuniladi.  Bunday birlikalar so`z va qo`shimchalarning qaysi tomoni (shakl va mazmun) uchun muhimligi jihatidan ikki guruhga bo`linadi: 1. Segment (ingl. qism, bo`lak[1]) birliklar so`z yoki qo`shimchalar tarkibida birin-ketin kelib, o`zaro ulanadigan birliklardir. Bularga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. 2. Ustsegment (supersegment) birliklar qo`simcha, so`z, jumla, gap yoki matnning mazmun tomoniga aloqador birliklardir. Bu guruhga urg`u, ohang (intonatsiya), to`xtam (pauza) kiradi.
Quyida shu birliklar bilan batafsil tanishamiz.
 
 
 
Nutq apparati
 
Avvalo, nutq tovushlarining anatomik-fiziologik tomonini ko`rib chiqamiz. Bunda nutq tovushlarining hosil bo`lishida ishtirok etadigan nutq a’zolari bilan tanishamiz. Bunday nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi. 
Nutq apparatiga quyidagilar kiradi:
1. Nafas appa rati: o‘pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya).
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og‘iz bo‘shlig‘ida  til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .
4. Burun bo‘shlig‘i.
5. Markaziy asab tizimi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
 
1-rasm[2]. Nafas apparati:
1 – qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 – kekirdak(traxeya); 4 – bronxlar; 5 – bronxlarning ichki tarmoqlari; 6 – o`pkaning tepa qismi; 7 – o`pkaning tag (ost) qismi . 
 
 
 
 
 
.
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 38,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin