Reja: Tilshunoslik fani, uning vazifalari


Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi



Yüklə 38,56 Kb.
səhifə6/8
tarix15.12.2022
ölçüsü38,56 Kb.
#121125
1   2   3   4   5   6   7   8
Til ijtimoiy, doim o`zgarib,rivojlanib turuvchi hodisadir

Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
 
Har qanday tovushni talaffuz qilishda biror nutq a’zosining faolligi yetarli bo‘lmaydi. Bunda a’zolarning ma’lum izchillikdagi kompleks ishtiroki zarur bo‘ladi. Nutq a’zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya (ingl. bo`g`im ma’nosi bildiradi[4]) deyiladi. Artikulyatsiyada ikki narsa farqlanadi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a’zosining faol qatnashgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Masalan, b, p kabi tovushlarni hosil qilishda lablar, d, t kabi tovushlarni hosil qilishda esa tilning oldingi qismi qatnashadi. Demak, b, p tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t tovushlarining artikulyatsiya o‘rni esa til oldidir.
Tovush hosil qilish paytida havo oqimining ikki nutq a’zosining bir-biri bilan jipslashishi natijasida portlab chiqishi yoki a’zolarning jipslashmay, ular orasidan sirg‘alib o‘tishi artikulyatsiya usulu deb ataladi. Masalan, b, p, d, t tovushlarining artikulyatsiya usulu – portlashv, f, z, s tovushlarining artikulyatsiya usulu sirg‘alishdir.
Jorj Yul artikulyatsiya haqida gapirib yozadiki, bitta tovushni talaffuz qilayotgan paytning o`zida ikkinchi tovushni talaffuz qilish jarayoni koartikulyatsiya deb ataladi.[5]
The process of making one sound almost at the same time as the next sound is called coarticulation.
 
FONOLOGIYA
Fonologiya haqida umumiy ma’lumot

Fonologiya so`zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). “Fonologiya, - deb yozadi Jorj Yul, - aslida tildagi nutq tovushlari tizimi va modellarini tavsiflashdir”.[6]
Phonology is essentially the description of the systems and patterns of speech sounds in a language.
Bu bo`limda tovushlarning so`z va qo`shimchalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi. Fonetika va fonologiyaning o`zaro munosabatiga kelsak, ikkinchisi birinchisining yuqori bosqichidir, ya’ni fonetika nutqqa daxldor bo`lsa, fonologiya tilga taxldordir.
 
Tovush va fonema
Tovush va fonemaning o‘zaro farqi ham nutq va til o‘rtasidagi o‘zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo‘lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.
So`zlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog‘, toq. Ko‘rinyaptiki, bu so‘zlar o‘zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko‘rinishi tovush yoki fon (allofon) deb yuritiladi[7]. Masalan, bir, bilan so`zlaridagi qisqa ibiy, tiy so`zlaridagi cho`ziq iqirq, G`irot so`zlaridagi ruscha ы ga yaqin aytiladigan  fon (allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha, fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud bo`lgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil bo`ladi.[8]
  Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi (differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi (integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo‘lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchi belgilar sanalsa, jarangli-jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir.
 
   Fonemalarning turlari
Fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko`ra ikkita guruhga bo`linadi:




Yüklə 38,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin