Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: i, e, a; 2) orqa qator unlilar: u, o‘, o. Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u; 2) o‘rta (keng) unlilar: e, o‘; 3) quyi (keng) unlilar: a, o. Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o; 2) lablanmagan unlilar: i, e, a. Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.
Unli fonemalar tasnifi jadvali:
Iunlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.
2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir. 4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa. 5) e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex, U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul; 3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
2) jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi. 3) o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi. 2) q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g‘azab, xabar. 3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin, bo‘yin.
2) o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok, (kubo‘k). 3) til oldi varianti ham bor: o‘rik,kòl,chól.