Tishning tuzilishi Tish qattiq va yumshoq qismlardan tuzilgan. Tishning qattiq qismida emal’, dentin va tcement tafovut qilinsa, yumshoq qismi pul’pa va periodontdan iborat.
Emal’ (enamelum). Emal’ tishning toj qismini qoplab turadi (197-rasm). Emalning qalinligi tishning hamma srida bir xil emas. Tish bo’yining chekkasida uning qalinligi 0,01 mm, chaynov yuzasida 1,62-3,5 mm. Mineral tuzlarga boyligi va kristallar-ning joylashishi emalning qattiqligini ta’minlaydi. Qattiq-ligi jihatidan emal’ kvartc va appatit o’rtasida turadi. Emal-da mineral tuzlar miqdori 96%- Anorganik moddalarning ko’p qismini kal’tciy karbonat va kal’tciy fosfat tuzlari tashkil qiladi. Qal’tciy ftor birikmasi 4% ga yaqim. Organik moddalar 3,5% bo’lib, mukoproteid va oqsillardan tashkil topgan. Emal’ yuzasi yupqa Nasmit pardasi bilan qoplangan. Bu parda tishning bo’yin qismida milk epiteliysi bilan tutashib ketadi. Emal’ yo’g’onligi 3-5 mkm bo’lgan emal’ prizmalaridan (pristma ena-meli) tuzilgan. Emal’ prizmalari cho’ziq, 5-6 qirralik tuzil-madir. 10-20 ta prizmalar tutamlar hosil qilib yotadi.
Har bir prizmaking ustki pardasi bo’lib, u qoramtir rangga bo’yaladi va v prizmaning o’ziga nisbatan organik moddani ko’proq tutadi. Prizmalar orasida kamroq ohaklangan elimlovchi modda bo’ladi. Elektron mikroskopik kuzatishlarga qaraganda emalning organik asosi juda ingichka ipsimon to’rdan tuzilgan. Bu organik to’r prizmalarning ichi va oralig’idagi mineral tuzlar ichida yotadi. Emal’ prizmalarining yo’nalishi murakkab. Prizmalar dentin va emal’ chegarasida, avvalo, dentinga perpendikulyar joylashib, so’ng emalning o’rtalarida spiral yo’nalishga ega bo’ladi. Tish-ning bo’ylama kesimida emal’ prizmasining joylashgan ko’nda-lang va bo’ylamasiga yo’nalishini ko’rish mumkin. Emalni radial yo’nalishda kesib o’tuvchi qoramtir va och yo’llar SHreger yo’lla-ri, tishning bo’ylama kesimida ko’ringan ingichka qiyshiq chiziq-chalar esa Rettcius chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlar ohakla-nish davri bilan bog’langan bo’lib, uning kengayib ketishi, emal’ hosil bo’lishida bu jarayonning o’ta sekin borishidan dalolat beradi. Rettcius chiziqlariga chaynash vaqtida kuchlarning ta’sir yo’nalishini ko’rsatadigan tuzilma deb ham qaraladi.
Emal’ ma’lum miqdorda o’zidan suv, mochevina va ba’zi bo’yoqlarni o’tkazishi mumkin. Uning organik qismida aminokislotalar - gistidin, lizin, arginin, glitcin, tcistin va yanada nordon 1mukopolisaxaridlar, lipidlar va ishqoriy fosfatazalar mavjud.
Dentin (dentinum). Dentin tishning asosiy qismini tashkil etadi (197-rasmga q.). Dentinda 72% anorganik va 28% organik modda bor. Organik moddaning asosiy qismini krllagen tashkil qilsa, anorganik moddalarni kal’tciy fosfat va magniy fosfat tuzlari hosil qiladi. Undan tashqari, kam miqdorda bo’lsada, kal’tciy ftor birikmasi uchraydi. Ba’zi olkmlarning fikrncha, dentin ham suyak hisoblanadi, ammo u aicha o’zgargan va qattiqdir. Bundan tashqari, uning hujayralari odontoblastlar bir tomonga yig’ilib joylashadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin kanalchalaridan (tubuli dentales) tu-zilgan. Asosiy moddasi tarkibida kollagen fibrillalar va yopishqoq modda bo’ladi.
Dentinning tashqi qavatida kollagen tolalar asosan radial joylashadi va tutam bo’lib yotadi. Bular orasida qiya (tangentcial) tolalar ham bo’ladi. Tangentcial tola-lar, asosan, ichki, ya’ni pul’paga yaqin qismini hosil qiladi. Dentinning ohaklanishi notekis bo’lib, uning chetki qismlarida knterglobulyar bo’shliqlar hosil qiladi. Tishning toj qismida ular ancha yirik, ildiz qismida mayda bo’lib, donador qaaatni hosil qiladi. Interglobulyar bo’shliqlar modda almashinishi jarayonida qatnashsa kerak, degan fikr mavjud.
YUqorida aytib o’tganimizdek, dentinning asosiy moddasida dentin kanalchalari bo’lib, ularda odontoblastlarning o’simtalari yotadi. Odontoblastlarning tanasi esa pul’pada joylashadi. Dentin kanalchalari pul’padan boshlanib nurga o’xshab tarqaladi va dentinning tashqi yuzasida tugaydi. Dentin kanalchalari tish ildiz qismida yon tarmoqlar beradi, lekin bunday tarmoqlanish tish toji soha-sida kam uchraydi. Faqat dentinning emal’ bilan tutashgan yeridagina kanalchalar yana mayda shoxchalar beradi. TCement bilan chegaradosh srida ka-nalchalar ancha tar-moqlar berib, bir-biri bilan tutashib ketadi. Ba’zi kanalchalar tcement va emax.’ moddasiga kiradi va pufakcha shaklida tu gaydi. Bunday holat-ni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuzatish mumkin. Kanalchalar sistemasi dentinning oziqlanishiii ta’minlaydi.
Dentin kanalchalarining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan. Bular atro-fida mineral modda" lar ko’p bo’ladi. Tolalarning yo’nalishi bo’yicha dentinda 3 zona: 1) tashqi-emal’ va tcementga yopishib joylashgan, tishga nisbatan radial yo’nalgan tolalar - K o r f t o-lalari zonasi;
2) tangentcial ham-ia ko’ndalakg ketgan tolalar - E b n e r to-lalaridan iborat ora-liq zona.
3) tangentcnal yo’nalgan tolalardan tashkil topgan keng i ch-ki zona; tashqi va oraliq zonalar yopqich dentin deb ataladi. Dentindagi tolalar elektron mikroskopda kuzatilganda ularda ko’ndalang chiziqlar borligi aniqlangan. Har bir chiziq 64 mm ga teng bo’lib, kollagen tolaga o’xshab ketadi. Dentin va odontoblastlar orasida predentin-ohaklanmagan dentin qatlami yotadi. Dentin erimaydigan fosfat tuzlarining predentin qatlamlariga cho’kishidan o’sadi. Tuzlarning ayrim miqdori dentinga periodont va tcement orqali ham o’tishi mumkin.
197- rasm. Tishniig bo’ylama kesimi (sxema). d_toj qismi: B- fyflim; V- ildiz; 1 - emal’: a-emal’ prizmalari; 2 - Rettcchus chizyaqlari; 3 -SHreger yo’llari; 4 - dentin kanalchalar’; b - pre-dentin; 5 - odontoblastlar; 6 - tish pul’pasi; 7 - qon tomirlar; 8 - milk; 9 - tpsh boRLami; 10 - hu-jayrasiz va tcujayralp tceuent; 11 - psriodont; 12 - tish al’veolasining suyagi. 13 - tish ildizining ka-nali.
TCement (cementum). TCement tishning ildiz va bo’yin qismla-rida dentinning tashqi yuzasini qoplab turgan qattiq tuzilma-dir (197-rasmga q.) TCement dentin singari qattiq bo’lmasa-da, ximiyaviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin turadi. Uning 30 pro-tcentini organik, 70 protcentini anorganik birikmalar tashkil etadi. Gistologik jihatdan hujayrali va hujayrasiz tcement tafovut etiladi. Hujayrasiz tcement kollagen tolalar va amorf yopishqoq moddadan iborat bo’lib, tish ildizini o’rab turadi. Kollagen tolalar radial va ko’ndalang yo’nalgan bo’ladi. Radial tolalar periodont orqali tish joylashgan al’veolyar suyakka te-shib kiruvchi SHarpey tolalarini hosil qiladi. Bu kollagen tolalarning ichki uchi dentinning radial kollagen tolalari bilan tutashadi. Hujayrali tcement tish ildizining uch qismida joylashadi. TCementning bu xili tcementoblaet hujayrala-ridan va asosiy moddadan iborat. Hujayrali tcementda kol-lagen tolalar betartib joylashadi va shu sababli dag’al tolali suyakni eslatadi. Lekin suyadan qon tomirlarining bo’lmasligi bilan farqlanadi. TCement periodontda joylashgan tomirlardan diffuz yo’li bilan oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan tce-mentoblast hujayralarining o’siqlari o’rtasida anastomozlar bo’lib, ular muhim ahamiyatga ega. Pul’paning qon bilan ta’-minlanishi buzilganda (yallig’langanda, pul’pa olib tashlan-ganda, tish ildizlari plombalanganda) ushbu anostomozlar or-qali dentinning oziqlanishi ta’minlanadi.
Pul’pa (pulpa dentis ) yoki tishning yumshoq qismi tish toji bo’shlig’ida va ildiz kanalchalarida yotadi. Pul’pa qon tomirlar va nerv tolalariga boy siyrak tolali shakllanmagan birikti-ruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, unda uchta: periferik yoki tashqi, oraliq va markaziy qavatlar (zonalar) tafovut qilinadi.
Pul’paning periferik qavati bir necha qator ko’p o’siqli noksimon hujayralar - odontoblastlardan (dentino-blastlardan) tashkil topgan. Odontoblast hujayralarining uzunligi 30 mkm dan, eni esa 6 mkm dan oshmaydi. Uning tcito-plazmasi mayda donador, bazofil bo’lib, yadrosi hujayraning bazal qismida joylashgan. Bu hujayralar o’z funktciyasiga ko’ra osteoblastlarga o’xshab ket di.
Odontoblast apikal yuzasidan chiqqan o’simtalari (Tomas ip-lari) dentin kanalchalariga kirib ketadi. Bu o’simtalarga modda almashinuv protcessida dentin va emalning mineral tuzlar bilan ta’minlanishida muhim ahamiyati bor, deb qaraladi. Odonto-blastlarda tish to’qimasining ohaklanish jarayonida ishtirok etuvchi ishqoriy fosfataza, hujayra o’simtalarida esa mukopoli-saxaridlar aniqlangan. Periferik qavatda odontoblastlardan tashqari, prekollagen tolalar ham uchraydi. Bu tolalar hujay-ralar orasidan o’tib, dentinga kiradi va dentinning kollagen tolalariga qo’shilib ketadi.
O r a l i q qavat prekollagen tolalardan va mayda kambial hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bu hujayralar takomilla-shib odontoblastlarga aylanadi.
Pul’paning m a r k a z i y q a v a t i siyrak joylashgan bi-riktiruvchi to’qima hujayralari, tolalar va qon tomirlaridan iborat. Bu erda fibroblastlar, gistiotcitlar va makrofaglarni uchratish mumkin. Hujayralar orasida kollagen va argirofil tolalar bor. Pul’pada elastik tolalar uchramaydi.
Pul’pa tishning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Pul’pa-ningolib tashlanishi modda almashinishiningkeskin pasayishiga, pushtning rivojlanishi, o’sishi va regeneratciyasini buzilishga olib keladi.
Periodont. Periodont suyak al’veolasi va tish ildizi orali-g’ida joylashgan biriktiruvchi to’qimadan iborat tuzilma. Peri-odont asosan SHarpey tolalari deb nomlanuvchi va tcement hamda suyak chuqurchalariga tutashib ketgan kollagen tolalardan iborat. Bu tolalar bir qancha gruppalarni tashkil qiladi. Qollagen to-lalarning milk gruppasi periodontni milkning xususiy qavati bilan bog’laydi. Tolalarning tishlararo gruppasi bir tish tce-mentidan ikkinchi tish tcementi tomon yo’nalgan bo’ladi. SHu ikki gruppa kollagen tolalari birgalikda tishning aylana bog’lami-ni hosil qiladi.
Tish al’veolasi bilan bog’langan periodont tolalari 4 ta tu-tamni hosil qiladi: 1) suyak al’veolasidan tcementga ketgan tu-tamlar; 2) tish uzunasi bo’ylab tikka yo’nalgan tutamlar; 3) su-yakdan boshlanib tish uchi tomon yo’nalgan va tcementga botib ki-ruvchi qiyshiq tutamlar; 4) til ildizining uchidan atrof suyakka yo’nalgan cho’qqi tutamlar.
Periodont tishning bog’lovchi apparati x.isoblanib, chay-nash mobaynida bosimning bir me’yorda taqsimlanishini ta’min-laydi.
Tishning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. YUqori jag’ arteriyasining tarmoqlari uch shoxli nerv tarmoqlari bilan birgalikda tish ildizi kanali orqali tish bo’shlig’iga kiradi. Pul’pada ular o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapillyarlarga tarmoqlanib, keyinchalik venaga yig’iladi. Pul’pada oz miqdor-da limfa kapillyarlari topilgan.
Nervlar tish pul’pasida ikkita: asosan mielinli tolalardan iborat chuqur va mielinsiz tolalardan tashkil topgan yuza-roq chigallar hosil qiladi. Ba’zan pul’pa retceptorlari-ning oxirgi tarmoqlari bir vaqtning o’zida ham biriktiruvchi to’qima bilan, ham qon tomirlar bilan bog’langan bo’ladi (poli-valent retceptorlar). Odontoblastlar uch boshli nervning nozik oxirlari bilan zich o’ralgan.
Eshga qarab o’zgarishi. 12-15 yoshgacha sut tishlar asta-sekin doimiy tishlar bilan almashinadi. Birinchi bo’lib katta jag’ tishi (birinchi molyar) chiqadi, so’ngra markaziy va yon kurak (ke-suvchi) tishlar, 9-14 yoshlarda kichik jag’ tishlar (premolyar) va qoziq tishlar va 20-25 yoshdagina - oxirgi oziq tishlar yoki «aql tishlar» chiqadi. yosh ulg’ayishi bilan tishlarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi o’zgarib boradi. CHaynov yuzasidagi emal’ ‘a dentin ishqalanib yo’qolib boradi. Emal’ xiralashadi va chat-
nashi mumkin, unga tuzli gard (tish toshi) o’tirishi mumkin. Emal’, dentin va tcement tarkibida organik moddalar kamayib, anorganik moddalar miqdori oshadi. Buning natijasida emal’, dentin va tcementning suv, ionlar, fermentlar va boshqa modda-larga nisbatan o’tkazuvchanligi kamayadi. yosh o’sishi bilan dentin hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi, tish ildizida esa tcement miqdo-ri ko’payadi. YOsh ulg’ayishi bilan oziqlanishining yomonlashgani sababli tish pul’pasi atrofiyaga uchraydi. Undagi hujayralar soni kamayadi. Odontoblastlarda ko’pchilik organellalar reduk-tciyaga uchraydi va ular fentinotcitlarga aylanadi. Kollagen to-lalar dag’allashadi. 40-50 yoshdan keyin periodontning qon tomirlari sklerotik o’zgarishlarga uchraydi.