Reja; Tishli g’ildiraklarning vazifasi va texnik shartlari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə3/5
tarix18.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#127174
1   2   3   4   5
Tishli g‘ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi

Nozarat savollari. 1.Tishli g’ildiraklarning vazifasi va texnik shartlari.
2.Tishli g’ildiraklarning tishli sirtlariga ishlov berishning asosiy usullari.


Konusli tishli g’ildiraklarning tishlarini kesish
.
Adabiyotlar; 1(175-180)2(144-150)3(160-165) Tayanch iboralar; konussimon tishli ,Tishli g’ildiraklar kovak silindrni, chervyakli toza yunish, va flaneslarda teshik, , razvyortkalash va rezba ochish, nafis ishlov.
Yakka va seriyali ishlab chiqarishlarda tishkesuvsi dastgohlarning yo’qligida, to’g’ri va egri tishli ko’nusli g’ildiraklarning tishlarini bo’luvchi kallakli universal–frezalash dastgohlprida diskli modulli frezalar bilan ochiladi va aniqligi 9...10 darajali, Rz= 20...50 mkm tozalik olinadi. 7...8 darajali va Rz= 10...20 mkm tozalikli tishli g’ildiraklarni kesish uchun maxsus tishkesuvchi dastgohlar talab etiladi.
Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda konusli g’ildiraklarning to’g’ri tishlari dumalatish (obkatka) usuli–tishrandalash bilan ochiladi (5.20, 5.21–rasmlar). Tishlarni kesish vaqti 3,5...30 s.



1–rasm. Tishrandalash dastgohining 1, 2 –keskichlar .2–rasm. Tishrandalovchi keskichlarning keskichlari bilan keskich tutqichining joylashish sxemalari: a –kesishning umumiy ko’rinishi: boshida; b –kesishning oxirida

Bunda m>2,5 mm tishlar dastlab profilli diskli frezalar bilan maxsus yoki maxsuslashtirilgan dastgohlarda bo’lish uslubida ochiladi. Bu dasstgohlar bir nechta tanavorlarni o’rnatish va ularni avtomatik burish uchun maxsus qurilma bilan ta’minlangan.



3–rasm. Doiraviy sidirish usulida to’g’ritishli konusli g’ildiraklar–


ning tishlarini kesish sxemasi: a –keskichlarning yo’nalish chizig’i; b –qora
tishqirqishda tishning ko’ndalang kesimida; v –yarimtoza tishqirqishda
tishning uzunligi bo’yicha; g –toza tishqirqishda tishning uzunligi bo’yicha
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda konusli tishli g’ildiraklarning tishlarini dastlabki kesish uchun, uchta tanavorni bir vaqtda frezalash uchun avtomatik bo’luvchi, to’xtatuvchi, stolni keltiruvchi va uzoqlashtiruvchi tishkesuvchi dastgohlar qo’llaniladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda katta bo’lmagan konusli g’ildiraklarning to’g’ri tishlariga ishlov berish uchun unumdar bo’lgan usul – maxsus tishsidiruvchi dastgohlarida tishlarni doiraviy sidirish qo’llaniladi (5.22–rasm). Keskich asbab bo’lib, doiraviy sidirgich 2 xizmat qiladi. U, bir necha sektsiyalardan iborat, qora ishlov uchun 3 va toza uchun 4 keskichlarga ega.
Qora va yarimtoza o’yishda sidirgich konus boshlanishining cho’qqisidan uning asosigacha ilgarlanma harakatga ega, toza o’yishda esa – teskari yo’nalishda. Sidirgich bir marta aylanishida bitta botiqga to’la ishlav beradi.
Egrichiziqli tishli konusli g’ildiraklarning tishlarini kesish nusxa ko’chirish va dumalatish usullarida ishlovchi maxsus dastgohlarda bajariladi (5.23–rasm). Keskich asbob bo’lib kesuvchi kallaklar (1) konusli tishli g’ildirakning (2) tishlarini kesish uchun xizmat qiladi.



4–rasm. Dumalatish sxemasi: 1 –kesuvchi kallag; 2 –konusli tishli g’ildirak

Qora kesish nusxa ko’chirish usulida bajariladi. Toza kesish –dumalatish usulida.


Xozirgi vaqtda ko’nusli g’ildiraklarning tishlari muvaffaqiyatli yumalatiladi va jilvirlanadi.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin