2.4-rasm. Г286А generatori. 37.3701 generatori (2.5-rasm)o’zgaruvchi tok ishlab chiqaruvchi sinxron mashina bo’lib, to’g’rilash bloki БПВ 11-60-02 va kuchlanish regulyatori 17.3702 o’zida o’rnatilgan.
Generator statori 21 bir tekis joylashgan 36 ta ariqchaga ega.Bu ariqchalarga «qo’sh yulduz» sxemasi bo’yicha ulangan uch fazali chulg’am 22 joylashgan. Har bir faza ikkitadan parallel ulangan tarmoqqa ega. Bu tarmoqlarning har birida uzluksiz o’ralgan g’altaklar bor.
2.5-rasm. 37.3701 generatori: 1-kontakt halqalar tomondagi qopqoq; 2-to’g’rilash bloki; 3-to’g’rilash bloki ventili; 4-to’g’rilash blokini mahkamlash vinti; 5-kontakt halqa; 6-orqa sharikli podshipnik; 7-kondensator; 8-rotor vali; 9-generatorning «30» chiqarishi; 10-generatorning «61» chiqarishi; 11-kuchlanish regulyatorining «В» chiqarishi; 12-kuchlanish regulyatori; 13-cho’tka; 14-generatorni tortish plankasiga mahkamlash shpilkasi; 15-ventilyatorli shkiv; 16 va 23-rotorning qutb uchliklari;17-distansion vtulka; 18-oldingi sharikli podshipnik; 19-yuritma tomondagi qopqoq; 20-rotor chulg’ami; 21-stator; 22-stator chulg’ami; 24-bufer vtulkasi; 25-vtulka; 26-siquvchi vtulka. Кonstruktiv jihatdan rotorda farq yo’q.
Qopqoq 1ga montaj qilingan to’g’rilash bloki 2 boshqalardan o’ziga o’rnatilgan uchta to’g’ri o’tkazuvchan diodi bilan farqlanadi (2.18-rasmdagi sxema). Generator bu diodlar orqali uyg’otish chulg’amini ta’minlab turadi. Qo’shimcha diodlarda to’g’rilangan kuchlanish sxemada chiqarish «61» deb belgilangan shteker chiqarishi 11 ga uzatiladi. Undan keyin sxemada В raqami markalangan kuchlanish regulyatorining shteker chiqarishi 11 ga o’tkazgich orqali yuboriladi. Regulyatorning В chiqarishi kontakt orqali cho’tkalar 13 dan biri bilan ham ulangan. Rasmda ko’rsatilmagan regulyatorning chiqarishi Ш boshqa cho’tka bilan kontaktda bo’ladi. Кuchlanish regulyatori yana chiqarish B ga ham ega. Bu chiqarish sxemalarda «30» bilan belgilangan, generatorning musbat chiqarishi 9 ga o’tkazgich vositasida ulangan.
Generatorda sig’imi 2,2 mkF bo’lgan kondensator 7 o’rnatilgan. U generator korpusi va musbat chiqarish orasiga ulangan. Кondensator yondirish tizimidagi kuchlanish impulslaridan avtomobil elektron uskunalarini himoya qiladi va radio to’lqinlarga qarshilikni so’ndiradi.