f=n/30, bundan X=2nL/30 ; Olingan natija rotor aylanishlar chastotasi ortishi bilan induktiv qarshilikning to’g’ri chiziqli oshishini ko’rsatadi. Bu generatorning nominal kuchlanishi saqlangan holda, butun zanjirning qarshiligini ko’payishiga olib keladi. Zanjir qarshiligining oshishi esa rotor aylanishlar chastotasi ortganda generator tokining oshishiga to’sqinlik qiladi.
Generatorlar tok tezlikli xarakteristikasining asosiy nuqtalari: n0-aylanishlar chastotasirotorning yuklanishsiz boshlang’ich aylanishlar chastotasi; nn-aylanishlar chastotasirotorning In yuklanishli boshlang’ich aylanishlar chastotasi; generatorning Imax yuklanishdagi aylanishlar chastotasi 5000 ayl./min.
Boshlang’ich aylanishlar chastotasi muayyan generatorlar uchun texnik shartlar bilan me’yorlashtirilgan. U generatorning ikki─sovuq va issiq holati uchun (2.1-jadval) beriladi. Sovuq holatdagi generator harorati 15-350 C oralig’ida bo’lishi kerak. Generatorning nominal quvvatda ishlay oladigan harorati issiq holatga to’g’ri keladi.
2.1-jadval. Avtomobillarda ishlatiladigan o’zgaruvchi tok generatorlarining texnik ko’rsatkichlari.