- Bir yillik o`tli o`simlik -
- 2 yillik o`tli o`simlik -
- Ko`p yillik o`tli o`simlik -
- Daraxt va butalar -
- To`g`ri gul aktinomorf -
- Qiyshiq gul zigomorf -
- Bir jinsli otalik gul Mars -
- Bir jinsli onalik gul-Venera -
- 2 jinsli gul -
K yoki Sa-kosacha bargi-chashechka
S yoki So-toj bargi-venchik
A-otaligi-Tыchinka
U-onaligi-Pestik
Kosacha, tojbarg, otalik va onaliklarning soni raqam bilan ko`rsatiladi. Agar ular birlashib ketgan bo`lsa, raqam qavs ichiga olib qo`yiladi. Ularning soni 10 tadan 12 tagacha bo`lsa, raqam ko`rsatiladi. Unda ko`p bo`lsa, cheksiz alomati qo`yiladi. Onalik tuguni yuqorida joylashgan bo`lsa onalik sonining pastiga chizib qo`yiladi. Agar onalik tuguni pastga joylashgan bo`lsa, onalik sonining yuqorisiga chiziq qo`yiladi.
Gul qo`rg`oni oddiy bo`lsa deb R xarfi qo`yiladi.
+ Sa4 So4 A44+2 U(2) -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom
+ Sa(5) So5 A U (3-5) g`o`za gulining formulasi.
+ Sa5 So5 A U -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon.
To`p gullar-sotsvetiye. Ko`pchilik o`simliklarning guli bir nechta bo`lib gul to`plamlarini tashkil etadi. To`p gullarning shakllari bir necha xil bo`ladi:
1. Shingil- kist. Shingilga o`xshash gul to`plarida gulning o`qida pastdan yuqoriga qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan bir oz uzunroq bo`ladi. Mas, butsimon gullilar oilasi: jag`-jag`, supurgi o`t, gorchitsa.
2. Qalqonsimon to`p gul - shitok. Qalqonsimon to`pgullar bir satxga joylashgan bo`ladi. Chunki ularning gul o`qidagi pastki gullari uzun bandli, yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo`ladi. Xulosa qilib aytganda gul o`qidan o`sib chiqqan gullar bitta satxni egallaydi: olma, do`lana, nok.
3. Oddiy boshoq-prostoy kolos. Oddiy boshoq shingilga o`xshash to`pgul. Lekin uning gullari gul o`qida bandsiz joylashgan bo`ladi, mas. zupturum, qiyoq o`t.
4. Murakkab boshoq-slojnыy kolos. Bunda gullarning asosiy o`qi tarmoqlanib ketadi. Asosiy o`qining tarmog`ida ayrim boshoqlar joylashgan bo`ladi. Mas. bug`doy, arpa, suli.
5. Oddiy soyabon-prostoy zontik. Oddiy soyabonda gul o`qining yuqori tomonidan barobar bandli gullar o`sib chiqib, 1 ta satxni egallaydi. Mas. olcha, piyoz, chesnok.
6. Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o`qidan qo`shimcha gul o`qchalar o`sib chiqadi. Bu gul o`qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. Mas. sabzi, uk-rop, kashnich.
7. Supurgi boshoq-metyolka. Bu tarmoqlanib ketgan shingildan iborat. Mas: uzum, siren, sholi, tariq, makkajo`xorining otalik guli.
8. So`ta-pochatok. Sutada gul o`q yo`g`on bo`lib, yaxshi taraqqiy etgan, gullar esa gul o`qiga bandsiz joylashgan. Sutani qoplag`ich barglari o`rab olgan.
9. Boshcha-golovka. Boshchada gul o`qining uchi kengaygan bo`lib, bandsiz, gullari zich joylashgan bo`la-di. Mas. yovvoyi beda-klever
10. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to`plangan bo`ladi. Ularda gullarning uchi tarelka yoki plastinka o`xshab o`sgan bo`ladi. Gullar shu gulning o`qiga bandsiz o`rnashgan. Mas. murakkabgullilar oilasi-qoqi o`t, romashka.
11. Kuchala-serejka. Kuchalada gul o`qi ingichka bo`ladi. Gullar gul o`qiga bandi bilan joylashgan bo`lib, pastga qarab osilgan bo`ladi. Mas. yong`oq, tol.