Vijdon erkinligining xalqaro me'yoriy - huquqiy asoslari.
REJA:
1. Vijdon erkinligi tushunchasi.
2. Mustaqillik va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlanishi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan.

Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi»tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi printsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».