Reja: Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif



Yüklə 103,99 Kb.
tarix14.12.2022
ölçüsü103,99 Kb.
#121017
referat


Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar

REJA:


1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif.

2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari.



3. Qishloq xo'jaligidagi islohotlarning yangi bosqichi belgilanishi

Xalq xo’jaligi, uning umumiy Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishgamuvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi. Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda.Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir.Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi.Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchi qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat beradi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 sentabr kuni qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to'kin, xalqimiz rizqi mo'l-ko'l bo'lishidan tortib eksportdan qo'shimcha daromad topishgacha bo'lgan juda ko'p masalalar shu soha bilan bog'liq.

Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etildi.Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlandi.


Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar – islohotlarning birinchi bosqichi.Prezidentimiz faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o'ylab, uzoqni ko'zlab islohotlarni yangi bosqichga ko'tarish vazifasini qo'ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotimizning asosiy o'sish nuqtasi, "drayveri" bo'ladi. Ming-minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.Yig'ilishda mazkur strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muhim vazifalar belgilab berildi.Bunda, avvalo, qishloq xo'jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, "Yergeodezkadastr" qo'mitasiga 2021 yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo'yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois Prezidentimiz qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo'lgan huquqning kafolatlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida yo'qotiladi.
Jahon suv resurslari instituti tahminlariga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv o'ta tanqis bo'lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin.Shu bois davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish zarurligini ta'kidladi. Ushbu yo'nalishlar ishlab chiqilayotgan strategiyada o'z aksini topishi kerakligi aytildi.

Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinar ekan, budjet mablag'larining asosiy qismini yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ilm-fanni rivojlantirishga sarflash lozimligi ko'rsatib o'tildi.Sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi.Masalan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming dollarlik, Misrda 8 ming dollarlik, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot yetishtiriladi. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich 300 dollardan oshmayapti. Doim bir xil standartdagi tovar yetkazib berish yo'lga qo'yilmagani sababli mahsulotlarimiz tashqi bozorda raqobatlasha olmayapti.

Yig'ilishda mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Bu borada tomorqa xo'jaliklari ham katta rezerv ekani, "bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi.Xizmat ko'rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat yo'qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati yo'q.Shuning uchun mineral o'g'itlarni yetkazib berish, o'simliklarni himoya qilish, texnika va boshqa xizmatlar sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat turlarini ko'paytirish, xususiy korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi.

Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020 yil yakuniga qadar to'liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to'liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi.Mutasaddilarga ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo'lgan jarayonlarni to'liq raqamlashtirish tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.Yuqoridagi vazifalar bajarilishini samarali tashkil etish uchun eng avvalo malakali kadrlar kerak. Xalqaro tajriba asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlarida o'qitishning yangi metodikasini tatbiq etish, professor-o'qituvchilar ishtirokida sayyor o'quv darslari hamda seminarlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.Ilmiy-tadqiqot institutlarida ertapishar mahsulot turlari va hududlar iqlimiga mos chorva zotlarini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha ham ko'rsatmalar berildi. Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xo'jaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, eksportni ko'paytirish, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  • "Mustaqil Ózbekiston tarixining dastlabki sahifari"Tosh.2000-yil.

  • Mirziyoyev SH M "Milliy taraqqiyot yólimizni qat'iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga kótaramiz"Tosh.Ózbekiston nashriyoti 2017-yil

  • Sobirov A"Mustaqil Ózbekiston tarixi "Toshkent 2013-yil

  • Ziyo.uz.com sayti

Yüklə 103,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin