Releli himoya o’rnatmalarini hisoblash


Seksiyalash posti fiderining himoya to’plami



Yüklə 35,71 Kb.
səhifə3/8
tarix11.11.2023
ölçüsü35,71 Kb.
#131794
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Seksiyalash posti fiderining himoya to’plami
Ushbu himoya to’plamining struktura sxemasi 4-rasmda keltirilgan va undan ko`rinib turibdiki, himoya ikki pog`onali hisoblanadi.

Himoyaning birinchi pog`onasi – yo’naltirilgan distansion himoya bo`lib, qisqa tutashuv vaqtida “seksiyalash posti – nimstansiya” zonasining 80-85% qismini (teleblokirovka bo`lsa 50% qismini) kutish vaqtisiz o’chiradi. Bu pog`ona aylana tavsifli to`la qarshilik datchigi ДС1va burchakning 4595diapazonida ishlab ketishni ta`minlovchi ФТН faza organini o`z ichiga oladi. Birinchi pog`onaning tafsifi markazi qarshiliklar kompleks tekisligi koordinatasining boshida joylashgan sektor ko`rinishida bo`ladi.


Himoyaning birinchi pog`onasi seksiyalash postining yaqinida qisqa tutashuv bo`lganda “ta`sirsiz zona”ga ega. Bu holda uning shinalaridagi kuchlanish sezilarli pasayadi vaДС1 datchikning ishlab ketishi uchun yetarli bo`lmay qoladi.

3-rasm. Seksiyalash posti fiderining elektron himoya to’plamining struktura sxemasi


Shuning uchun, himoyaning birinchi pog`onasi tezlashgan tokli uzishni (TTU) o`z ichiga oladi. U “ta’sirsiz zona” chegarasida qisqa tutashuv sodir bo`lganda asosiy himoya hisoblanadi. Tezlashgan tokli uzishning tavsifi – markazi qarshiliklar kompleksi tekisligi koordinatasining boshida joylashgan aylana hisoblanadi.

Himoyaning ikkinchi pog`onasi yo’naltirilmagan distansion himoya ДC2 hisoblanadi. Bu pog`ona himoyaning birinchi pog`onasi ishlamaydigan zonadagi qisqa tutashuvni 0,4-0,5 sekund kutish vaqti bilan uzadi hamda birinchi pog`ona ishlaydigan zonada uni zaxiralaydi.

Shunday qilib, himoyaning ikkinchi pog`onasi ДC2 seksiyalsh posti va nimstansiya orasidagi uchastkani to`laligicha himoyalaydi, shu bilan birga birinchi pog`onaning oxiri va qo`shni nimstansiya shinalari orasidagi uchastkalar uchun asosiy himoya hisoblanadi.
Ikkinchi pog`onaning tavsifi markazi qarshiliklar kompleks tekisligi koordinatalar o’qining boshi bilan mos keluvchi aylana ko`rinishiga ega.
Seksiyalash posti shinalarida kuchlanish pasayganda yo’naltirilmagan distansion himoya ДC2 avtomatik ravishda kutish vaqtisiz tokli uzish rejimiga o`tadi hamda birinchi pog`ona ДC1 ning “ta`sirsiz zona”sini zaxiralaydi.
Seksiyalash posti fideri elektron himoyasining umumiy tavsifi birinchi va ikkinchi pog`onalarning tavsiflarini ustma-ustlash yo`li bilan olinadi hamda kombinatsyalangan hisoblanadi.
Seksiyalash posti fideri elektron himoyasining ishlashi quyidagi ifoda bilan yozilishi mumkin:
Y=((ДС1 Λ ФТН) VУТО) V ((ДС2D1) V ДС2 ( U↓)). (2)
ya’ni ДС1 va ФТН yokiУТО ishlab ketganda, yoki ДС2t1 kutish vaqti bilan yoki kuchlanish pasayishi ( U↓) natijasida ДС2 ning tokli uzish rejimiga o’tganda kutish vaqtisiz ishlaganda uzgichni o’chirishga chiqish signali Y paydo bo’ladi.
Tortuvchi nimstansiya va seksiyalash posti elektron himoyasi to’plamlarining asosiy texnik ma’lumotlari:
Qarshilik bo’yicha o’rnatmalar diapazoni:
Yo’naltirilmagan distansion himoya 5 - 58 Om;
Yo’naltirilgan distansion himoya 6,8 - 63 Om;
Yo’naltirilgan himoyalarning faza siljish
burchagi bo’yicha ishlab ketish diapazoni: dan gacha;
Tok bo`yicha o’rnatmalar diapazoni:
Birinchi pog`onaning distansion himoyalari 1,7 - 20 A;
Ikkinchi pog`onaning distansion himoyalari 1,6 - 15 A;
Tezlashgan tokli uzish 1,8 - 25 A.
Shunday qilib, kurs ishining hisobiy qismi tortuvchi nimstansiya va seksiyalash posti fiderlari elektron himoyasining ikkala pog’onalari o’rnatmalarini aniqlashdan iborat.



Yüklə 35,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin