Renaissance University Guruh: 3 Talaba: Abdumannonov Nuriddin


Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo'nalish»



Yüklə 107,79 Kb.
səhifə3/3
tarix11.11.2023
ölçüsü107,79 Kb.
#132303
1   2   3
Germaniyadagi tarixiy maktablar

Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo'nalish»
`
XIX-asrning ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan avvalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an'analarni davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o'ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab etakchi o'rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning etakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Verner Zombart (1863-1941), Maks Veber (1864-1921) o'zlarining ijtimoiy yo'nalishlari bilan «Yangi tarixiy maktab» ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar edilar.
G.Shmoller Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o'zining «Xalq xo'jaligi to'g'risidagi umumiy ma'lumot asoslari» (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turini: xususiy xo'jalik, davlat xo'jaligi va diniy xo'jalikni alohida ajratib ko'rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb hisoblagan.
G. Shmoller belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, etakchilik rolini ko'rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo'jaligi tarixi faniga aylantirishga urindi. U faktlarni va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo'jaligidagi hodisalarni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi.
G.Shmoller umuman xalq xo'jaligi o'zgarishsiz qolaveradi. degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo'g'inlarida juz'iy o'zgarishlar bo'lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqotlarning qat'iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo'yilgan empirizm (nazariy mashg'ulotlardan ko'ra amaliy faoliyatga ko'proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi.
E’TIBORINGIZ UCHUB RAHMAT
Yüklə 107,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin