Yengil yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz hamda cho`g`lanuvchi moddalarni o`chirishda ishlatiladi.
Ko`chma o`t o`chirish asboblari ishlatilishida bir oz noqulay. Ularni ishga tushirish uchun ko`pik generatorini, ko`pik chiqaruvchi klapanni yechib olish, ko`pik hosil qilish uchun shlangni chuvatib yechib olish, ballondagi qo`rg`oshin tamg`ani uzib tashlash va dastlabki mil bo`yicha oxirigacha qayirish ishlarini bajarish kerak.
Bulardan farqli ravishda, muqim o`t o`chirish vositalari yong`inni o`chirishga doimo tayyor holda boladi. Bu ularning katta afzalliklaridan biridir. Hozirgi paytda karbonat kislotali OCУ – 5, OCУ – 5П, havo – ko`pikli OBПУ – 250, xladonli OC – 8M, OC – 8MД, OФ – 40, kukunli OII – 250 muqim o`t o`chirish uskunalari ishlab chiqarilmoqda. Muqim o`t o`chirish uskunalari qo`lda va avtomatik ravishda yong`in haqida xabar beruvchi asboblar yordamida ham ishga tushirib yuborilishi mumkin. Muqim o`t o`chirish uskunasining sxemasi 12.7 – rasmda ko`rsatilgan.
Yong`indan himoya qilinishi zarur bo`lgan xona (1) shiftiga avtomatik ravishda o`t o`chirish uskunasining quvurlari (2), ularga o`rnatilgan o`t o`chiruvchi kallaklari (3) va yong`in haqida xabar beruvchi vosita (4) bilan xabar beruvchi tarmoq (5) ulangan.
Dostları ilə paylaş: |