Respublika bo‘yicha yong‘inlar sodir bo‘lishi va ularda ko‘riladigan zararlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar tahlili Reja


Paxta tolasi yonganda suv bilan o`chirish samara bermaydi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə4/20
tarix07.02.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#114272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
YONG\'IN

Paxta tolasi yonganda suv bilan o`chirish samara bermaydi. Yonayotgan paxta toylarini suv to`la hovuzga tashlab, bir haftadan so`ng olingach ham tutay boshlagan hollari kuzatilgan. Buning sababi suvning sirt tarangligi kichik bo`lishiga qaramay juda kichik tirqishlarga, masalan, paxta tolasi, paxta changi yuzalaridagi tirqishlarga kira olmaydi. Ularning atrofi suv bilan qoplangan bo`lishiga qaramay, tolaning ichki qismi cho`g`lanishda davom etaveradi. Shuning uchun paxta yonganda uni o`chirish uchun sirt tarangligini kamaytirish maqsadida ho`llovchi moddalar qo`shiladi. Bu tadbir suv sarfini 2—2,5 marta va o`t o`chirish vaqtini 20—30 %ga kamaytiradi. Keng tarqalgan On-1 ho`llovchi moddasidan suvga og`irligiga ko`ra 3,5—4 miqdor yoki «nekal» HB ho`llovchisi 0,7—0,8 miqdor qo`shiladi.

So`nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o`chirishda ishlatilmoqda. Yong`in bo`layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar holida sepiladi. Bu mayda (0,1—0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda bug`lanadi va bug` yonayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o`tkazmaydi. Shuningdek, suv oxirgi paytlarda o`t o`chirishda keng qo`llanilayotgan havo-mexanik ko`pik hosil qilishda ham ishlatiladi.

O`t o`chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning elеktr tokini o`tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo`lgan uskunalarni o`chirish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv bilan kalsiy karbidini ham o`chirib boimaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz — atsetilen ajralib chiqadi.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin