Havo – ko`pikli o`t o`chirish asboblari ishqorli elementlar va elеktr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o`chirishda ishlatiladi. 12.5 – rasmda OBП – 10 havo – ko`pikli o`t o`chirish asbobining sxemasi tasvirlangan. Bu asbob yong`in yuzalarini 60 karrali ko`pik bilan ta`minlashi mumkin. O`t o`chirish asbobining qobig`ida ko`pik hosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan. Bu asbobni ishga tushirish uchun dastak qattiq bosiladi, shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig`i ichida bosim hosil qiladi. Natijada, ko`pik hosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon og`izga chiqib, havo bilan aralashib ko`pik hosil qiladi.