Xladonli va aerozolli o`t o`chirish asboblariga karbonat kislotali – brom–etilli o`t o`chirish asboblari kiradi. Ularning zaryadi sifatida galloidlangan uglevodorodli birikmalar ishlatiladi (bromli etilen, bromli etil, tetraftordibrometan va boshq.). Bu asboblar transport vositalari va kuchlanishi 380 V. gacha bo`lgan elеktr uskunalaridan chiqqan yong`inlarni o`chirishda ishlatiladi.
Kukunli o`t o`chirish asboblarida o`chiruvchi modda sifatida kukunli tarkiblar ishlatiladi. Hozirgi paytda ОП – 1, ОП – 2, ОП – 2Б, ОП – 8 Бl va boshqa kukunli o`t o`chirish asboblari ishlab chiqarilmoqda.
ОП – l asbobidan tashqari barcha kukunli o`t o`chirish asboblarida kukun qisilgan havo yoki gaz (azot) yordamida purkaladi. Bu turdagi o`t o`chirish asboblari ishqoriy metallar, yengil yonuvchi suyuqliklar, kuchlanish ostidagi elеktr uskunalari yonganda o`chirish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |