Sprinkler uskunalari avtomatik o`t o`chirish vositalariga mansub bo`lib, unda xonaning shipiga suv yoki ko`pik harakatlanadigan quvurlar o`rnatiladi. Ularga ma`lum masofalarda shtutserlar yordamida sprinkler kallaklari o`rnatilgan. Har bir sprinkler kallagi 12 m2 yerga mo`ljallanadi. Oddiy holatda kallaklarning suv yollari qopqoq bilan berk holda turadi. Qopqoqni yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf ushlab turadi.
Sprinkler kallaklari shtutser yordamida shipdan o`tgan suv quvurlariga burab kirgiziladi (12.8 – rasm). Shtutserning teshigiga zanglamasligi uchun bronza halqa burab kiritilgan. halqa bilan shtutser orasiga o`rtasi teshik metall diafragma o`rnatilgan. Diafragmaning bu teshigi shisha sharcha (qopqoq) bilan berkitilgan. U esa uchta o`zaro yengil eruvchan metall bilan kavsharlab qo`yilgan mis plastinkalari yordamida ushlab turiladi.
Yong`in chiqqanda, havo qizib sprinkler kallagiga yetib boradi va yengil eruvchan kavsharlagichga ta`sir qilib qulfni buzib yuboradi. Bosim ostidagi suvning qopqoqqa ta`siri natijasida u diafragmadan tushib ketadi va suvga yo`l ochiladi. Teshikdan urilib tushayotgan suv tarqatkichga urilib, 9 – 12 m2 ga yoyilib tushadi. Sprinkler qulflari 72, 93, 141, 182 °C da erib ketishga mo`ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |