Karbonat angidrid gazini yong`in chiqqan zonaga yo`naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong`in o`chiriladi. Bu gaz yonmaydi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 %gacha tushirishga erishilsa, yonish susayadi. Karbonat angidrid gazi yong`in o`chog`iga gaz holatida yoki suyultirilgan karbonat angidridli o`t o`chirgich holatida berilishi mumkin. Suyultirilgan karbonat angidridli o`t o`chirgichda u havo bilan reaksiyaga kirishib -70 °C haroratli qorsimon modda hosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovitadi.