O`t o`chiruvchi asboblar
O`t o`chiruvchi asboblar dastlabki o`t o`chirish vositasi bo`lib, yong`inning boshlang`ich davrida, uning kuchayib, tarqalib ketmasligi uchun ishlatiladi. GOST 12.2.047 – 80 «O`t o`chirish texnikasi. Atama va qoidalar» da o`t o`chiruvchi moddaning turiga qarab quyidagi xillarga bo`linadi:
1. Suyuqlik vositasidagi (faol yuzali moddalar qo`shilgan suv yoki turli kimyoviy birikmalarning suvdagi eritmalari); karbonat kislotali (suyultirilgan karbonat dioksidi); kimyoviy – ko`pikli (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi); havo – ko`pikli (ko`pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi); xladonli, (galloidlangan uglevodorod asosidagi kukunli moddalar — bromli etil, xladon va boshq.); kukunli (karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar); aralashma holidagi (kukunlar va ko`pik hosil qiluvchilar).
Dostları ilə paylaş: |