Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlantirish bo’yicha hukumat siyosati



Yüklə 1,35 Mb.
tarix06.04.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124868
1 Mavzu


1-Mavzu: Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlantirish bo’yicha hukumat siyosati. Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari fanining maqsadi, vazifalari, tuzilishi, predmeti va bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati.
Reja:

  1. Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlantirish bo’yicha hukumat siyosati.

  2. Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari fanining maqsadi, vazifalari, tuzilishi, predmeti va bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati.



1. Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Har yili 280 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. O‘zbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasida 26-o‘rinni egallagan va shuning uchun MDH makonida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya avtosanoatidan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda. O‘zbekiston 1998-yildan buyon Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining a’zosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy o‘zbek korxonalari soni 300 dan oshiqni tashkil etadi (jumladan, 26 tarmoq, 280 ta xususiy korxona). Avtomobil klasteri asosan vodiyda joylashgan. Samarqand viloyati yuk avtomobillari, avtobuslar, Jizzax viloyati esa yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Tarmoq korxonalarida 200 000 dan oshiq odam ishlaydi va mehnat qiladi.
O‘zavtosanoat tufayli uning faoliyatiga bog‘liq sanoat va klasterlar rivojlanmoqda bu banklar, fan, madaniyat, yo‘llar, kimyoviy va og‘ir, rezina texnika sanoati, ixtisoslashgan kadrlarga talab oshmoqda, universitet muhitida avtomobilsozlik yo‘nalishi rivojlanmoqda. Avtomobil yig‘ish zavodlarining ochilishi tufayli xorijda mamlakat imiji yuqori baholangan va eksport bozoridagi kuchli raqobat muhitidan kelib chiqib, bizning avtomobillar va ehtiyot qismlar o‘z segmentida muvaffaqiyatli sotilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etilishi va unga avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi yo’lga qo’yildi.
2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

  • yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

  • yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

  • yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

  • avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

  • korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

  • aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish orqali investorlarni jalb etish. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.07.2019 yildagi PQ-4397-son)

2016-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoati sohasida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o‘sib, 280 mingtaga yetkazildi; avtomobillar xarid qilinishida uzundan uzun navbatda turishlar yo‘qotildi; raqobatni kuchaytirish maqsadida mamlakatimizga eng yirik jahon brendlaridan Germaniyaning Folksvagen avtomobillari Jizzax viloyatida ishlab chiqarila boshlandi.



2016-2020 yillarda “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarining eksporti 639,5 mln dollarni tashkil qildi. Statistik tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda 55,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu qiymatni 208,9 mln dollargacha ko‘tarishga erishildi va bunda o‘sish 4,1 barobarni tashkil qildi.

Yurtimizning avtosanoat sohasida amalga oshirgan tashqi import qiymatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2020 yil mobaynida jami 1 838,3 mln dollarlik avtotransport vositalari import qilindi, bu esa o‘z navbatida 2016 yilga nisbatan import hajmi 2,1 barobarga oshganini ko‘rsatib bersa, 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamayishga erishilganini tasdiqlaydi.


Avtomobilsozlik sanoatida raqobatbardosh sharoitlarni yaratish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish sohasida olib borilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, o‘tgan besh yil ichida avtosanoat sohasida bir qator yuqori qiymatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirildi.




(Center for Economic Research and Reforms- Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi)

2023 yilda sotuvga chiqarilishi kutilayotgan CHEVROLET ONIX 2012 yildan Braziliyada ishlab chiqarilishi boshlangan. Kuzov turi sedan va xechtbek bo’lgan bu avtomobilning og’irligi 1004 kg, to’la yuklangan og’irligi 1457 kg, dvigatel hajmi 1.0 -1.2 va yoqilg’i baki sig’imi 54 lirni tashkil etadi.


2. Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari fanining maqsadi, vazifalari, tuzilishi, predmeti va bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati. Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish uchun turli zavod va korxonalarda ishlab chiqariladigan standart va nostandart jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar qo’llanish joyi, bajariladigan ishining turi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi, mehnat va energiya talab qilish holati hamda boshqa bir nechta ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Etiboringizga tavsiya qilinayotgan fan nazariy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish , zamonaviy texnik va texnologik jihozlar, ularning tavsiflari haqida ma’lumot berish vazifasi qo’yilgan.


Bu fanning maqsadi avtoservis korxonalarida ishlatiladigan texnologik jihozlarning tasnifi, vazifasi, asosiy guruhlari, ularni ishlatish, saqlash, mehnat unumdorligi hamda ularni ta’mirlash va loyhalashni o’rgatishdan iboratdir.
Fan O‘zbekistonda qabul qilingan avtomobil transportining texnik holatini belgilovchi standart va me’yorlarga asoslangan. Unda “Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari” fanini o‘qitishda sobiq Toshkent avtomobil – yo’llar va Toshkent texnika institutida o‘qitishda, ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko‘p yillik tajribadan foydalanilgan. fanda bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transportining rivojlanishi va undan texnik foydalanish masalalari, hamda vatanimiz va chet ellar tajribasi e'tiborga olingan. Shuning uchun fanda nafaqat jihozlar mazmuni, balki unga bo‘lgan talabni shakllantirish mexanizmi, uning avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va servisini holati va rivojlanishi bilan aloqasi ko‘rilgan. Fanning predmeti avtomobil va servis xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologik jihozlari hisoblanadi. Fanda maruza, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari hamda kurs loyhalari mavjud.
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi” “Transport vositalari muhandisligi”, “Avtomobil xo’jaligi”, “Yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatasiyasi (avtomobil transporti bo‘yicha)” yo‘nalishlarining asosiy fani “Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari” bo‘lib, u avtomobil transporti sohasining boshqa yo‘nalish bakalavrlarini o‘qitishda ham qo’llaniladi.
Nazorat savollari:

  1. O‘zbekistonning Xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar tashkilotiga a’zosi bo’lishi haqida nimalar bilasiz?

  2. 2019 – 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini tushuntiring?

  3. O’zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishi haqida fikringizni bayon eting.

  4. Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari fanining maqsadi, vazifalari va tuzilishini keltiring?

  5. Fanning predmeti va bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin