6. RESPUBLIKADA MAKTABGACHA TA\'LIMGA DOIR ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING MAZMUNI, MOHIYATI
2. О‘qitish metodlarining tasnifi. Pedagogikada о‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondoshish mavjud emas. Hozirgi didaktikada о‘qitish metodlarini bilimlar manbai bо‘yicha (S.O.Lordkipanidze, YE.Y.Golant), didaktik maqsadlar bо‘yicha (B.P.Yesip), bilish faoliyatining saviyasi bо‘icha (I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, M.I.Maxmutov) farqlash eng kо‘p tarqalgan.
Metodlarning binar sxemalari, ularni uch о‘lchovli, va hatto setraerdik farqlash ham uchraydi. Ana shu tasniflarning har birida afzalliklar va kamchiliklar mavjud bо‘lib, ular adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan.
О‘qitish metodlarini bilish manbalari bо‘yicha tasniflash ancha oddiy bо‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bо‘yicha metodlar quyidagi uch guruhga bо‘linadi:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni sо‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Kо‘rsatmali metodlar rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar.
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma’lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi о‘zaro chambarchas bog‘liq bо‘lib, ularni doim ham aniq chegaralab bо‘lmaydi.
Har bir о‘qitish metodining о‘z vazifasi bor. Adabiyotlarda о‘qitish metodlarining rag‘batlantiruvchi (motivlashgan), ta’limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi umumpedagogik vazifalari ifodalangan.
О‘qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni tanlashda aynan shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini hisobga olib, shu asosda, masalan, rag‘batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini kuchaytiruvchi murabbiydir.
Tasniflash ta’limning nazariy asoslarini kо‘rishda yordam beradi, pedagogik fikrni chuqurlashtiradi va shunga kо‘ra ijod uchun asos bо‘ladi. О‘qitish metodlarini tasniflash о‘qituvchilar faoliyati о‘rtasida taqsimlanadi. Birinchi guruhga о‘qitish usullari va ikkinchi guruhga esa о‘qish usullari kiradi. Quyida о‘qitish metodlarining taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarni kо‘rib chiqamiz.
Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Ibn Sino, Burxoniddin Zarkujiylarning metodlari tasniflarida asosan mantiqiy bilish faoliyatini kuchaytirish nazarda tutilgan bо‘lib, ular kо‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash, kо‘rsatmalilik – tajriba, amaliy, nazariya bilan amaliyotni о‘zaro bog‘lash, izlanish metodlaridan iboratdir.
I.Y.Lerner va M.N.Skatkin о‘qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:
- tushuntirish – rasmlar metodi;
- reproduktiv metod;
- muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish metodi;
- tadqiqot metodi.
M.A.Danilov va B.P.Yesipovning tasnifi ma’lum turdagi darslarda qо‘yiladigan vazifalarga bog‘liqdir.
1. Bilimlarni bayon qilishda: hioya – tushuntirish, ma’ruza, suhbatlar, kо‘rsatmali qо‘llanmalarni namoyish etish.
2. О‘quvchilarda kо‘nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shaklllantirish va amaliy ishlar.
3. Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish – joriy kuzatishlar, og‘zaki sо‘rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.
S.I.Perovskiy va YE.Y.Goland tasnifi: faol va passiv metodlarga bо‘lish:
- agar о‘quvchilar mustaqil ishlasa, faol metodlar (laboratoriya metodi, kitob bilan ishlash);
- agar о‘quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar (hikoya, ma’ruza, tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya). Bunday tasniflar ma’qul emas, chunki u о‘quvchilarning ongliligi va faolligi prinsipini buzadi.
Y.K.Babanskiyning tasnifi. Metodlarni uchta katta guruhga bо‘lish:
- о‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- ularni rag‘batlantirish va motivlashtirish;
- nazorat va о‘zini о‘zi nazorat qilish metodlari (ikkinchi guruhda ishning qator yangi metodlari va usullari mavjud). Muallif quyidagilarni tavsiya etadi:
- bilishga doir о‘yinlar, о‘quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish, rag‘batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.
T.A.Ilina olimlarning tasniflarini umumlashtirib, Y.K.Babanskiyning tasnifini ma’qullagan va tasniflashning quyidagi tartibini tavsiya etgan:
- yangi bilimlarni (о‘qituvchining suzlariga tayangan holda berish uchun foydalanilgan tushuntirish, hikoya, maktab ma’ruza metodlari);
- yangi bilimlar о‘zlashtirilish, mustahkam malakalar shakllanishi uchun foydalaniladigan metodlar: suhbat, ekskursiya, eksperiment va laboratoriya ishi, darslik va kitob bilan ishlash, о‘yinlar, mashqlar;
- darsning har bir bosqichida foydalansa bо‘ladigan texnik vositalar bilan ishlash metodlari;
- mustaqil ish.
S.P.Baranov о‘z tasnifini guruhlar bо‘yicha taqsimlaydi. Birinchi guruhga о‘qitishning о‘kituvchi eng asosiy rol о‘naydigan hikoya, suhbat, tasniflash, tushuntirish va hokazolarni kiritadi. Bunda о‘quvchining asosiy vazifasi о‘qituvchi mulohazalarning mantiqiga ergashish, bayon qilinayotgan mazmunni tushunish, eslab qolish va keyinchalik о‘rganilgan materialni qayta gapirib bera olishdan iborat bо‘ladi. Uning fikri о‘qituvchi mulohazalarining tizimiga qanchalik yaqin bо‘lsa, о‘quv materialini о‘rganishning tavsiya etilgan yо‘li shunchalik ishonchli bо‘ladi. О‘quvchining asosiy vazifasi – о‘qituvchining gaplarini tinglash va ularni tushunib olishdir.
Ikkinchi guruhga о‘qishning yо‘llari: mashqlar, mustaqil, laboratoriya, amaliy va kontrol ishlar kiradi. О‘quvchi faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. О‘qituvchining roli bolalarning о‘qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bо‘ladi.
Tasniflashning shunday turlari ham mavjudki, ularda о‘qitish metodlari о‘qishning tegishli metodlariga: axborot – umumlashtirish va ijrochilik tushuntirish va reproduktiv, instruktiv – amaliy va mahsulli – amaliy, tushuntirish – da’vat va qisman izlanishli, undovchi va izlanish tarziga mos keladi. (L.N.Maxmutov).
Amalda о‘qitish metodlarini tasniflashga bilimlar manbai mantiqan asoslar bо‘yicha (N.M.Verzilin) bilimlar manbai va о‘quvchilarning о‘quv faoliyatidagi mustaqillik darajasi bо‘yicha (A.N.Aleksyuk, I.D.Zverev va boshqalar) baravar yondoshish eng kо‘p uchraydi.
S.G.Shapovalenko metodlarning tо‘rt jihatini: mantiqiy – mazmuniy, prosessual va tashkiliy boshqarilishi jihatlarini kо‘rib chiqadi.
Metodlarni tasniflash muammosiga turlicha qarashlar ular haqidagi bilimlar tabaqalanishi va birlashishining tabiiy jarayonini aks ettiradi (Svetlovskaya, Suvorova, Lvov, Mavlonova va boshqalar).