Respublikasi



Yüklə 111,35 Kb.
tarix13.10.2022
ölçüsü111,35 Kb.
#118273
Rustamova Hilola



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMIVAZIRLIGI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
1-kurs, sirtqi bo`lim ,
22/2-guruh talabasi
Rustamova Hilolaning





MAVZU: TARAQQIYAT FALSAFASI


TOPSHIRDI_____________________________________
QABUL QILDI___________________________________


CHIRCHIQ-2022

Taraqiyot falsafasi.


Reja:
1. Qadimgi SHarqda falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar.
2. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy,
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)
3. Qadimgi Yunon–Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog‘liqligi. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limoti. Apologetika va patristika.
4. Yangi va eng yangi davr falsafasi muammolari. XYIII asr Evropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari. 5.XIX–XXI asrlarda Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi. XX-XXI asr G’arbfalsafiy oqimlari.

Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‘indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.


SHuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligiga e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi bo‘lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib qo‘yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim.
SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf–odatni, an’anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. SHundan uning bor bo‘lishning o‘zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljishlar ta’sir qiladi? degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‘liq bo‘lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganda, endi nima qilish kerak? degan savol tug‘iladi. qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o‘sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‘liqdir.
Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini o‘rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to‘plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‘limdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba’lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma’noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bo‘lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu ta’limotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr) ta’limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo‘lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‘lishi mumkin deb xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo‘ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotiga bogliqdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
«Daosizm» «Dao» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yo‘l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» ma’nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-szi bo‘lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog‘liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari o‘z-o‘ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini to‘ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‘rtaga qo‘yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.Eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim bo‘lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo‘lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. U o‘zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, bir-birlariga o‘xshaydilar, faqat tarbiyaga ko‘ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‘rtasida o‘zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyo jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan, tarixi nixoyatda boy mintaqalardan biri.
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi.
Iroqda tug‘ilgan va dastavval Eron shoxlari marhamatiga sazovor bo‘lgan Moniy (216-277) keyincharoq quvg‘inga uchradi va ijodining ko‘p qismini Turonda ro‘yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo‘ldi. U yakkaxudolik va xristianlikdan xoloskorlik g‘oyasini, Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g‘oyasini oladi. Bu ta’limotda Moniy o‘zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. Borliqning 2 substansiya asosi - yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olami o‘zaro kurashadi, deb ta’lim beradi. Moniy, birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson ruh-nur va jism-zulmat birligidan iborat mavjudot bo‘lgani sababli, u zulmat kuchlariga qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. Moniyning bu ta’limoti avom xalq orasida keng tarqala boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni ostirib yubordi.
Mazdakiylik ham Turonda keng tarqalgan. Uning asoschisi Mazdak (470-529) zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, olamda ezgulik, yorug‘lik manba’i bilan qorong‘ulik (johillik) o‘rtasidagi kurashda «yaxshilik» «yomonlik» ustidan g‘alaba qozonadi.Mazdakiylik g‘oyalari Eron va Turonda keng yoyilib, saltanat hamda boy-zodagonlar uchun xavf soladi. CHunki bu ta’limotga ko‘ra, o‘ziga tinch, boy odamlar nochor kishilarga yordam qo‘llarini cho‘zishlari kerak edi. Aks holda ular mulkining bir qismi zo‘rlik bilan qashshoqlarga olib berilardi. Mazdakiylik harakati bostirilib, Mazdak qatl etilgan bo‘lsa-da, ammo uning ta’limoti Eron, Turon, Ozarbayjon xalqlarini zulmga, adolatsizlikka qarshi kurashida qo‘l keldi. Turonni arablar bosib olgach, ularga qarshi kurash (Muqanna, Bobak qo‘zg‘alonlari) uchun g‘oyaviy madad rolini o‘ynadiTurk hoqonlarining birlashishga qaratilgan otashin da’vatlariga qaramay, VII asr oxiri VIII asr boshlariga kelib o‘zaro qirg‘inbarot urushlarda, ayniqsa Xitoy hoqonlari va Eron shoxlarining bu xalqning orasini buzishga qaratilgan makrli tashqi siyosatlari hamda bosqinchilik urushlari tufayli Markaziy Osiyo xalqlari xoldan toygan edilar. Uning ustiga turli xudolarga sig‘inish natijasida g‘oyaviy parokandalik ham dushmanga qarshi birlashib kurashishga mone’lik qilardi.
Parchalanib ketgan va yagona davlatga ega bo‘lmay qolgan turk elatlarini bosib olish arab istilochilari uchun nisbatan qiyin bo‘lmadi. Ammo bu erksevar xalqni butunlay bo‘ysundirib olish qiyin kechdi. So‘gdda, CHoch, Ettisuv – Talas. CHu vodiysi, Ili daryosi bo‘ylari, Irtish (Eritish) havzasida, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vodiysi, Tohariston, Buxoro, Samarqandda arab bosqinchilariga qarshi katta qo‘zg‘alonlar bo‘ldi. Ayniqsa Ishoq Turk (769-776), Muqanna (767-783) boshchiligidagi hamda Rafi’ ibn Lays boshliq So‘g‘d qo‘zg‘alonlari arab bosqinchilarini holdan toydirdi.
Harbiy kuch bilan bu erksevar xalqni boshqarib bo‘lmasligiga aqli etgan arab siyosatdonlar islom g‘oyalarini ta’sirli mafkuraviy usullar bilan odamlar ongiga singdirish, uni xalq maslagiga aylantirish yo‘lini tutdilar. Ular zardushtiylik va boshqa dinlarga oid barcha kitoblarni yondirdilar, ularga e’tiqod qilganlarni qatl etdilar, ko‘p ulamolar boshqa mamlaktalarga qochib, jonlarini saqlab qoldilar. Arab tili va yozuviga davlat maqomi berildi. Bosqinchilar mahalliy xalq namozgohlarini buzib, masjidlar qurdirdilar. Nomozga kelganlarga 2 dirhamdan pul in’om etdilar. Islomga o‘tganlarni soliqlarning bir qismidan ozod etdilar. SHu tariqa 1-2 avlod o‘tgach, keyingi avlod to‘lasicha islomni qabul etdi.Arab istilosi tufayli g‘arbiy Xitoydan tortib Ispaniyagacha, SHimoliy Afrikani o‘z ichiga olgan juda katta xududda imperiya yuzaga keldi. Bu yirik markazlashgan davlatning barpo bo‘lishi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotning rivoji uchun qulay sharoitlar yaratdi. Iqtisodiy va savdo-sotiq rivoji fan oldiga yangi katta talablar qo‘ya boshladi. Natijada Bog‘dod, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda yirik kutubxonalar vujudga keldi. Madrasalar, mahadlar (diniy oliy o‘quv yurtlari) barpo bo‘ldi. Ularda sof diniy bilimlardan tashqari, dunyoviy fanlar ham o‘qitila boshlandi. Bog‘dodda «Baytul-ilm» - fanlar akademiyasi barpo etildi, unda qadimiy olimlar, ulamolar, faylasuflar, ilohiyotchilarning kitoblari to‘plandi. U joyda Markaziy Osiyolik olimlar ko‘p edi. qadimiy kitoblarni arab tiliga tarjima qilish, ularga sharhlar yozish keng tus oldi. Ayniqsa xristian ruhoniylarining ta’zyiqi ostida xalq xotirasidan chiqarib yuborilgan miloddan avvalgi grek olimlarining asarlari tarjima qilingani va ularga sharhlar yozilgani indiavidual va ijtimoiy ongda jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. Astronomiya, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, lingvistika kabi fanlar rivojlanishi ta’sirida falsafiy fikrlarda ham yangicha yondashuvlar paydo bo‘la boshladi. Xalifatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot va uni barqaror qilish maqsadlari mahalliy aholining urf-odatlari, marosimlari, umuman madaniyatiga yangicha munosabat belgilashni taqoza etardi. CHunki bosib olingan mamlakatlardagi iqtisodiy va madaniy hayot arablarnikidan ancha ustun turardi. Bularni hisobga olmay siyosat va mafkura belgilash imperiya asoslariga putur etkazishi mumkin edi.
Ma’lumki, SHarq falsafasining etakchi yo‘nalishi inson qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga qaratilgan.Co‘fiylik oqim sifatida islomgacha xam mavjud bo‘lganini tadqiqotchilar ko‘rsatmoqdalar. Masalan, SHamsuddin Boboxonov va Abdulaziz Mansurning fikricha, tasavvuf lafzi xijratning ikkinchi asrida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin shu mazmunni ifoda etuvchi zoxidlik kabi lafz-istilohlar orqali bu yo‘nalish islomdan oldingi davrlarda ham mavjud bo‘lganligini qayd etib o‘tadilar. Ammo u islom zaminida muayyan bir tizimga kirib, tashkiliy tus olganini aytish joizdir.Tasavvuf murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib xilma-xil yo‘nalishga ega. Unda 2 ta asosiy goyaviy yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlanadi: bu o‘tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo‘yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g‘oyaga tayanib, tarki dunyochilikni targib etganlar; azro‘zi azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutila olmasligiga ishontirishga intilganlar.
Ikkinchi yo‘nalish – bu dunyo Alloh tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga etishi uchun og‘ir, mashaqqatli poklanish yo‘lidan borishini tashviq etganlar.Tasavvufda Alloh raxmatiga etishishning, inson ma’naviy kamolot yo‘lining 4 bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, ma’rifat va xaqiqatdan iborat.
SHariat – diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, qur’oni Karim va Xadisi SHarifdagi axloqiy, iloxiy ko‘rsatmalarni puxta o‘zlashtirish, aynan izchil sur’atda bajarish, xudoga ibodat qilishdir. SHariat xudoni idrok bilan tanishni ko‘zda tutadi. SHariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o‘tish mumkin emas.
Tariqat – er yuzasidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo xaqida o‘ylash, hayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdan iborat yo‘lni tanlash bosqichidir.
Ma’rifat – Ustoz (murshid) yordamida murid (shogird) xoll bosqichiga o‘tish bo‘lib, hamma narsa - butun borliqning asosi Alloh ekanini anglab shu tariqa xudoga yaqinlashishdir. Ma’rifatda olam, yulduzlar, Oy, quyosh, odamlar, xayvonlar, qushlar, kapalaklar - boshqa jamiki narsalar xudoning zuxurotidan iborat, odam ham Alloh zuxurining zarrasi hisoblanadi.
Haqiqat bosqichida soliq o‘zini xudoning visoliga etgan hisoblanib, u bilan qo‘shilib ketgan, ya’ni fanoga aylanadi. Markaziy Osiyoda fanoga aylanish haqiqatga etishish hisoblanib, soliq haqiqat timsoli bo‘lib maydonga chiqadi.
So‘fizm (arab. “jun”) – tasavvuf islomdagi diniy-falsafiy oqim, VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. So‘fizm faqat musulmon mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyotining xususiyatlari bilan belgilangan bo‘lsa-da, unda neoplatonizm ta’limoti, iudaizm, xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa, buddizmning ta’siri ham bor. So‘fizm murakkab ta’limot bo‘lib, asosan panteizm, asketizm va mistitsizmni targ‘ib qiladi. U xilma-xil shakl va oqimlarga ega. So‘fizm ta’limotining asosiy ob’ekti inson va uning xudoga muno-sabatidir. Uning tarafdorlari “inson xudodan”, “inson xudo bilan”, “inson xudo uchun”, “inson xudoga” degan aqidalarga asosla-nadilar. So‘fizmda va uning suluklarida pir va shogird (murshid va muridlik) munosabatlari asosiy o‘rin egallaydi.
So‘fizm tarafdorlari dastlabki davrlarda moddiy boylikka ega bo‘lishni qoralab, haqiqiy boylik ma’naviy-ruhiy boylik deb hisoblaganlar. So‘fizm tarixida VIII-XIII asrlarda Zunun al-Misriy, Abu Abdulloh, Mansur Halloj, al-G‘azzoliy, Sanoiy, Attor, Rumiy muayyan rol o‘ynaganlar. Bu borada ayniqsa G‘azzoliy (1059-1111) alohida o‘rin tutadi.
V.V.BartoldMovarounnahrda juda keng tarqalgan so‘fizm oqimi YUsuf Hamadoniy (XII asr) tariqatidan boshlangan, deb hisoblaydi. Bu tariqatda ham keyinchalik turli yo‘nalishlar paydo bo‘lgan. Ularning eng yiriklari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Xo‘ja Ahmad YAssaviy nomlari bilan bog‘liqdir. Bulardan G‘ijduvoniy tariqati iqtisodiy jihatdan ko‘proq yuksalgan shaharlar va ular-ning atroflarida vujudga keldi va tarqaldi; bu oqim real hayot bilan ko‘proq bog‘langan bo‘lib, kishilarni mehnatga, hunarmandchi-likka da’vat etgan va o‘z davrida adabiyot va ijtimoiy tafakkurning rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatgan. Ahmad YAssaviy va uning shogirdlari – Sulaymon Boqirg‘oniy hamda Said Ato qarashlari o‘ta mistik bo‘lgan. A.YAssaviyning “Hikmat” asarida so‘fizm asos-lari, xususan, shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat rivoyatlari tushuntirildi. Uning fikricha, “dunyoning noz-ne’matlarini iltijo qilgan kishi so‘fiy emas, balki baxtsizlik va g‘urbatni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig‘i bilan o‘tkazgan kishi so‘fiydir”1.
XIII-XIV asrlarda so‘fizmning yangi oqimi – naqshbandiylik vujudga keladi. Uning asoschisi Bahovuddin Naqshbandiy edi. Naqshbandiylik o‘z mohiyatiga ko‘ra idealistik ta’limot edi. Biroq u ba’zi xususiyatlari bilan YAssaviy tariqatidan farq qilgan. Naqshbandiylikning namoyondalari ma’lum ma’noda dunyoviy, hayotiy masalalarga katta e’tibor berganlar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqdilar, real hayotning noz-ne’matlaridan foydalanishga undadilar va mehnat qilishga, bilim olishga chaqirdilar.
Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi–Bog‘dod, Damashq shaharlarida madaniyat kuchayib bordi: xindcha, yunoncha, forschadan ilmiy, siyosiy, badiiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi, madaniy aloqalar avj oldi. qadimgi YUnonistonning mashxur olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabilarning merosi keng o‘rganildi. Xalifalikning turli o‘lkalaridan taniqli olimlar Bog‘dodga olib kelindi, bu erda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar – falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo‘yicha tadqiqotlar keng yo‘lga qo‘yildi.. Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo‘lgan ko‘pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, Movarounnaxr kabi ming yillik madaniy merosga ega bo‘lgan xalqlar xam kirgandi. Arab-musulmon madaniyati xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan boshqa xalqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta bo‘ldi. Xalifalikdagi arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan o‘z milliy madaniyatlarini asrlar osha tiklab olgan bo‘lsalar-da, u arab-islom madaniyati doirasida yangi bosqichda rivojlandi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug‘dirdi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg‘or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o‘rgandilar. Bu davrni o‘z mazmuni, salmog‘i, axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular kuyidagilardan iborat edi:
1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiiyotshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy e’tiborni xaqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xaqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash.
3. Insonni ulug‘lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori ahloqiy maromlar va qoidalarni takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish.
4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatning muxim tomonlaridan biri edi.
SHu davrda ilg‘or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy Mafotix, qoshg‘ariy, YUsuf xos Xojib, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.Uyg‘onish davri falsafasi tabiiy-ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy boglanib ketgan. CHunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi o‘zgarishlar sabablarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy fikrda o‘rnashib qolgan olamga aqidaviy-diniy qarashlarga putur etib, olamning ilmiy manzarasi xaqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muhim o‘rin egallay boshladi.
Bu davrdagi jaxonga mashxur olimlardan biri Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy bo‘lib, uning matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, tabobat, tarixshunoslik soxasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta xissa bo‘lib qo‘shildi. Olimning eng mashxur asarlari: «Al-jabr va-l muqobala», «Kitob surat al arz», «Er surati», «Astronomik jadvallar», «quyosh soati to‘g‘risida risola», «Xind xisobi xaqida risola», «Ustur lab qurish xaqida kitob», «Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa bo‘yicha risola», «Tarix bo‘yicha risola» kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi, nafaqat o‘z davrining, balki xamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi ekanligidan dalolat berib turibdi.
SHarqda va jaxonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo‘shgan buyuk allomalardan yana biri Ahmad al-Farg‘oniydir. Farg‘oniyning asosan oltita kitobi butun dunyoga ma’lum va mashxur.
1. «Kitob fi usul ilm an-nujum», ya’ni «Astronomiya ilmining usullari xaqidagi kitob».
2. «Al-Farg‘oniy jadvallari».
3. «Oy Erning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi».
4. «Usturlab bilan amal qilish xaqidagi kitob».
5. «Etti iqlim xisobi».
6. «Usturlab yasash xaqidagi kitob».
Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Er va fazoviy sayyoralar xajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar to‘g‘risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muxim omillari bo‘lib keldi.
Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlogida tugilib, o‘z Vatanida va so‘ngra Bogdod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog, musiqa san’atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy-ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. SHuning uchun Forobiyni hayotligidayoq «Al muallim as-soniy» (2- ustoz), ya’ni 2-Aristotel deb faxriy nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy «Falsafani o‘rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga

1 Mo’minov I.М. Tanlangan asarlar. 1-т. –Т., 1960.


Yüklə 111,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin