Rivojlanayotgan mamlakatlarning mintaqaviy integratsion rivojlanishi



Yüklə 70,5 Kb.
tarix13.11.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#119433
RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING MINTAQAVIY INTEGRATSION RIVOJLANISHI


RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING MINTAQAVIY INTEGRATSION RIVOJLANISHI


Reja:

  1. Integratsiya

  2. Sistema yoki organizm

  3. Fanlarning yaqinlashishi

Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish)
1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;
2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi;
3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish (qarang Iqtisodiy integratsiya).
Mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashuvi jarayoniga ta‘sir etuvchi omillar qatoriga milliy xo‘jaliklarning chuqur integratsiyalashuviga obyektiv asoslardan biri mamlakatlarning geografik yaqinligi bo'lib, u iqtisodiy aloqlarning rivojlanishiga tayanch bo'ladi.

Davlatlarning geografik yaqinligi transport va aloqa xarajatlarini tejashga, rivojlanish darajasi katta farq qilmasligi,bozorda faoliyat olib borishda va raqobat jarayonida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning mustahkamlanishi uchun tashkiliy tuzilmalar mavjudligi, qo'shma investitsiya faoliyati, miliy ishlab chiqarishning o'xshashligi,harbiy-siyosiy yakdillik, tuzilma darajasida doimiy ishlaydigan organlarining mavjudligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, milliy qadriyatlar va tarixiy taraqqiyotning o'xshashligi, iqtisodiy aloqalar jarayonining ijtimoiy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta‘minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo'jalik subyektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko'plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va axborot vositalari) ta‘minlaydi, ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi
Uchinchidan integratsiya jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi, to‘rtinchidan mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatin beradi. Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o'zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo'jalik hayoti baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a‘zolari bo'lgan mamlakatlar o'rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar,xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo'ladi
Iqtisodiy integratsiya davlatning turli ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Xitoy va ASEAN o'rtasidagi hamkorlik aloqalari 1970-yilda boshlanib,o‘zining rasmiy ifodasini 1990-yillarda topdi. Bugungi kunda hamkorlik darajasi muhim strategik ahamiyat kasb etadi. 2010-yil 1-yanvardan yo‘lga qo‘yilgan Xitoy va ASEAN erkin savdo hududi har ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarida boj tariflarini kamaytilishida muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o'stirishga ko'maklashsa, boshqa tomondan, O'zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo'jaligiga qo'shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Imtiyozli savdo siyosatining olib borilishi, past darajadagi boj to‘lovlari hamda hududiy yaqinlik omillari tufayli 2015-yilga borib ASEAN Xitoy savdo hamkorlari orasida 1-o'rinni egallaydi va umumiy savdo hajmi 500mlrd.AQSh dollarga yetdi.
ASEAN va Xitoy hamkorlik aloqalari hozirda tez sur‘atlarda rivojlanmoqda.Buning asosiy omili sifatida biz hududiy yaqinlikni ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda global darajada raqobatbardosh bo'lgan yagona yuqori darajada rivojlangan iqtisodiy mintaqani yaratish mqasadida integratsiya tamoyilari keng yo'lga qo'yilmoqda va ayni vaqtda yetarli darajada kuchli xalqaro birlashma sifatida tan olinmoqda.
O'zbekiston va Xitoy ShHTning muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda uning ishida faol qatnashishga alohida e‘tibor qaratadi. Bugungi kunda ShHT tizimida hamkorlik mintaqa, shuningdek, jahonda barqarorlikni va xavfsizlikni ta'minlashda jiddiy omilga aylanib bormoqda.
O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi tovar aylanmasi 2005-yil yakunlari bo'yicha 485,5 AQSh dollarini tashkil yetdi, ya‘ni 2004-yilga nisbatan 32,2 % ga o'sdi. Eksport hajmi 228,3 mln. dollar (125 % ga o'sdi), import hajmi esa 257,2 mln. dollarga (3,2 % ga kamaydi) teng bo'ldi. 2014-yil yanvarmay oyi holatiga ko'ra ikki mamlakat o'rtasida bu ko'rsatkich 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Hozirda O'zbekiston Respublikasi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida savdo iqtisodiy, transport kommunikatsiya,investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik faoliyati izchil davom etmoqda.

Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boʻladi, u q.x., oziq-ovqat, q.x. mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.


Xalqaro I.i. uzoqdavom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi. Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imti-yetlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birla-shib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 y.dan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi). Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta it-tifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 y.larda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tu-ziladigan boʻldi. 21-asr boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hoz. davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shim. Amerika uyushmasi, Jan.sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 y.larda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integ-ratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo ken-gash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.
1)Xalqaro iqtisodiy integratsiya(x.i.t.)- bu milliy xo`jaliklar (davlatlar) o`rtasida ko`ptomonlama o`zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelganmamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, va madaniy jihatdan birlashuvi.Makro miqyosdagi integratsionjarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiybirlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.Mikro miqyosdagi integratsionjarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashganmamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro ta’sir doirasi orqaliamalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o’rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiybitimlartizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho’’ba korxonalar tashkil etilishi orqaliyuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tezrivojlanishi tovar almashuvini,xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararoerkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy vamudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish zaruriyati tug’iladi.Yagonavalyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruvorganlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.Ishlab chiqarishni ko`paytirish bn bozorlarni kengaytirish, transaksion xarajatlarni kamytirish vabq.Qulay tashqi iqtisodiy va siyosiy muhitni yaratish;Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilishIqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko`maklashish;Mintaqaviy raqobat ustunligini shakllantirish;Hozirgi davrda ko`pgina integratsion birlashmalar o`z oldiga quyidagi maqsadlarniqo`yadilar…Integratsiya - jahon mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslarcheklanganligi" muammosini bartaraf etish yo’li.…Bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo’yilib,texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya’ni, ITTKIga xarajatlarnikamaytirish imkonini beradi.
Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin