Pedagogik kreativlik. Pedagogning an‟anaviy pedagogik
fikrlashdan farqli
ravishda ta‟lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiluvchi
yangi g„oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal
qilishga bо„lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan
malakalar guruhlari:
1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
3
6)
tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar.
2. Ona tili darslarini tashkil etishda о„qituvchi krеativligini
oshiruvchi omillar.
Kreativ sifatlarni rivojlantirish yo„llari. Quyida mazkur yo„llarning mohiyati
xususida so„z yuritiladi.
1-yo„l: kreativ fikrlash ko„nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg„u
kreativ fikrlash ko„nikmalarini shakllantirish asosiy e‟tibor markazida bo„lib,
o„quvchilar fe‟llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini
ifodalashga yo„naltiriladi. Xususan, o„qituvchilar kreativ fikrlash ko„nikmasini
samarali shakllantirish maqsadida o„quvchilarga ularni fikrlashga undovchi
savollar tarkibida zarur fe‟llarning bo„lishiga e‟tibor qaratiladi.
Nazorat savollarini berishda o„quvchilarni fikrlashga undovchi so„z
(fe‟l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli
shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo„liga ko„ra pedagoglar turli,
antiqa, noan‟anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so„z
(fe‟l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Masalan: “bog„liqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni
mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling” kabi so„z (fe‟l)lardan foydalanish amaliy
jihatdan samarali sanaladi.
Boshlang„ich sinflarda o„qituvchi ona tili darslarida o„quvchilardan “so„z
turkumlarining ta‟rifini aytish”ni talab qilish o„rniga, “so„z turkumlari o„rtasidagi
bog„liqlikni ta‟riflab berish”ni so„rasa o„quvchilar
ham mavjud bilimlarni
umumlashtirish, ham yangi fikr va g„oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega
bo„ladi.
2-yo„l: amaliy kreativ harakat ko„nikmalarini rivojlantirish. O„qituvchilar
o„quvchilarda kreativ harakat ko„nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda
4
ko„rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o„rinda savollardan foydalanish
faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, o„quvchilarda interfaollik va
kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo„l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo„l o„quvchilarni
muammoni yechish va innovatsion g„oyalarni ilgari
surish jarayonida kreativ,
ijodiy fikrlashga urg„u beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol
qo„llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Topshiriqni bajarar ekan, o„quvchilar
til hodisasi bilan bog„liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda
ko„p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro„y beradi.
4-yo„l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo„lni tutishda
o„qituvchi o„quvchilarga masalan, “Ot so„z turkumining xususiyatlari” mavzusida
taqdimot yaratish topshirig„ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida
o„quvchilarda kreativ fikrlash ko„nikmalari faol rivojlanadi. O„quvchilar
o„zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to„la namoyon qilishlari
mumkin. Agar o„quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo„rquv
hissi mavjud
bo„lsa, fikrni noto„g„ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday
vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko„nikmalarini samarali shakllantirish yoki
rivojlantirish mumkin bo„lmaydi. O„quvchilarda kreativlikni
odatga aylantirish
orqaligina kreativ fikrlash ko„nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.
О„quvchilarni kreativ fikrlashga о„rgatish, ularda kreativ tafakkurni
shakllantira olish uchun avvalo о„qituvchining о„zi kreativ, ijodkor shaxs bо„lishi
zarur. Bordi-yu, uning о„zi kreativlik sifatlariga ega bо„lmasa, u holda qanday
qilib, о„quvchilarni kreativ fikrlashga rag„batlantira oladi.
Chiqariladigan yagona
xulosa quyidagicha: о„qituvchining о„zi kreativ, ijodkor bо„lsagina, о„quvchilar
ham shunday bо„la oladi. О„qituvchining ijodkor va kreativ bо„lishi yoki
bо„lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi
g„oyalarni ta‟lim jarayonida sinab kо„rishga intilishi zarur. Mashg„ulotlarda
о„qituvchi “kreativlik yо„l xaritasi”ga kо„ra quyidagi tо„rtta yо„nalish bо„yicha
harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi
belgilar sanaladi:
5
1) ijodiy fikrlash kо„nikmalarini namoyon etish;
2) о„quvchilarni о„quv fanlarini qiziqish bilan о„zlashtirishga
rag„batlantiruvchi strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning
yechimini topishga kreativ yondashish;
4) kutiladigan natija.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi.
Mazkur sifat
shaxsning о„z-о„zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.
Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari,
tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bо„ladi. Kreativ potensial bilish
jarayoniga yо„naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog„liq.
Nazorat uchun savollar:
1. Kreativlik deganda nimani tushunasiz?
2. Ona tili darslarida oqituvchining kreativligi nimada namoyon bo„ladi?