Róyxatga olindi; № uytb104 2022 y


-Mavzu. Qoraqalpoq xalqining etnik shakllanishi



Yüklə 467,01 Kb.
səhifə4/8
tarix28.03.2023
ölçüsü467,01 Kb.
#124444
1   2   3   4   5   6   7   8
Qq tar umk uz 2022 14 Soat

4-Mavzu. Qoraqalpoq xalqining etnik shakllanishi


Reja:
1.Janubiy Orol qoraqalpoqlarning ota yurti
2.IX-XII asrlardagi etnik jarayonlarning qoraqalpoq xalqining shakillanishiga ta’siri
3. Qoraqalpoqlarning xalq bo’lib shakillanishidagi so’ngi davri (XIII-XVI asrlar). Nog’ay davri


Adabiyotlar:
1 Баҳадырова С. Қарақалпақ қандай халық. Т. 2017.
2.Бердақ шежире Н.1993
3.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан. Н. 2001
4.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н.2003
5.Мәмбетов К. Қарақалпақлар тарийхы Н.1993
6.Мәмбетов К. Қарақалпақлар шежиреси Н.1993
7.Мәмбетов К. Тарийх төркинлери Н.1999
8.Мамбетуллаев М.,Туребеков М. Қубла арал бойы халықлары тарийхынан. I-III китап,Н.,1998
9.Нызанов М. Қарақалпақлар. Н. 2020.
10.Рысназаров. Н. Антропологический состав и вопросы этногенеза каракалпаков. Н.1988

Qoraqalpoqlarning kelib chiqish tarixi uzoq davrlarni o’z ichiga oladi. Miloddan avvalgi VIII-IV asrlarda Xorazmning shimoliy-g’arb va shimoliy-sharq chegaralarida kuchmanchi va yarim kuchmanchi sak-massaget, savromat-sarmat qabilalari yashaydi. Saklarning makonlari Qizilqumning shimolida, Sultanuays tog’i markazida, Janadaryo va İnkardaryo etaklari, Uzboy daryosi bo’ylaridan topildi. Grek tarixchisi Strabonning ma’lumotiga qo’ra massagetlar Kaspiy dengizining sharq tomonidaga bepoyon Orol dengiziga qadar xududlarda tirikchilik etgan. Miloddan avvalgi 530 yili İran podshosi Kir Orol bo’yi xududlarini bosib olmoqchi bo’lganida Uzboy tomonda massagetlar malikasi Tumaris uni o’ldirgan. Gerodot saklarning orasidagi eng kuchlisi va ko’pchiligi massagetlar dep takidlagan. Qoraqalpoqlardagi sakay, samat etnonimlari usha massagetlar davridan saqlanib qolgan.


Miloddan avvalgi VII-V asrlarda Orol-Kaspiy dengizlari oroligida sak, massaget, day, apasiak, issedon qabilalari xorazmlilar bilan siyosiy-harbiy ittifok tuzgan. Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Janubiy Orol bo’yida paydo bo’lgan siyosiy-harbiy-demokratik «Katta Xorazm» podsholigining tashkil etilishida sak-massaget qabilalari faol ishtirok etgan.
Massagetlar qabilalari orosidagi apasiaklar va augasiylar qavmlari qoraqalpoqlarning negizini shakllantirishda katta rol uynagan. Professor T.A.Jdanko apasiaklar va augasiylar turmushidagi onalik dastur qoraqalpoq xalqining «Qirq-qiz» dastanida ifodalangan deb takidlaydi. Apasiaklar Janubiy Orol bo’yida yashagan va «dengiz saklari» deganni bildirsa, augasiylar Sirdaryoning kuyi xududlarida yashagan va «daryo saklari» deganni bildirgan. Qadimgi «day» qavmlari atamasi qoraqalpoqlarning qiyat urugi «takay» tiyrasi, qazaxlardagi «aday» urugi nomlarida saqlangan. Apasiaklar va augasiylar kigiz qara uylarda turgan, gushtni mol qorniga solib gombe etip egan, boshlariga kigizdan tikilgan boshi shoshak malaqay kiygan. Ularning sanatida «hayvonat stili», «quchqor muyiz», atonak» kabi naqshlar, shunigdek «saukele» kabi xotin qizlar kiyimi bo’lgan.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Orol bo’yi saklarining antropologik kelbatida mongoloid belgilar sezila boshlaydi. Xulosa kilib aytganda, qoraqalpoqlarning etnik shakllanishining dastlabki qatlamida sak-massaget, savromat-sarmat, day, apasiak va augasiylar qavmlarining ishtiroki ustun bo’lgan.
Qoraqalpoqlarning etnik jixatdan shakllanishining ikkinchi bosqichinda turkiy tillash qavmlar gunn, tele, uygir, usun, kangar, qanli qavmlari bilan bir qatorda ira tilining sharqiy shakabchasida soylagen ass, alan qavmlari ishtirok etgan. Kuchmanchi yuechji-toxarlarning bir bo’limi Orol bo’yiga orolashadi. S.P.Tolstov toxarlar massagetlar ittifokiga kirib bir guruhi sharqiy Turkistonda, ikkinchi guruxi Sirdaryoning eski salasi Kuvandaryo kuyi bo’lagida yashaydi va miloddan avvalgi IV-II asrlarda Xorazmga keladi deb tastiyiklaydi. Hozirgi qoraqalpoqlarning kipchak urugi kanli tiyrasi ertadagi kangyuylar nomi bilan aloqadardir. «Avesto» kitobida sharqga qaray qanatli ot bilan uchub yuradigan elning nomi «tur», ularning makani «Turan» deb atalgan. Milodiy I-IV asrlarda Kaspiy dengizi shimoliy dalalarida, Orol dengizi shimoliy-garbiy tomonida, Sirdaryoning o’rta va kuyi erlarida ass, aors, alan qavmlari yashagan. Ustyurtda hozirgi zamonda Alanqal’a, Assaka er nomlari saklangan. Shuningdek, muyten urugi tarkibida tele, jauingir tarkibida uygir tiyralari nomlari saklangan. Berdokning «Shajara» asarida «uysin-kungirod elinda» iboralari bor. Xulosa kilib aytkanda ikkinchi boskichda turki tillash kavmlar qoraqalpoqlar etnik shakllanishida kupaya boradi.
Qoraqalpoqlarning etnik shakllanishining uchinchi boskichida jetiasarlilar, ayniqsa kerderlilarning urni bilinadi. Sirdaryoning kuyi tomonidagi, Kuvandaryo va Eskidaryo erlaridan Amudaryoning Kerder eriga jetiasarlilar kuchib kelgan. Kerderlilar Tokqal’a, Gyaurqal’a, Kuyikqal’a, Qurgancha, Hayvonqal’a, Porlitau, Kerder kabi shaharlarni qurgan. Orol dengizi Kerder kuli deb otalgan.
Kerderliler Orol atrofida yashagan kengeres, tele, gunn qavmlari bilan orolashgan jetiasarlilarning va ushbu xududda iran tili sharqiy dialektida gaplashgan ass, alan, xorazmlilar bilan orolashganinan shakllangan xalqdir. Qoraqalpoqlarning muyten urugining bitta tiyresi avvali kerderli nomlangan.
Baskakov kuyidagi sherni ezib olgan
Kerderlining qizlari
Gezegen keledi,
Tunde yurgan jigitlarni
Suzegen keledi.
Kerderlilerning tili xorazmlilar yaki turk tilige uqshash bo’lmagan. Darsan va Mizdaxkan edgorliklarinan topilgan ossuariylarda vafot etgan kishiga yiglab, keo`il aytish dasturlari namunalari ifodalangan. VI asrda Orol bo’yida turkiy ezuv poyda bo’ladi. Xulosa qilib aytganida uchinchi bosqichda turk tilles jetiasarlilar, ayniqsa kerderliler qoraqalpoqlarning etnik shakllanishida katta rol bajargan.

Yüklə 467,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin