Róyxatga olindi; № uytb104 2022 y


-Mavzu. Qoraqalpog`iston shor Rossiyasining mustamlakachiligi davrida



Yüklə 467,01 Kb.
səhifə7/8
tarix28.03.2023
ölçüsü467,01 Kb.
#124444
1   2   3   4   5   6   7   8
Qq tar umk uz 2022 14 Soat

6-Mavzu. Qoraqalpog`iston shor Rossiyasining mustamlakachiligi davrida


Reja:
1. Qoraqalpog`iston yerlarining shor Rossiyasi tarafidan bosib olinishi. Boshqarishda va iqtisodiyotda mustamlakachilik siyosati va unga qarshi kurash.
2. XIX asrning oxiri - XX asrning boshida Qoraqalpog`istonning chap sohil aholisining ahvoli. 1916-yilgi Xo’jaylidagi qo’zg`olon.
3. XIX asrning ikkinshi yarmi va XX asr boshidagi qoraqalpoqlarning turmishi va madaniyati.
4. Qoraqalpogistonda kengash hokimieatining órnatilishi va ónga qarshi quzgolonglar
5. Kengash hokimiyatining ijtimoiy iqtisodiy va madaniy tarmoqdagi siyosati
6. Chap sohildagi qoraqalpoqlarning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy ahvoli
Adabiyotlar:
1.Алламуратов А. Мәңги мийрас. Н. 1993.
2.Айымбетов Қ. Халық даналығы. Н. 1988.
3.Бабашев Ш. Дөҳмет дегиши. Н. 2009.
4.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан. Н.2001
5.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н.2003
6.Карлыбаев М. Медресе в Каракалпакии XIX -начала XX веков. Н. 2002.
7.Қошанов Б.А., Өтегенов Ҳ.М., Жуманиязов Д.Қ. Қарақалпақстан биринши жәҳән урысы жылларында (1914-1918 жж) Н. 2015.
8.Қудияров А., Раматуллаев М. Шымбай тарийхы ҳаққында. Н. 2013.
9.Қудияров А.Р., Абсетерова У.К. Қарақалпақ халық аўызеки дөретпелеринде жер-суў мәселелериниң сәўлелениўи. Н. 2020
10.Кудияров А.Р. История города Чимбая (XIX – начало XX вв.) Н. 2019.
11.Мәмбетов К. Қарақалпақлардың этнографиялық тарийхы. Н. 1995.
12.Мамбетуллаев М., Төребеков М., Юсупов О. Қарақалпақстан тарийхы Н. 2010.
13.Сейтимбетов М.Қ., Сулайманов С.А. Әмиўдәрья ҳәм Арал суў жолының өтмиши ҳәм бүгинги күни. Н. 2015.
14.Төреев А. XIX әсирдиң ақыры XX әсирдиң басында қарақалпақ үлкесинде дийханлар ҳәрекети. Н. 1991
15.Тлеўмуратов М. Қарақалпақ поэзиясы-тарийхый дерек. Н. 1994.
16.Хожаниязов Ғ., Қудияров А. Ережеп бий аға баба. Н. 2019

XIX- asrning 50-60-yillarida o’rta Osiening ahamiyati rus sanoati tovarlarin sotish bozori bo’lub quymay, shuningdek Rossiyaning yip-gazlama sanoatining ahamiati xo mashie bazasining urni ortdi.


Rus hukimati Xivani bosib olishga tayergarlik kurdi va 1871-1872 yillari Xivaga boradigan yullarni baqlash ishlarini tugalladi.
1872 yil oxirlarida Rossiya imperiyasi harbiy vaziri boshchiligida Peterburgda Turkiston va Orenburg general-gubernatorlari, Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi.
Turkiston kushinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 tup) general Kaufman, Orenburg otryadiga (15 rota, 600 kazak, 8 tup) general Verevkin, Mangishlok otryadiga (12 rota, 800 kazak, 8 tup) polkovnik Lomakin kumondon bo’lib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyoriga berilgan edi. Hammasi bo’lib Rossiya kushini 12 ming askar edi. Xiva xonligi kushinida hammasi bo’lib 27 eski zambarak, 2 ming otlik askar, 4 ming navkar bo’lib, ular asosan poytaxtda jamlangan edi.
İstilochilar kushini uch yunalish bo’yicha Xiva xonligi ustiga bostirib keldi. Rus askarlari generallar Kaufman va Golovachevlar kumondonligi ostida Toshkent tarafdan, ikkinchi yunalishdagilar general Verevkin va uchinchi yunalishdagilar polkovnik Lomakin kumondonligida Kaspiy dengizi tarafdan Xiva tomon kirib keldi.
General Verevkin kumondonligidagi Orenburg otryadi Kungirotga yakinlashganda shahar hokimlari tezlik bilan dushman tudalarining paydo bo’lganligi tugrisida Xivaga chopar yulladilar va vaktdan yutish maksadida ruslar xuzuriga ham elchi junatishdi. General Verevkin kungirotlilarning vakili bilan uchrashib, uning takliflarini eshitdi. Muzokorolar olib borilib, masalani tinch yul bilan hal qilishni istamadi va shaxarga xujum boshlash haqida buyruk berdi.
Kungirot xalqi Sayid biy va Tojimurod biy raxbarligida shaxar quldan ketganda ham kurashni davom ettirishga karor kildilar. Shaxar tashkarisidagi yullarda dushmanga xujumlar uyushtirib, ularni ukka tutdilar. Verevkin kushini esa talofotlar berib, Xujayli va Mangit qal’alarini ishgol kildi. Odam kirilgan, Uch achak, Xolota elatlarida, Xujayli, Xazarasp, Gurlen qal’alarida kattik jang bo’lgan.
Rossiya qushinlari yulda uchragan har bir shahar va qlshloqni talab, uylarga ut kuyib, kirgin-barot uyushtirdilar. Boskinchilar Mangit qal’asin talon-taroj etganini Muhammad Yusuf Bayani kuyida baen etadi: «Mangitda kirgin jang bo’ldi. Verevkinning buyrugi bilan erkaklar, xotin-kizlar, chollar va bolalar kirib tashlandi. Beshiktagi narastalar chirkirob yiglaui bilan qoldi. Qal’a er bilan yakson qlindi va ut kuyildi». Odamlar erlangan avlieni mangitliklar «Ming yarim shoxid mozori» deb ataydi.
1873 yili 29 may kuni Xivaga golibina kirib kelgan Turkiston, Orenburg, Kavkaz kushinlari talon-tarojga kirishdilar. Xon saroyida oliy hukmdorlarning taxti, bebaxo oltin-kumush buyumlari, turli-tuman kimmatli matolar va nodir kulyozma asarlar Peterburgga, podshox saroyiga ulja sifatida olib ketildi.
General Kaufman topshirig’iga ko’ra sharqshunos A.L.Kun Xiva saroyidan 300 kulyozma, 18 kuron, 50 darslik kitoblarni musodara kilgan. Xivalik ustalar kandakorlik sanatining eng yuksak namunasi - Kungirot sulolasi xonlari taxti bebaxo ulja bo’ldi. 1874 yili bu Xiva xonlari taxti kurol-aslaxa Palatasiga topshirildi.
Rossiya kushinlarining Xiva xonligini tez orada bosib olgan sababi kuyidagilar: Birinchidan Xiva saroyida ikki gurux paydo bo’ldi - 1-guruh Rossiya bilan jang qilish tarafdari, 2-gurux savdogarlar guruhi, Rossiyaga buysunish va kapitalizmga o’tish guruhi. İkkinchi sababi, Xiva xonligi xalqaro maydonda yakka qoldi. Ulug’ Britaniya o’ziga Afg’anistonni olib, Xivani Rossiya talon-tarojiga qoldirdi. Uchinchi sabab, aholi noroziligidur. Qoraqalpoqlar va orollik o’zbeklar Rossiya Orol flotiliyasining Qo’ng’irotga yurishiga yordam berdi. Seytg’azi biy general Verevkin bilan flotiliya kapitani Sitnikov oralarida aloqani taminlagan. Erejep og’a biy Kaufmannan barcha qoraqalpoqlarni Rossiya fuqaroligiga o’tkazishni iltimos qilgan.
1873 yili 12 iyunda general Kaufman va Muhammad Raxim xon Gendimian shartnomasiga imzo quyishdilar. Davlat boshqaruvida xon raisligida kengash tashkil topib, tarkibiga uchta Xiva fuqarosi va uchta Rossiya fukarosi kirgan. Lekin 2 oydan keyin bu kengash o’z faoliyatini to’gatdi.
Gendimian shartnomasi 18 banddan iborat bo’lib, Xiva xoni uzini Rossiya imperatoriga buysunganini tan oldi. 2-3 bandlarida Amudaryo ung tomoni Rossiya tarkibiga utilishi tasdiklandi, yaniy asosiy qoraqalpoq erlari ikkiga bo’lindi, qoraqalpoqlarning uz-uzini boshqaruv dasturi yuk qlindi. 18-bandinda Xiva Rossiyaga 2 mln 200 ming rubl jariyma tulaydigan bo’ldi. Bu jariyma 1901 yili tulab bo’lindi.
Amudaryo bo’limi daslabki vaqtda Turkiston general-gubernatorligiga tikkalay bogindi. Ulka besh viloyatga bo’lindi: Sirdaryo, Fargona, Samarkand, Ettisuv, Kaspiyorti. Sirdaryo viloyati kuyidagi tumanlarga bo’lingan: Toshkent, Avliyoota, Kozoli, Perovsk, Chimkent. Amudaryo bo’limi ham shu viloyatga buysungan. Amudaryo bo’limi nachalnigini xalq «xokim tura» deb atagan.
Turmush tarziga ko’ra rus amaldorlari barcha axolini ikkiga: «kirgizlar» (kuchmanchi) va «sartlarga» (utrok axoli) bo’lishgan.
Xiva xonligida esa siyosiy nazorat gubernator vakolatiga ega bo’lgan Amudaryo bo’limi boshligi tomonidan amalga oshirilgan. Muhammad Raximxon P (1865-1910) mustakil bo’lishga intilgan. Zukko davlat arbobi va marifatparvar inson bo’lgan, xalq o’rtasida Feruz shoir sifatida shuxrat kozongan. XX asr boshida Xiva xonligida 640 mingdan kuprok kishi yashagan. Amudaryo bo’limida esa 192312 kishi yashagan. Devonbegi Matniyazning bogida Petro-Aleksandrovsk kurgoni avgust-sentyabr oylarida 16 kun ichida qurib bitildi. 1913 yili qal’ada 7200 kishi yashagan. Amudaryo bo’limi Chimboy va Shuroxon uezdlaridan iborat bo’lgan. XIX asr 70-yillarida Amudaryo bo’limiga 2 ming urallik kazaklar kuchirib keltirilgan. Rossiyaning mustamlaka siyosati asosida ruslashtirish goyasi turgan edi. 1882-1884 yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan M.G.Chernyaevdan shveytsariyalik Genrix Mozer «turkistonliklarni ruslashtirishni kachon oxiriga etkazasiz?» degan savol beribdi. U «maxalliy axoli rus arogi va tamakisiga urganib bo’lgandan keyin» deb javob bergan.
Rossiya Amudaryo bo’limini kiska muddatda uz sanoati uchun xom ashe manbaiga aylantirdi. Payxta maydoni 3 barobarga usdi. Metropoliyaning iktisodiy siyosati Amudaryo bo’limini xom ashyo bazasiga aylantirish, uni rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turish va tabiiy boyliklarni markazga tashib ketishga karatilgan edi. Amudaryo bo’limida fabrika-zavod sanoatining asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etgani tasodifiy emas. Bo’limda «amerixoni» navli paxtani katta maydonlarda ektirishdilar.
Rossiya imperiyasi istilo kilganidan keyin maxalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi konun «Turkiston ulkasini boshqarish haqidagi» Nizomni joriy etdi. Nizom ulkada maxalliy axolining insoniy va siyosiy xukuklarining rasman poymol etilishiga olib keldi. «Barcha ruslar,-deb aytgan edi tarixchi G.Safarov,- Turkistonning tub aholisi aodamlar emas, balki ursa, talasa, zurlasa mumkin bo’lgan ish xayvonlaridir, degan ruxda yashagan va tarbiyalangan». Musulmonlarning juma nomozlarida podshoning nomini xutbaga kuyib ukimok amr qlindi. Sufi Olloyorning «Chaxor kitobi» asaridagi «azobi kabr kofirlargadir» iboralarini yukotib, yangi bosiladirgon kitoblarda bu suzlarni chikarishdek farmoyishlar qildilar. Kuchadan pristav utib kolsa, beixtiyor kurmay kolgon va urnidan turmagan musulmonlar bo’lsa, kaytib kelib urdilar, kamar edilar.
Saylovlarda rus elementini musulmonlar soni bosib ketmasligi choralari qurildi. 1905 yilgi savlov konuniga ko’ra, barcha xotin-kizlar, 25 yoshdan kichiklar, xarbiy xizmatchi, ukuvchilar savlov xukukidan maxrum qlindi.
Chimboy uchastkasi Talliq volostining Kopak-kul degan joyda mamuriyat vakili - oksolni kayta saylash jaryonida galayon kutarildi. Ammo u kazaklar tomonidan bostirildi. 1899 yil 28 martda tergov, kidirish, kamokka olish ishlari boshlandi. Dexkonlar hibsga olinib Petro-Aleksandrovskga junatildi. Shuraxon uchastkasi Biybozor volostida va Chimboy uchastkasi Nukus volostida mustamlakachilarga karshi Bobo Kurlan boshchiligidagi zalk qo’zg’oloni jiddiy tus olib, kariyb un yil (1881-1991) davom etdi.
Dexqonlar tez-tez solik tulashdan bosh tortib turganligi natijasida bokimandalar 1889 yili bo’lim bo’yicha 12 818 rublni, 1896 yili esa 16 723 rublni tashkil etdi. Dexqonlarning qarzlardan ozod etish haqidagi iltijolari koniktirilmadi. 1900 yili mart oyida Nukus volostida shu sabab dexkonlar bilan qlshlok mamuriyati o’rtasida tuxnashuvlar bo’lib utdi. Dexqonlar utov boshiga olinadigan soliqni tulashdan bosh tortib, ovul oksokoli bilan kozini tutib, ularning lavozimlik belgilarini, muxrlarini tortib olishdi. Chap kirgokdagi qoraqalpoqlar ham zolimlarga karshi bosh kutardilar. 1900 yili Qungirot bekligida yashovchi qoraqalpoqlar sugorish inshootlarini (Lavzon kanalini) tozalash majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar.
Aslida «Mardikorlar quzgoloni» deb atalmish 1916 yildagi milliy-ozodlik quzgolonida qurbonlar benixoya katta bo’lgan, milliondan ziyod kishi halok bo’lgan. Turkiston aholisidan 673 ming kishi uldirilgan, 300 mingdan ortik axoli xorijga chikib ketgan.
1916 yili 24 iyulda Shuraxon javbxasi Turtkul bo’limi Saxtian jamoasi ayollari bo’lis boshqaruvchisi Qozoqbay Abdikarimboevdan front arqasi ishchilarining ruyxatini va uz erlarini va ugillarini mardikorlikdan ozod qilishni talab qilib chikdilar. Bunday chiqish 26 iyulda Xujayor jamoasida ham yuz berdi. Bo’lislikning barcha qlshloklaridan 200-300 ayol uz bolalari bilan Turtkulga kelib, soldatlarga tashlandilar. Kazak sokchi komandasi ayollarni tarkatib yubordi va ulardan bir nechtasini kamokka oldi.
1916 yili 29 iyulda Saribiy belisi aholisi (1 ming odam chamasi. ichida kupgina ayollar bor) bolta, pichok, kaltaklar bilan kurollonib Shuraxon uchastkasi Saribiy bo’lisligi boshqarmasiga yul oldi. Axolining talablariga bo’lis boshqaruvchisi kurs javob beradi. Gazablangan xalq bo’lis boshqaruvchisi Sodik Boyakov va unga qarashli uchta oqsoqolni uldiradi. Shundan sung ular Amudaryo bo’limi boshligiga uz talablarini bildirish maqsadida Petro-Aleksandrovska yul oladi, lekin isyonni bostirish uchun soldatlarning kelib etganini eshitgan qo’zg’olonchilar uylariga tarqalib ketadi. Buriboy Salmanov, Olloniyoz Xudoynazarov, Davlet Eshimbetov, Jabbor Qo’shiq, Sulton Jabborbergenovalar quzgolonning faol qatnashchilari edi. Avez Tuti Orazbeygamovaning nomi xanuz xalq xotirasida.
Shuraxon uchastkasi boshqa bo’limlarida ham galayonlar bo’lib utdi. 1916 yil 29 iyulda Turtkul bo’lisi Saxtian, Xujayor va Turtkul jamoalari aholisi bo’lis yiginiga katnashishdan bosh tortib, bo’lis boshqaruvchisiga vakillarini junatishadi. Uzlarining talablarini kondirishga erisholmagan isyonchilar bo’lis boshqaruvchisi idorasini agdar-tuntar kiladi va otlik askarlar kazarmasidan soldatlar etib kelgandan sunggina orkaga kaytadi.
Chimboy uchastkasi Beshyab bo’lisi aholisi ham quzgolon domiga tortildi. 1916 yil 27 iyulda ularga Eshim bo’lisligi birinchi va ikkinchi ovullari, keyin Yangibozor va Nukus bo’lislari, 29 iyulda esa Chimboy shaxri ham kushildi.
1916 yil 29 iyul kuni Chimboy isyonchilari quliga tushgan narsa bilan kurollanib, pristav idorasiga yul oladi. Politsiya pristavi xalq arzlariga rad javobini beradi va vakillardan birini yarador kiladi. Dargazab chimboyliklar pristav idorasiga hujum qilib, podsho portretlarini yokadilar, pristav Maeljanyatsni uldiradilar va uning yaqinlarini kaltaklaydilar. Ammo isyonchilar kazaklar tomonidan tarkatilib yuboriladi. Bu qo’zg’olonda Jumon Mametkulov, Salima mullo Shalimova, Gulzoda Tongirbergenova, Oygul Mambetova, Shamurod Sagatbaev va boshqa kuplab kishilar faol ishtirok etdi.
Chimboy quzgoloni baliqchilar orasida ham kuchli galayonlarga sabab bo’ldi. 1916 yil 4 avgustda Muynokda galayonlar boshlandi. Balikchilar ovchilik xujayniga hujum qildi, uning mol-mulkini yakson qilib, gidrometrik postni egalladi. Muynok baliqchilari ketidan Urga ovchiligi baliqchilari kutarildi. Muynok va Urga baliq ovchiliklarini quriqlash uchun 4-Sibir uqchi polki junatildi.
Chor mamurlari harbiy kuch ishlatibgina quzgolonni bostirishga erishdilar. 103 nafar quzgolon ishtirokchisi, shu jumladan, 18 ayol qamokxonaga tashlandi. Harbiy tribunal quzgolon rahbarlarining bir qismini osib uldirishga, qolganlarini esa Sibirga surgun qilish bilan turli muddatlarga qamok jazosiga hukm qildi.
Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan qoraqalpoqlar milliy turmush va madaniyatini saqlab qal’a oldi. Ularning makanlari er va suv sharayatiga mas shakllandi. Turar joylari hovli tamlari, qaqira, shopker, qara uy bo’lib, ularni qurish uchun topiraq, oq terek, janeuit, oq tal, qamish, turangil qullanilgan. El o’rtasida masjid-madrasalar qurilgan, qaraz, juuaz, qudiklar, toy utkaradigan dalanliq ovuldan chetkarida bo’lgan. XIX asrda turar joylar tosh chirak bilan yaktilanib, ularga usimlik moyin foydalangan. Rossiya tarkibida temir pechlar kupaygan, morili chiraklar, kerosin lampalar foydalanilgan.

Yaqin utmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronliki qilgan davri (1917-1991) Qoraqalpog’iston tarixida uziga hos urin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qiska bo’lsa da, lekin uzining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi.


Rossiyadagi 1917-yilgi Oktyabr tuntarishi Qoraqalpog’istonda hech qanday shov-shuvsiz, tupolonsiz qabo’l qilindi, chunki hokimiyat tepasida sobik mustamlakachilar va podsho amaldorlari turardi. 1917 yil 31 oktyabrdan 1918 yil oktyabrga kadar Amudaryo bo’limi komissari lavozimini gidrotexnik V.N.Pamshev egallab turdi. Chimboy va Shuraxon uezdlari komissarlari, Petro-Aleksandrovsk shaxar dumasi, jamoat kumitasi uz vazifalarini davom ettirib turdilar. 1917 yil mart oyida tashkil etilgan Petro-Aleksandrovsk shaxar soldat deputatlari kengashi faollik kursata olmadi. shaxar tashkarida uz hokimiyatini tashkil kila olmadi. Amudaryo bo’limidagi ovul va qishloklar aholisi Petro-Aleksandrovsk mamurlaridan hech qanday harbiy va moddiy kumak olmasdan uz-uzini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug boshliqlari, chunonchi Ubaydulla Bauatdinov (Xon Maxsum), Bola biy va boshqal’ar boshchilik qilishdi. Xalq urug yulboshchilari tevaragiga birlasha boshladi, chunki ochliq, qaroqchilik hujumlari, tartibsizlik va kurgokchilik xavf solayotgan edi.
1918 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limidagi vaziyat uzgara boshladi. Xiva xonligida Kurban Mamed (Junaidxon) xukmronligi urnatilishi munosabati bilan bu erga kizil gvardiyachilar otryadlari junatildi. Petro-Aleksandrovsk shaxari xakikatda bolsheviklar hokimiyatining kurgoni, uning xarbiy bazasiga aylantirildi. 1918 yil kuzidan 1919 yilning avgustiga kadar Petro-Aleksandrovskka kurollangan ishchilar, matroslar, xorijiy legionerlarning bir kancha otryadlari keldi. Bu otryadlar Amudaryo bo’limida maxalliy partiya tashkilotlarini, xarbiy organlarni mustaxkamlash uchun barcha choralarni qurishdi, shuningdek Xiva xonligi xududidagi «inkilobchilarga» kardoshlarcha erdam kursatish borasida bir kator ishlarni amalga oshirdi.
1919 yil avgust oyida Chimboyda qo’zg’olon kutarildi. 14 avgustda karshilik xarakati ishtirokchilari Turkiston xukumatining favkulodda komissiyasi azolarini xibsga oldi. Tez orada qo’zg’olonchilar Nukusni ishgol kildilar va 1919 17 avgustda Chimboy uchastkasi, Muynok balikchilik tumani bolsheviklardan ozod kilindi. Amudaryo bo’limida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati urnatildi. Xalq hokimiyati boshligi kilik urallik kazak Mixail Filchev saylandi. Xukumat tarkibiga nufuzli qoraqalpoq kishilari Xon Maxsum, İbroxim Odilov, İnoyat Niyozov, Seytnazar Pirnazarov, Bola biy, urallik kazaklardan Shishenkov, Salnikov, Gutarov, Bojedomov, Shevelev va boshqal’ar kirdi. Junaidxon xalq hokimiyatini Amudaryoning ung soxilidagi birdan-bir konuniy xokimiyat deb etirof kildi. Admiral Kolchak xarbiy missiyani junatdi. General Tolstov 120 kishidan iborat kazaklar otryadini yubordi.
Turkiston xukumati tashki ishlar xalq komissari S.Tursunxujaev musulmonlarning sovetlarga karshi qo’zg’olonda ishtirok etganligini «nixoyatda ashinarli va bizning Xivadagi siyosatimizni uzgartishni talab kiladigan fakt» deb etirof kilgan edi. Lekin Turkkomissiya «Buxoro va Xiva - ichki front» degan siyosiy formula asosida Amudaryo bo’limiga kizil askarlar batalonini junatdi. Turkkomissiya vakili G.B.Skalov va Zakaspiy fronti kushinlari Amudaryo guruxi kumondonligi bilan Qoraqalpog’istondagi karshilik xarakati etakchilari o’rtasida 1920 yil 20 moy kuni Shartnoma tuzildi. Umumxalq karshilik xarakati bir kadar ijobiy natijalar berdi. Amudaryo inkilobiy kumitasi kayta tashkil etilib, birinchi marta qoraqalpoq, o’zbek, kozok, urallik kazak vakillari xukumat azosi bo’ldi. Birok orodan kup utmay bolshevik komissarlar uz vadalarini unutdilar. 1921 yil fevralda karshilik xarakati faol katnashchilaridan 24 kishi xibsga olindi. Xon Maxsum Sibirga surgun kilindi.
1920 yili oktyabr oyida Amudaryo bo’limiga viloyat makomi berildi. 1919-yil noyabr-1920 yil yanvar oylarida Xivaga bostirib kirgan Kizil Armiya kushinlari bu davlatda «inkilob» uyushtirdi va Xorazm respublikasi tashkil etildi. 1923-1924 yillari poytoxti Xujayli bo’lgan Xorazm respublikasi tarkibida Kozok-Qoraqalpoq muxtor viloyati tashkil etildi va rivojlandi.
O’rta Osiyoda 1920- yillari tusatdan puxta tayyorgarlik qurilmasdan boshlangan milliy-xududiy chegOrolanish sovet imperiyasining bo’lajak ittifokdosh respublikalarida va milliy muxtoriyatlarida uz «milliy xonadoni» uchun keskin kurashni va bir kator ziddiyatlarni keltirib chikardi. Chorizmning mustamlakachilik siyosati natijasida majburiy ikki kismga bo’lingan qoraqalpoq xalqi xam ana shu uziga xos «milliy musobaka»ga tartildi.
Qoraqalpoq xalqining fidoyi farzandlari Olloyor Dustnazarov, Abu Kudaboev, Uteniyaz Bekimbetov, Uroz İrmonov, İbroxim Bekimbetov, Karimberdi Sadullaev, Kosim Avezov va boshqal’arning katiyati, sobitkadamligi, sabot-matonati ittifok raxbar organlarini kup asrlar mobaynia uz milliy mustakilligi uchun kurashib kelgan qoraqalpoq xalqining ovoziga kulok solishga majbur etdi. 1924 yili 14 oktyabrda Butunittifok Sovetlari Markaziy İjroi Kumitasining ikkinchi sessiyasi Rossiya Federatsiyasining Kozogiston muxtar respublikasi tarkibida Qoraqalpoq muxtar viloyati tashkil etilganligini tasdikladi. Birok bu unitar davlat bo’lgan SSSRdagi davlatchilik qurilishining bolsheviklar andozasidagi «matreshka» printsipi edi: SSSR-RSFSR-Kozogiston ASSRi-Qoraqalpoq AO.
Qoraqalpoq muxtar viloyati 160 ming kv.km.dan ortik xududni egallagan bo’lib, turtta mamuriy okrug - Turtkul, Chimboy, Xujayli, Kungirot okruglaridan tashkil topgan edi. Viloyat kup millatli edi: qoraqalpoqlar - 38,1 %, kozoklar - 28,5 %, o’zbeklar- 27,5%, turkmanlar - 3,2%, boshqa millatlar - 2,7 % ni tashkil etardi.
Sovet hokimiyatining er-suv isloxoti, yangi iktisodiy siyosati, ayniksa jamolashtirish va ovullardagi boy-badavlat tabakasiga bolshevistik sikuvi norozilik keltirib chikardi. 1929 yili avgust oyida Taxtakupirda qo’zg’olon boshlandi. Sovet hokimiyatiga karshi qo’zg’olonga keng mikyosda xozirlik qurilganligi malum bo’ldi. Xujayli va Kungirot okruglarida - Shaltay botir, Korauzak, Kegayli, Chimboy, Taxtakupir, Turtkul, Shuraxon, Shobboz xudularida Butabek Bekniyazov, Kilichboy Jumamuratov, Matkurban Xakimniyozov, Madyor, Kurmush otryadlari xarakat kilardi. Qo’zg’olonchilar 1929 yil iyul-avgustda Chimboyda yashirin kengashlar utkazib, xarakatlar rejasin belgilab oldilar, xalq xukumati tashkil etilib, Abdujalil maxsum İsmatullaev - xon, Karimberdi oxun - kozi, Borlikboy Nurimov - xarbiy vazir lavozimlariga saylandilar.
Lekin 21 sentyabrda SSSR Bosh siyosiy boshqarmasi (GPU) Qoraqalpog’istondagi bo’limi xizmatkarlari qo’zg’olonchilarning 44 nafaridan 35-tasini kulga oldilar. Kamokka olinishdan kochib kolgan Abdujalil maxsum, Karimberdi oxun,Borlikboylar 26 sentyabr kuni Taxtakupirda isyon kutardi, qal’ani kulga oldilar. Moskva, Kizil Orda, Toshkentdan jazo otryadlari yuborilib, qo’zg’olon katyatlik bilan bostirildi. 200 ga yakin kishi xibsga olindi, 16 kishi otishga, 25 kishi surgunga xukm kilindi. Abdujalil maxsum otildi. U akademik S.Kamalovning kayinotasi, Gulaysha Esemuratovaning otasi edi. «Uchlik» sudlari tarafidan 36 kishi otishga, 13 kishi surgunga xukm kilindi.
Qo’zg’olon natijasida Qoraqalpog’iston Kozogiston tarkibidan chikarilib Rossiya Federatsiyasiga utkazildi, 1932 yili muxtar respublikaga aylantirildi.
Lekin katagonlik davom etila berdi. 1930-yillari Qoraqalpog’istonning fidoyi farzandlari milliy ziyolilar A.Dustnazarov, K.Avezov, K.Nurmuxamedov, S.Madjidov kabi 10 mingdan ortik kishi noxak katagon kilinishi okibatida xalok bo’ldi.
1936 yili sobik SSSRning «ijtimoiiizm qurish programmasiga» mos stalinlik Konstitutsiya kabo’l kilindi va Qoraqalpog’iston O’zbekiston tarkibiga kushildi.
İkkinchi jaxon urushi davrida Qoraqalpog’istondan frontga 61618 kishi safarbar kilindi. 97-Qoraqalpog’iston milliy brigadasi tashkil etildi. 20 nafar jangchiga Sovet İttifoki Kaxramoni degan unvon berildi. 20 mingga yakin jangchi turli orden va medallar bilan mukofotlandi. 25 mingdan ortik Qoraqalpog’istonlilar mexnat batalonlariga olindi. Urush fillari Korakalpgiston front uchun 284500 tonna paxta, 78700 tonna don, 15200 tonna gusht, 571 ming tonna yog, 622 tonna tuzlangan, quritilgan va dudlangan balik, 200 mln banka konserva etishtirib berdi. Qoraqalpog’istonga 25 ming polyak, 15 mingdan ziyod kishi evakuatsiya kilindi.
Frontga ketganlardan 34 ming kishi uylariga kaytmadi. Urush yillarida kasalliklardan, ochlik va ovkat emaslik, xoldan toydiradigan ogir mexnat natijasida 90 mingdan ortik kishi vafot etdi. Natijada Qoraqalpog’iston xar bir turt kishidan biridan oyrildi.Bu katta fojia edi.
Orodan 35 yil utgannan keyin Qoraqalpog’iston axolisi yana bir fojia Orolning qurib borishi jarayonini boshidan kechirdi. Orol dengizining qurib borishi bir kator salbiy xodisalarga olib keldi. Suvdan foydalanishda va erlarni uzlashtirishda ilmiy asoslarning mavjud emasligi, suvning talon-toroj kilinishiga, kishlok xujaligining ekstensiv rivojlanishi ekin maydonlarning shurlanishiga sabab bo’ldi. Dengiz suvining shiddat bilan pasayib borishi natijasida 3 mln ga.dan ortik qurigan dengiz tubini kumli saxroga aylantirildi. Dengiz tubidan 150 mln tonnaga kadar tuzli changlar atrof muxitga tarkatilmokda. Maxalliy ixtiofauna kirilib ketdi. Baxor chuzilib ketadigan bo’ldi. Suvning tarkibi yomonlashib bordi. Maxalliy axoli genofondining tanazzuli jarayoni sodir bo’ldi. Madaniyat yodgorliklariga zarar etkizilmokda. «Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialarning biri,-yozadi Prezident İ.Karimov. - Dengiz xavzasida yashaydigan kariyb 3,5 mln. kishi uning tasirida koldi».

Yüklə 467,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin