S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


H im oyaning profilaktika choralarL



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

H im oyaning profilaktika choralarL
Har bir kompyuterda 
viruslar bilan zaharlangan fayllar va disklami o‘z vaqtida aniqlash, 
aniqlangan viruslarni tamomila yo‘qotish, vims epidemiyasining 
boshqa kompyuterlarga tarqalishining oldini oladi. Har qanday vi- 
rusni aniqlashni va yo‘q qilishni kafolatlovchi mutloq ishonchli das­
turlar mavjud emas. Kompyuter viruslari bilan kurashishning mu­
him usuli o‘z vaqtidagi profilaktika hisoblanadi.
Vimsdan zaharlanish ehtimolligini jiddiy kamaytirish va disk- 
lardagi axborotni ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi 
profilaktika choralarini bajarish lozim:
- faqat qonuniy, rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy ta’minotdan 
foydalanish;
- kompyutemi zamonaviy vimsga qarshi dasturlar bilan ta’­
minlash va ular versiyalarini doimo yangilash;
- boshqa kompyuterlarda disketda yozilgan axborotni o‘qish- 
dan oldin bu disketda vims borligini o‘zining kompyuteridagi virus­
ga qarshi dastur yordamida doimo tekshirish;
- axborotni ikkilash. Avvalo dasturiy ta’minotning distributiv 
eltuvchilarini saqlashga va ishchi axborotning saqlanishiga e’tibor 
berish;
- kompyuter tarmoqlaridan olinuvchi barcha bajariluvchi fayl- 
lami nazoratlashda vimsga qarshi dasturdan foydalanish;
- kompyutemi yuklama vimslardan zaharlanishiga yo‘l qo‘y- 
maslik uchun, operatsion tizim ishga tushirilganida yoki qayta 
yuklanishida diskovod cho‘ntagida disketani qoldirmaslik.
Vimsga qarshi dasturlarning har biri o‘zining afzalliklariga va 
kamchiliklariga ega. Faqat vimsga qarshi dasturlarning bir necha 
xilini kompleks ishlatilishi maqbul natijaga olib kelishi mumkin.
*
185


Quyida vimsdan zaharlanish profilaktikasiga, vimslami aniq­
lash va yo‘qotishga mo‘ljallangan ba’zi dasturiy komplekslar tav- 
siflangan.
AVP (Antivims Kasperskogo Personal) - Rossiyaning vimsga 
qarshi paketi. Paket tarkibiga quyidagilar kiradi:
- OfficeGuard - blokirovka qiluvchi, makrovimsdan 100% 
himoyalanishni ta’minlaydi;
- Inspector - taftishchi, kompyuterdagi barcha o‘zgarishlami 
kuzatadi, vims faolligi aniqlanganida, diskning asl nusxasini tiklash- 
ga va zarar keltiruvchi kodlami chiqarib tashlashga imkon beradi;
- Monitor - vimslami ushlab qoluvchi, kompyuter xotirasida 
doimo hozir bo‘lib, fayllar ishga tushirilganida, yaratilishida yoki 
nusxalanishida ulami vimsga qarshi tekshiradi;
- Scanner - vimsga qarshi modul, lokal va tarmoq disklar tarki- 
bini keng ko‘lamli tekshirish imkonini beradi. Skanemi qo‘l yorda­
mida yoki berilgan vaqtda avtomatik tarzda ishga tushirish mumkin;
- Dr.Web - Rossiyaning vimsga qarshi ommaviy dasturi, 
Windows 9x/NT/2000/XP uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuk­
lama va fayl-yuklama vimslami qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur 
tarkibida rezident qorovul Spider Guard, Internet orqali vims baza- 
larini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik tekshirish jad- 
valini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga 
oshirilgan. Dr.Webda ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma’lum bo‘l- 
gan barcha vims xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr.Web dastu- 
rining muhim xususiyati - oddiy signaturali qidirish natija bermay- 
digan murakkab shifrlangan va polimorf vimslami aniqlash 
imkoniyatidir;
- Symantec Antivims - Symantec kompaniyasining korporativ 
foydalanuvchilarga taklif etgan vimsga qarshi mahsuloti nabori. 
Symantec mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va un­
dan ortiq bo‘lganida, shuningdek, bo‘lmaganda bitta Windows 
NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish maqsadga mu- 
vofiq hisoblanadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan 
xususiyati quyidagilar:
- boshqarishning ierarxik modeli;
- yangi vims paydo bo‘lishiga reaksiya qilish mexanizmining 
mavjudligi.
186


- AntiVir Personal Edition - virusga qarshi dastur AVP, 
Dr.Web va h.lar imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komp- 
lektiga quyidagilar kiradi:
- disklami skanerlovchi;
- rezident qo‘riqchi;
- boshqarish dasturi;
- rejalashtiruvchi.
Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllarni skanerlaydi. Internet 
orqali yangilanishlami avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funk- 
siyasi ham mavjud. Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda 
ishlatiladi va unda viruslar bo‘yicha keng ko‘lamdagi ma’lumot- 
noma mavjud.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin