S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Vositachilik funksiyalarining bajarilishi



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Vositachilik funksiyalarining bajarilishi.
Tarmoqlararo ekran 
vositachilik funksiyalarini 
ekranlovchi agentlar
yoki 
vositachi das­
turlar
deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida bajaradi. Bu das­
turlar rezident dasturlar hisoblanadi hamda tashqi va ichki tarmoq 
orasida xabarlar paketini bevosita uzatishni taqiqlaydi.
Tashqi tarmoqdan ichki tarmoqning va aksincha foydalanish 
zaruriyati tug‘ilganda, aw al tarmoqlararo ekran kompyuterida ish- 
lovchi vositachi-dastur bilan mantiqiy ulanish o‘matilishi lozim. 
Vositachi-dastur so‘ralgan tarmoqlararo aloqaning joizligini tekshi- 
radi va ijobiy natijada o‘zi so‘ralgan kompyuter bilan alohida 
ulanish o‘matadi. So‘ngra tashqi va ichki tarmoq kompyuterlari 
orasida axborot almashish, xabarlar oqimini filtrlashni hamda
195


boshqa himoyalash funksiyalarini bajaruvchi dasturiy vositachi 
orqali amalga oshiriladi.
Ta’kidlash lozimki, tarmoqlararo ekran filtrlash funksiyasini 
vositachi-dastur ishtirokisiz amalga oshirib, tashqi va ichki tarmoq 
orasida o‘zaro aloqaning shaffofligini ta’minlashi mumkin. Shu bi­
lan birga vositachi dasturlar xabarlar oqimini filtrlashni amalga 
oshirmasligi ham mumkin.
Umuman, vositachi-dasturlar, xabarlar oqimini shaffof uzatili- 
shini blokirovka qilgan holda, quyidagi funksiyalarni bajarishi 
mumkin:
- uzatiluvchi va qabul qilinuvchi ma’lumotlaming haqiqiyligini 
tekshirish;
- ichki tarmoq resurslaridan foydalanishni chegaralash;
- tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni chegaralash;
- tashqi tarmoqdan so‘raluvchi ma’lumotlami kesh xotiraga 
saqlash;
- xabarlar oqimini filtrlash va o‘zgartirish, masalan, vimslami 
dinamik tarzda qidirish va axborotni shaffof shifrlash;
- foydalanuvchilami identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash;
- ichki tarmoq adreslarini translyatsiyalash;
- hodisalami qaydlash, hodisalarga reaksiya ko‘rsatish hamda 
qaydlangan axborotni tahlillash va hisobotlami generatsiyalash.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin