S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Ichki tarmoq adreslarini translyatsiyalash



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Ichki tarmoq adreslarini translyatsiyalash.
Ko‘pgina hujumlar- 
ni amalga oshirishda niyati buzuq odamga qurbonining adresini 
bilish kerak bo‘ladi. Bu adreslami hamda butun tarmoq topologiya- 
sini bekitish uchun tarmoqlararo ekranlar eng muhim vazifani - ich­
ki tarmoq adreslarini translyatsiyalashni bajaradi (8.4-rasm).
Bu funksiya ichki tarmoqdan tashqi tarmoqqa uzatiluvchi bar­
cha paketlarga nisbatan bajariladi. Bunday paketlar uchun jo ‘na- 
tuvchi kompyuterlarning IP-adreslari bitta "ishonchli" IP-adresga 
avtomatik tarzda o‘zgartiriladi.
Ichki tarmoq adreslarini translyatsiyalash ikkita usul-dinamik 
va statik usullarda amalga oshirilishi mumkin. Dinamik usulda adres 
uzelga tarmoqlararo ekranga murojaat onida ajratiladi. Ulanish 
tugallanganidan so‘ng adres bo‘shaydi va uni korporativ tarmoqning
199


boshqa uzeli ishlatishi mumkin. Statik usulda uzel adresi barcha 
chiquvchi paketlar uzatiladigan tarmoqlararo ekranning bitta adresi- 
ga doimo bog‘lanadi. Tarmoqlararo ekranning IP-adresi tashqi tar- 
moqqa tushuvchi yagona faol IP-adresga aylanadi. Natijada, ichki 
tarmoqdan chiquvchi barcha paketlar tarmoqlararo ekrandan jo ‘na- 
tilgan bo‘ladi. Bu avtorizatsiyalangan ichki tarmoq va xavfli bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani 
istisno qiladi.
Marshrutizator
183.157.3.110 183.157.3.105
8.4-rasm. Tarmoq adreslarini translatsiyalash.
Bunday yondashishda ichki tarmoq topologiyasi tashqi foyda- 
lanuvchilardan yashiringan, demak, ruxsatsiz foydalanish masalasi 
qiyinlashadi. Adreslami translyatsiyalash tarmoq ichida tashqi tar­
moq, masalan, Intemetdagi adreslash bilan kelishilmagan adreslash- 
ning xususiy tizimiga ega bo‘lishiga imkon beradi. Bu ichki tarmoq-
200


ning adres makonini kengaytirish va tashqi adres tanqisligi muam- 
mosini samarali yechadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin