S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Shaxsiy va taqsimlangan tarmoq ekranlaru



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Shaxsiy va taqsimlangan tarmoq ekranlaru
Oxirgi bir necha
yil mobaynida korporativ tarmoq tuzilmasida ma’lum o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi. Agar ilgari bunday tarmoq chegaralarini aniq belgilash 
mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu mumkin emas. Yaqin vaqtgacha 
bunday chegara barcha marshratizatorlar yoki boshqa qurilmalar 
(masalan, modemlar) orqali о‘tar va ular yordamida tashqi tarmoq- 
larga chiqilar edi. Ammo hozirda tarmoqlararo ekran orqali himoya-
221


lanuvchi tarmoqning to‘la huquqli egasi - himoyalanuvchi perimetr 
tashqarisidagi xodim hisoblanadi. Bunday xodimlar sirasiga uydagi 
yoki mehnat safaridagi xodimlar kiradi. Shubxasiz, ularga ham hi­
moya zamr. Ammo barcha an’anaviy tarmoqlararo ekranlar shunday 
qurilganki, himoyalanuvchi foydalanuvchilar va resurslar ulaming 
himoyasida korporativ yoki lokal tarmoqning ichki tomonida bo‘- 
lishlari shart. Bu esa mobil foydalanuvchilar uchun mumkin emas.
Bu muammoni yechish uchun quyidagi yondashishlar taklif 
etilgan:
- taqsimlangan tarmoqlararo ekranlardan (distributed firewall) 
foydalanish;
- virtual xususiy tarmoq VPNlar imkoniyatidan foydalanish.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekran
tarmoqning alohida kom-
pyuterini himoyalovchi markazdan boshqariluvchi tarmoq mini-ek- 
ranlar majmuidir.
Taqsimlangan brandmauerlaming qator funksiyalari (masalan, 
markazdan boshqarish, xavfsizlik siyosatini tarqatish) shaxsiy foy­
dalanuvchilar uchun ortiqcha bo‘lganligi sababli, taqsimlangan 
brandmauerlar modifikatsiyalandi. Yangi yondashish 
shaxsiy tar-
moqli ekranlash texnologiyasi
nomini oldi. Bunda tarmoqli ekran 
himoyalanuvchi shaxsiy kompyuterda o‘matiladi. Kompyuteming 
shaxsiy ekrani (personal firewall) yoki tarmoqli ekranlash tizimi deb 
ataluvchi bunday ekran, boshqa barcha tizimli himoyalash vosita- 
lariga bog‘liq bo‘lmagan holda, butun chiquvchi va kimvchi trafikni 
nazoratlaydi. Alohida kompyutemi ekranlasbda tarmoq servisdan 
foydalanuvchanlik madadlanadi, ammo tashqi faollikning yuklanishi 
pasayadi. Natijada, shu tariqa himoyalanuvchi kompyuter ichki ser- 
vislarining zaifligi pasayadi, chunki chetki niyati buzuq odam avval 
himoyalash vositalarini, sinchiklab, qat’iy konfiguratsiyalangan ek- 
ranni bosib o‘tishi lozim.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranning shaxsiy ekrandan asosiy 
farqi - taqsimlangan tarmoqlararo ekranda markazdan boshqarish 
funksiyasining borligi. Agar shaxsiy tarmoqli ekranlar ular o‘ma- 
tilgan kompyuter orqali boshqarilsa (uy sharoitida qo‘llanishga juda 
mos), taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar tashkilotning bosh ofisida 
o‘matilgan boshqarishning umumiy konsoli tomonidan boshqarilishi 
mumkin.
222


Korporativ tarmoq ruxsatsiz foydalanishdan haqiqatan ham hi- 
moyalangan hisoblanadi, qachonki uning Intemetdan kirish nuqta- 
sida himoya vositalari hamda tashkilot lokal tarmog‘i fragmentlari- 
ni, korporativ serverlarini va alohida kompyuterlar xavfsizligini ta’­
minlovchi yechimlar mavjud bo‘Isa. Taqsimlangan yoki shaxsiy tar­
moqlararo ekran asosidagi yechimlar alohida kompyuterlar, kor­
porativ serverlar va tashkilot lokal tarmoq fragmentlari xavfsizligini 
ta’minlashni a’lo darajada bajaradi.
8.16-rasm. Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida 
korporativ serverlami himoyalash.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar, an’anaviy tarmoqlararo 
ekranlardan farqli ravishda, qo‘shimcha dasturiy ta’minot bo‘lib, 
xususan, korporativ serverlami, masalan Intemet-serverlami 
ishonchli himoyalashi mumkin. Korporativ tarmoqni himoyalash- 
ning oqilona yechimi - himoyalash vositasini u himoya qiluvchi ser- 
veri bilan bir platformada joylashtirishdir. 8.16-rasmda korporativ
223


serverlami taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida himoya­
lash sxemasi keltirilgan.
An’anaviy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar quyidagi 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin