S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Samaradorlik.
An’anaviy brandmauer ko‘pincha tarmoq peri- 
metri bo‘yicha joylashtiriladi, ya’ni u himoyaning bir qatlamini ta’­
minlaydi xolos. Agar bu yagona qatlam buzilsa, tizim har qanday 
hujumga bardosh bera olmaydi. Taqsimlangan brandmauer operat­
sion tizimning yadro sathida ishlaydi hamda barcha kimvchi va chi­
quvchi paketlami tekshirib, korporativ serverlami ishonchli himoya- 
laydi.
O'rnatilishining osonligi.
An’anaviy brandmauer korporativ 
tarmoq konfiguratsiyasining bo‘limi sifatida o‘matilishi lozim. Taq­
simlangan brandmauer dasturiy ta’minot bo‘lib, sanoqli daqiqalarda 
o‘matiladi va olib tashlanadi.
Boshqarish.
An’anaviy brandmauer tarmoq ma’muri tomoni- 
dan boshqariladi. Taqsimlangan brandmauer tarmoq ma’muri yoki 
lokal tarmoq foydalanuvchisi tomonidan boshqarilishi mumkin.
Unumdorlik.
An’anaviy brandmauer tarmoqlararo almashishni 
ta’minlovchi qurilma bo‘lib, unumdorligi paket/daqiqa bo‘yicha bel- 
gilangan cheklashga ega. U bir-biri bilan kommutatsiyalanuvchi ma- 
halliy tarmoq orqali bog'langan o‘suvchi server parklari uchun to‘- 
g‘ri kelmaydi. Taqsimlangan brandmauer qabul qilingan xavfsizlik 
siyosatiga ziyon yetkazmasdan server parklarini o‘sishiga imkon 
beradi.
Narxi.
An’anaviy brandmauer, odatda funksiyalari belgilangan, 
narxi yetarlicha yuqori tizim hisoblanadi. Brandmaueming taqsim­
langan mahsulotlari dasturiy ta’minot bo‘lib, an’anaviy tarmoqlar­
aro ekranlar narxining 1/5 yoki 1/10 ga teng.
224


Nazorat savollari:
1. Tarmoqlami ekranlovchi marshrutizatorlar yordamida hi­
moyalash sxemasini tushuntirib bering.
2. Tarmoqlararo ekran yordamida lokal tarmoqni himoyalash 
sxemasini yoritib bering.
3. Himoyalanadigan yopiq va himoyalanmaydigan ochiq qism- 
tarmoqli sxemani tushuntirib bering.
4. Yopiq va ochiq qismtarmoqlami tarmoqlararo ekranlar yor­
damida alohida himoyalash sxemasining mohiyati.
5. Ikkita tarmoqlararo ekran orqali ochiq va yopiq qismtar­
moqlami alohida himoyalash sxemasini tavsiflab bering.
6. Shaxsiy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar, ulaming 
kamchilik va afzalliklari.
225



Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin