S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Kompleks yondashishda
himoya funksiyalari operatsion tizim- 
ga uning arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning 
ajralmas qismi hisoblanadi. Kompleks yondashish asosida yara- 
tilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari axborotni himoya- 
lashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar yechilganida bir-biri 
bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining 
alohida komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks yonda­
shish asosida himoya qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto 
ОТ ishdan chiqqanda ham niyati buzuq shaxs tizimning himoya 
funksiyalarini o‘chira olmaydi. Fragmentli yondashishda himoya 
qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda, kompleks 
yondashish asosida yaratiluvchi operatsion tizimni himoyalash 
qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini al­
mashtirish mumkin bo‘ladi.
Himoyalashning m a’muriy choralari.
Operatsion tizimni himoyalashning dasturiy-apparat vositalari 
himoyaning ma’muriy choralari bilan to‘ldirilishi shart. Ma’mur to- 
monidan doimiy malakali madadsiz hatto ishonchli dasturiy-apparat 
himoya ham buzilishi mumkin.
Himoyaning asosiy ma’muriy choralari quyidagilar:
1. 
Operatsion tizimning, ayniqsa uning himoyalash qismtizimi­
ning t o ‘g ‘ri ishlashini doimiy nazoratlash.
Agar operatsion tizim 
eng muhim hodisalaming maxsus jumalda avtomatik tarzda qayd 
etilishini madadlasa, bunday nazoratni tashkil etish qulay hisob­
lanadi.
2. 
Xavfsizlikning adekvat siyosatini tashkil etish va madad-
lash.
Operatsion tizimda qabul qilingan xavfsizlik siyosatining 
adekvat bo‘lmasligi, niyati buzuq shaxsning tizim resurslaridan rux- 
satsiz foydalanishiga va operatsion tizimning ishonchli ishlashini 
pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Operatsion tizim xavfsizligi 
siyosati niyati buzuqning operatsion tizim xavfsizligini yengishga 
urinishiga hamda ОТ konfiguratsiyasining o‘zgarishiga, tatbiqiy 
dasturlarining o‘matilishiga va yo‘qotilishiga operativ tarzda reak- 
siya bildirib, operatsion tizimga doimo tuzatish kiritishi lozim.
227


3. Foydalanuvchilami operatsion tizim bilan ishlaganda 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin