S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


H imoyalanganlikni tahlillovchi dasturlar



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

H imoyalanganlikni tahlillovchi dasturlar.
Himoya samara- 
dorligini nazoratlash, axborotdan ruxsatsiz foydalanish hamda axbo­
rotni yoki axborotni ishlash va uzatish vositalarining normal ish- 
lashining buzilishi evaziga, axborotning texnik kanallar bo‘yicha 
sirqib chiqishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida 
amalga oshiriladi. Ushbu vazifani “xavfsizlik skanerlari” deb ata- 
luvchi “himoyalanganlikni tahlillash vositalari” bajaradi. Quyida hi­
moyalanganlikni tahlillash vositalarining dasturiy mahsulotlari kel- 
tirilgan.
XSpider 7.8
- zaifliklami tatbiqiy hamda tizimli sathlarda tez- 
dan samarali qidirishni amalga oshiruvchi tarmoq xavfsizligi ska- 
neri. Ushbu skaner har qanday ko‘lamli tarmoqlarda xavfsizlik ma- 
qomini nazoratlashning samarali tizimini barpo etadi.
Tarmoq revizori
- ruxsatsiz foydalanishga urinishlami bartaraf 
etishga mo‘ljallangan tarmoq skaneri. Tarmoq revizori TCP/IP steki 
protokollaridan foydalanuvchi o‘matilgan tarmoq dasturiy va appa­
rat ta’minoti zaifliklarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Skaner BC -
himoyalanganlikni kompleks tahlillash tizimi. 
Ushbu skaner operatsion tizimli va oldindan o‘matilgan dasturiy 
ta’minotli yuklovchi DVD yoki USB - to‘plagich. 0 ‘matilgan das­
turiy ta’minot axborot tizimi himoyalanganligini kompleks tahlil- 
lashni va testlashni amalga oshiradi.
Antiviruslar.
Hozirda kichik kompaniyalar hamda korporatsi- 
yalar tomonidan ishlab chiqiladigan va madadlanadigan virusga qar­
shi dasturiy mahsulotlaming yetarlicha katta soni mavjud. Ulaming 
orasida vimsga qarshi kompleks dasturlarni alohida ajratish mum- 
kinki, bu dasturlar kompyuterda o‘rnatilgan dasturiy ta’minotni to‘-
235


liq nazoratlaydi. Quyida bunday dasturiy mahsulotlaming ba’zilari 
keltirilgan.
Dr. Web -
Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi. Dastur 
tarkibida rezident qo‘riqchi SpIDerGuard, Internet orqali virus baza- 
larini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik tekshirish jadva- 
lini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga 
oshirilgan. Dr. Web dasturining muhim xususiyati - oddiy signatu- 
rali qidirish natija bermaydigan murakkab shifrlangan va polimorf 
viruslami aniqlash imkoniyatidir.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin