S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

5.7. Kriptotahlil usullari
Kriptotahlil -
shifrlangan matndan maxfiy kalitni (tiklash algo­
ritmini yoki matematik funksiyani) bilmay turib, ochiq matnni 
(foydali xabarni) olish va tiklash usullari majmui.
Kriptotahlilning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida ochiq 
matn olinishi hamda kriptotizimning zaif joylari aniqlanishi 
mumkin.
Kriptotahlilni amalga oshirishga urinish 
fosh etish
deb yuriti- 
ladi. Ochiq matnni kriptotahlil fosh etishning quyidagi xillari mav­
jud bo‘lib, har biriga nisbatan kriptotahlilchining ishlatilgan shifr­
lash algoritmi xususida to‘liq xabardorligi nazarda tutiladi.
1. 
Faqat shifrmatn yordamida fosh etish.
Kriptotahlilchi 
ixtiyorida bir necha xabaming bitta shifrlash algoritmi yordamida 
shifrlangan shifrmatnlari mavjud. Kriptotahlilchining vazifasi iloji 
boricha xabarlar katta sonining ochiq matnini fosh etish yoki, 
yaxshisi, xabarlami shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega 
bo'lish.
2. 
Ochiq matn yordam ida fosh etish.
Kriptotahlilchining ixti­
yorida nafaqat bir necha xabaming shifrmatnlari, balki ushbu xa- 
barlaming ochiq matnlari mavjud. Uning vazifasi xabarlami shifr­
lashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega bo‘lish.
3. 
Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etish.
Kriptotahlilchi 
ixtiyorida nafaqat shifrmatnlar va bir necha xabaming ochiq 
matnlari, balki shifrlash uchun ochiq matnni tanlash imkoniyati
128


mavjud. Uning vazifasi xabarlami shifrlashda ishlatilgan kalitga 
(kalitlarga) yoki shu kalit (kalitlar) yordamida shifrlangan yangi 
xabarlami deshifratsiyalash imkonini beruvchi algoritmga ega 
bo‘lish.
4. 
Tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etish.
Bu 
tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishning xususiy holi. 
Kriptotahlilchi nafaqat shifrlangan matnni tanlashi, balki shifrlash 
natijasi asosida o'zining keyingi tanlov rejasini tuzishi mumkin. 
Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishda kriptotahlilchi 
shifrlash uchun ochiq matnning faqat bitta katta blokini tanlashi 
mumkin bo‘Isa, tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh 
etishda u ochiq matnning kichik blokini, so‘ngra birinchi tanlash 
natijasidan foydalanib, keyingi blokni va h. tanlashi mumkin.
5. 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin